|
Muammoning o‘rganilganlik darajasi
|
bet | 2/3 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 30,26 Kb. | | #159480 |
Bog'liq 1. ASOSNOMA.Muammoning o‘rganilganlik darajasi. O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikning nazariy, uslubiy va tashkiliy masalalari bo’yicha M.Raximov, Sh.Raxmatullayev, R.Tursunova, R.Nazarov tomonidan atroflicha o‘rganilgan. Xalqaro hamkorlikning nazariy-uslubiy masalalari B.Jahongirov, Qirg‘izboyev A. Abdullayev O, Saidov A, Kamarov A va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida keng yoritilgan5.
Tadqiqotning maqsadi. Hududlarda iqtisodiyotni rivojlantirishda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanish usullarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni o’rni va rolini nazariy jihatdan tahlil etish hamda mualliflik algoritmini shakillantirish;
O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikning o‘rni va rolining tashkiliy huquqiy asoslarini tadqiq qilish; xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik obyektlarini iqtisodiy baholash usullarini takomillashtirish;
Toshkent viloyatida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik salohiyatini tahlil qilish; Toshkent viloyatida mavjud xalqaro tashkilotlarning iqtisodiy o’rni va rolini ishlab chiqish;
UNICEF fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi xalqaro tashkilotdan unumli foydalanish ;
Toshkent Xalqaro Nordik universitetida UNICEF tashkiloti orqali hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini ochib berish;
UNICEF tashkiloti universitet salohiyatiga taʼsir darajasini baholash;
Tadqiqotning obyekti sifatida Toshkent viloyatida joylashgan xalqaro tashkilotning tashkiliy-iqtisodiy faoliyati olinadi.
Tadqiqotning predmeti bo‘lib, universitetlarda xalqaro tashkilot bilan hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi.
Tadqiqotning usullari. Dissertatsiya tadqiqotida abstrakt-mantiqiy tahlil, induksiya va deduksiya, guruhlash, tizimli tahlil, regression tahlil, ekspert baholash usullaridan foydalaniladi.
|
| |