Assalomu alaykum Hurmatli
Yig‘ilish qatnashchilari.
2015 yil I-yarim yilligi davomida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ish-reja asosida “Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil
25 sentyabrdagi “Milliy geografik axborot tizimini yaratish to‘g‘risidagi” 2014 yilning 4 choragida Respublika Idoralararo tender komissiyasiga ushbu loyihani amalga oshiruvchi Koreyanig ikkita konsalting kompanisidan to‘liq xujjatlar tender savdoda ishtirok etish uchun taqdim qilingan edi. Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V. Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
O‘tkazilagn tender savdolari natijasiga ko‘ra ANSE technology konsalting kompaniyasi g‘olib deb topildi.
Joriy yilning iyunь oyida g‘olib kompaniya bilan kontrakt tuzish maqsadida bajariladigan ishlar, texnik va moliyaviy shartlar bo‘yicha muzokarolar olib borildi natijada 10 iyul kuni ANSE technology konsalting kompaniyasi bilan konsalting xizmatlar ko‘rsatish buyicha ikki tomonlama kontrakt imzolandi.
Ushbu kontrakt Koreya Eksimbankidan tegishli xujjat kelishish (ish boshlashga) va Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiya vazirligidan ruyixatdan o‘tkazilishi bilan kuchga kiradi va asosiy ish jarayoni boshlanadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-sonli qarori
2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsion tizimini rivojlantirish bo‘yicha Kompleks dasturini amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasining 2013 yil 9 iyuldagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan Grafikga muvofiq “Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan 2013-2015 yillarda “Ma‘lumotlarni yig‘ish va ularga ishlov berish mexanizmlarini standartlashtirilgan holda Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish axborot tizimini yaratish” loyihasini amalga oshirish doirasida qo‘yidagi ishlar bajarildi:
1) Loyihadan oldingi o‘rganish ishlari amalga oshirildi, buning natijasida amaldagi ko‘chmas mulkni hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish mexanizmini optimizatsiya qilish takliflarini ichiga olgan Analitik hisobot tayyorlandi;
2) “Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish Integrallashgan axborot tizimini yaratish” loyihasining Kontseptsiyasi, Texnik topshirig‘i ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
3) Loyihaning PTERi ishlab chiыildi, Aloqa vazirligi va Arxitektura qo‘mitasi tomonidan ekspertizadan o‘tkazilib xulosalar olindi. Hozirgi kunda Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (MVESIT) tomonidan berilgan takliflar asosida ishlar olib borilmoqda.
Loyihani moliyalashtirish manbai aniq bo‘lmaganligi sababli, Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda ushbu Loyihani amalga oshirish uchun Jahon banki bilan kreditga (zayem) mablag‘ olish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
| Yer - Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi. |
Hozirda Jahon banki missiyasining mutaxassislari bilan birgalikda Loyihaning texnik masalalari ko‘rib chiqildi, komponentlar bo‘yicha xarajatlar aniqlandi va Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etildi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta‘minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Pf-4725-sonli Farmoni ijrosini ta‘minlash maqsadida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda ushbu Farmonning mazmun-mohiyati, tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish va noqonuniy aralashgani uchun davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlar mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirish bo‘yicha joylarda “Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari rahbar xodimlari hamda bevosita tadbirkorlar ishtirokida regional uchrashuvlar o‘tkazildi.
| Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan. |
- Qo‘mitaning 2015 yil 25 maydagi 101-sonli buyrug‘iga asosan “Tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatini tekshirishning yillik muvofiqlashtirilgan reja-jadvallarini shakllantirishning aniq asoslangan tamoyillari to‘g‘risida“gi Nizom tasdiqlandi.
Nizomga asosan kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarida - to‘rt yilda bir martadan ko‘p bo‘lmagan holda va boshqa sub‘ektlarda - uch yilda bir martadan ko‘p bo‘lmagan holda faqatgina Respublika Kengashining qaroriga asosan tekshiruvlar o‘tkazilishi belgilab qo‘yildi.
Tadbirkorlik sub‘ektlarining huquqiy savodxonligini oshirish va ularning faoliyatini tekshirishdan oldin qonunbuzilishlarni oldini olish maqsadida Adliya va Iqtisodiyot vazirliklari hamda Kengash bilan birgalikda “Tadbirkorlik sub‘ektlarida o‘tkaziladigan profilaktika ishlari samaradorligi asosida qo‘mitaning quyi tizimlarini faoliyatini baholash mezonlari to‘g‘risida”gi Nizomi ishlab chiqilib tasdiqlandi.
Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan sodir etilgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etishlariga imkoniyatlar berish to‘g‘risida va ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilish, rejadan tashqari tekshirishlarning ko‘payishining oldini olish hamda hujjatlar asosida aniq isbotini topmagan holatlar yuzasidan choralar ko‘rish hamda “kamchiliklarni kovlash” amaliyatiga chek qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
- ushbu farmondan kelib chiqib Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 65, 68 va 266-1 moddalariga hamda Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 fevraldagi 66-sonli qarorii bilan tasdiqlangan 2-ilovadagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 apreldagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PK-2340 sonli qarorining 1,2,3,4-ilovalariga asosan davlat mulk ob‘ektlariga tegishli bo‘lgan 1217 ta ob‘ektlarning kadastr hujjatlari rasmiylashtirildi hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib belgilangan tartibda mulkdorlar va korxona tashkilotlarga taqdim qilindi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil
19 apreldagi “2013 — 2017 yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1958-sonli qaroriga asosan respublikaning Zarbdor (34097,1 ga), Mirzacho‘l (31182,8 ga), Arnasoy (31966,0 ga), Koson (63726,5 ga), Qamashi (30053 ga),
|