• SCSI-disklar
  • Assembler tilida operatorlarning formatlari va ularni qo‘llash




    Download 1.73 Mb.
    bet4/6
    Sana07.10.2023
    Hajmi1.73 Mb.
    #87160
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    ASSEMBLER TILIDA
    6-mavzu akt, 27-24-mavzu akt, Aloqa va axborotlashtirish sohasida axborot xavfsizligi. Muammol, Ommaviy onlayn ochiq kurslarning imkoniyatlari, Tarjimon dasturlari va tizimlaridan maqsadli foydalanish, ularni-fayllar.org, peshatgaaa, 1-modul , O`zbekiston respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi tosh-fayllar.org
    IDE-disklar. IDE (Integrated Drive Electronics, rus tilida - ustroystvo so vstroennыm kontrollerom) – o‘rnatilgan kontrollerga ega qurilma, ya’ni disk yurituvchi (1985 yil). Ushbu vinchesterning maksimal xajmi 504 Mbayt. Ma’lumotlarni uzatish tezligi – 4 Mbit/sek.
    EIDE (Extended IDE, rus tilida - usovershenstvovannыe ustroystva so vstroennыm kontrollerom) - o‘rnatilgan kontrollerga ega takomillashtirilgan IDE- qurilma (1994 yil). Ushbu vinchesterning maksimal xajmi -128 Gbayt. Ma’lumotlarni uzatish tezligi – 16 Mbit/sek, unda LBA (Logical Block Addressing, rus tilida - lineynaya adresatsiya blokov) – bloklarni chiziqli adreslash sxemasi qo‘llanilgan. Ushbu sxema 28-razryadli chiziqli adresga ega, bu esa 228 x 29 = 128 Gbayt hajmli xotira deganidir.
    ATA-3 (Advanced Technology Attachment, rus tilida - progressivnaya texnologiya soedineniya) – ulanishning ilg‘or texnologiyasi.
    ATAPI-4 (ATA Packet Interface, rus tilida - paketnыy interfeys ATA) – ATA paketli interfeysi. Ma’lumotlarni uzatish tezligi – 33 Mbit/sek. ATAPI-5 da ma’lumotlarni uzatish tezligi – 66 Mbit/sek. ATAPI-6 da ma’lumotlarni uzatish tezligi – 100 Mbit/sek.
    ATAPI-7 yoki SATA (Serial ATA ) - ma’lumotlarni uzatish tezligi – 150 Mbit/sek (1,5 Gbit/sek). SATA interfeysida signallarni uzatish uchun 0,5V-li kuchlanish ishlatilgan. ATAPI-6 da esa bu ko‘rsatgich 5V ni tashkil qilgan.
    SCSI-disklar (Small Computer System Interface, rus tilida - interfeys malыx vыchislitelьnыx sistem) – kichik hisoblash tizimlarining interfeysiga ega disklar. Ushbu disklarning silindrlari, yo‘lkalari va sektorlarining joylashishi bilan IDE- disklaridan farq qilmaydi, ammo ular boshqacha interfeysga ega va ularda ma’lumotlarni uzatish tezligi ancha yuqori. 2.1-jadvalda, SCSI-disklari versiyalarining ba’zi ko‘rsatgichlari keltirilgan.
    2.1-jadval. SCSI-disklari versiyalarining ba’zi ko‘rsatgichlari.

    SCSI-disklari Sun, HP, SGI kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan UNIX operatsion tizimida ishlovchi ishchi stansiyalarda, Macintosh firmasi kompyuterlarida va Intel firmasining tarmoq serverlarida ishlatilmoqda.


    SCSI – bu nafaqat qattiq disk uchun mo‘ljallangan oddiy interfeys, balki u o‘ziga xos shina ham hisoblanadi. Unga SCSI-kontroller va ettitagacha qo‘shimcha qurilmalar ulanishi mumkin. Qo‘shimcha qurilmalar sifatida - kompakt-disklardan o‘qish-yozish qurilmasi, skanerlar, magnit lentali qurilmalar va boshqa shularga o‘xshash tashqi qurilmalar olinishi mumkin.
    8-razryadli SCSI-kurilmasi kabeli 50-ta (25 juft) o‘tkazgichdan iboratdir. Ushbu o‘tkazgichlardan 8-tasi ma’lumotlar uchun, 1-tasi uzatilayotgan ma’lumotlarda juftlikni nazorat qilish uchun, 9-tasi ma’lumotlarni uzatishni boshqarish uchun va qolganlari esa kelajakda qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

    Download 1.73 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 1.73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Assembler tilida operatorlarning formatlari va ularni qo‘llash

    Download 1.73 Mb.