- Demak, bundan ko‘rinib turibdiki, tilimiz rivojida mantiq va savodxonlikning ham o‘ziga xos o‘rni bor. Ular o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni izohlab bersangiz




Download 36,42 Kb.
bet4/4
Sana05.12.2023
Hajmi36,42 Kb.
#111521
1   2   3   4
Bog'liq
Allanazarova M

- Demak, bundan ko‘rinib turibdiki, tilimiz rivojida mantiq va savodxonlikning ham o‘ziga xos o‘rni bor. Ular o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni izohlab bersangiz.
- Savodxonlik shaxsning fazilati, axloqi, mas'uliyatidan dalolatdir. Savodxonlikka amal qilmaslik shunchaki imlo qoidalarini buzish emas, balki mantiqiy nomuvofiqliklarga, fikrning noto‘g‘ri ifoda etilishiga olib keladi.
Masalan, mantiqiy xatolar ko‘p hollarda paronimlarni qo‘llash bilan bog‘liqdir. Shahrimiz muassasalarida “Hush kelibsiz!” degan xitobga ko‘zingiz tushadi. Xush va hush paronim (talaffuzi o‘xshash) so‘zlar bo‘lib, xush “yoqimli”, hush “aql” ma'nolarini ifoda etadi. Yuqoridagi holatda “yoqimli, xush (qadam bilan) kelibsiz” mazmunidagi iltifot o‘rniga “aqlli kelibsiz” tarzidagi nomuvofiq bog‘lanish yuzaga kelib qolgan.
Xalqimizda “Onangni boshingda tutsang singlingni kaftingda tut” degan maqol bor. Bu maqolda ayrim o‘rinlarda kift so‘zining o‘rniga uning paronimi – kaft birligini yozish holati kuzatiladi. Kift “yelka qismi”ni ifoda etadi, kaft “qo‘l oyasi, hovuchi” (“qo‘l oyasi” kaft so‘zining bugun iste'moldan chiqib ketgan, shevada qo‘llangan shaklidir). Kift so‘zi qo‘llanganda “singilni e'zozlash, onadan keyingi o‘rinda tutish” anglashiladi, kaft so‘zi qo‘llanganda ham singilni e'zozlash tushuniladi. Qizig‘i shuki, qo‘l ko‘tarilganda kaft boshdan yuqori bo‘lishi mumkin...
Bir rasmiy yig‘inda kasbdoshim “Gijjalarni davolaymiz!” degan e'lon mazmuniga e'tiborimizni qaratdi. Maqsad “gijjalarni davolash”mi? Qani bu yerda mantiq? Axir gijjalarni davolamaydilar, gijjalardan xalos etiladi.
Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Demak, savodxonlik fikrni to‘g‘ri ifodalash, mazmunni to‘g‘ri anglatish hamdir.
Til millatning mavjudligini belgilaydigan asosiy omil hisoblanadi. Ona tilini e'zozlash, qadrlash, serqirra imkoniyatlarini, so‘z boyligini borligicha saqlash, takomillashtirish, davlat tili sifatidagi mavqei va nufuzini oshirish har birimizning muqaddas burchimizdir.
Davlat tili tengsiz boyligimizdir, nomus-orimizdir. Milliy til xalqimizni hamjihatlikda taraqqiyot sari boshlaydi. Xalqni yanada jipslashishga, milliy qadriyatlarni asrab-avaylashga undaydi. Til bor ekan – millat barqaror!
Download 36,42 Kb.
1   2   3   4




Download 36,42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- Demak, bundan ko‘rinib turibdiki, tilimiz rivojida mantiq va savodxonlikning ham o‘ziga xos o‘rni bor. Ular o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni izohlab bersangiz

Download 36,42 Kb.