|
Autentifikatsiya usullari tahlil
|
Sana | 28.12.2023 | Hajmi | 62,82 Kb. | | #128771 |
Bog'liq axborot-12 Doniyorov Ro’zimurod Reja: - 1. Autentifikatsiya va Avtorizatsiya tushunchalari
- 2. Identification (Identifikatsiya)
- 3. Autentifikatsiya (Authentication)
- 4. Authorization (Avtorizatsiya)
- 5.Xulosa
Autentifikatsiya va Avtorizatsiya tushunchalari - Autentifikatsiya sizning shaxsingizni tasdiqlashni anglatadi, avtorizatsiya tizimga kirish huquqini anglatadi. Oddiyroq qilib aytganda, autentifikatsiya – bu o’zini tekshirish jarayoni, avtorizatsiya – bu kirish huquqini tekshirish jarayoni.
Identification (Identifikatsiya) - Dastlab ikki atamani tushunishdan oldin yana bir muhim atamalardan biri bo’lgan atama Identifikatsiya nima ekanligini bilib olish lozim. Buni oddiy tarzda tushuntirishga harakat qilaman. Ko’pgina veb-saytlarga kirganingizda, foydalanuvchi nomini kiritasiz (login). Agarda siz yangi hisob qaydnomasi (profile) yaratmoqchi bo’lsangiz, sizdan identifikatsiyalash uchun foydalanuvchi nomini tanlashingiz so’raladi.
- Kirish paytida siz kiritadigan foydalanuvchi nomi bu “Identifikatsiya” dir. Bu shunchaki sizning shaxsingizni tasdiqlash usulidir. Yana ham oddiyroq aytadigan bo’lsak siz kiritadigan foydalanuvchi nomi bu barcha ilovalar yoki veb saytlarda so’raladigan login, e-mail yoki telefon raqamini tushunish mumkin.
Autentifikatsiya (Authentication) - Autentifikatsiya bu sizning foydalanuvchi identifikatoringizni tekshirish uchun foydalanuvchi nomi / foydalanuvchi identifikatori va parol kabi ma’lumotlarini tekshirish bilan bog’liq jarayonni o’z ichiga oladi. Shundan so’ng tizim sizning ma’lumotingizdan foydalanayotganligingiz yoki yo’qligingizni tekshiradi. Global yoki lokal tarmoqlarda bo’lsin, tizim login parollar orqali foydalanuvchi identifikatorini tasdiqlaydi. Odatda autentifikatsiya qilish foydalanuvchi nomi va parol orqali amalga oshiriladi, garchi autentifikatsiya qilishning boshqa usullari bo’lsa ham. Oddiyroq aytadigan bo’lsak, Siz login va parolingiz orqali tizimga kirishga urunishingiz bu autentifikatsiya deyiladi.
Authorization (Avtorizatsiya) - Avtorizatsiya sizning shaxsingiz tizim tomonidan muvaffaqiyatli tasdiqlanganidan so’ng amalga oshiriladi. Shuning uchun sizga ma’lumot, fayllar, ma’lumotlar bazalari, fondlar va boshqa manbalarga to’liq kirish huquqini beradi. Ammo avtorizatsiya sizning kirish huquqingizni aniqlagandan keyingina manbalarga kirish huquqini tasdiqlaydi.
- Boshqacha qilib aytganda, avtorizatsiya – bu autentifikatsiya qilingan foydalanuvchining muayyan manbalardan foydalana olishini aniqlatuvchi jarayon hisoblanadi. Autentifikatsiya orqali xodimning identifikatori va parollarini tekshirilib, tasdiqlanganidan so’ng, keyingi qadam qaysi xodimning qaysi qavatga kirish huquqiga ega ekanligi va bu avtorizatsiya orqali nimalarni amalga oshirilishini aniqlash imkonini beradi.
E’tiboringiz uchun rahmat
|
| |