14-shakl 15-shakl Prujinani ko`paytirib usma-ust 5 ta qo`yilib, (oбъединение) birlashuv tugmasi bilan tanlab birlashtiradi. Uchburchak profilli prujinani tanlab bolt sterjenining ustki markazi tomon joylashtirib, prujinani tanlab pastki tomon yo`naltirib 58 mm son qiymati kiritib tasdiqlanadi (15-shakl). (вычитание)ayiruv tugmasi orqali bolt kallagi va sterjenini tanlab, probel bosilib, prujina tanlab tasdiqlansa kallak bilan sterjen yaxlit holda kelib prujina ayirib olinadi (16-shakl). Boltning gaykasini bajarishda kallak qanday bajarilgan bo`lsa huddi shunday bajarib faqat gaykaning qalinligi h-0,8d ga ko`paytiriladi, bu esa 8 mm teng bo`ladi. Gaykaning faska joyi ikki tomonga qilib olinadi. Gaykani ichini o`yib va unga rezba joyini bajarishda esa boltning sterjenidan nusxa olib gaykaning markazidan o`tqaziladi. Gayka ichidagi ikki faska joyini konus jism orqali o`yib olinadi (17-shakl).