SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1979
5. Hotspot – shaffof holatdagi to’g’ri to’rtburchak ko’rinishdagi faollashtiruvchi obyekt.
U orqali sahifada bo’sh turgan sohani biror funksiyani bajaruvchi faol sohaga aylantirish
mumkin;
6. Video – video fayllarni (.avi, .mpg, .wmv, mp4, …) ishchi sohaga joylashtirish va turli
o’lchamlarda ko’rish uchun foydalaniladigan obyekt;
7. Flash Macromedia – Flashda tayyorlangan .swf-fayllarni ishchi sohaga joylashtirish va
unda foydalanish imkonini beradigan obyekt;
8. Web – bu obyekt orqali .htm, .mht kengaytmali fayllarni
ishchi sohaga Web-sahifa
orqali joylashtirish va ko’rish mumkin;
9. SlideShow – bir nechta grafik fayllarni bu obyekt orqali yuklab olish va ma’lum vaqt
oralig’ida ketma-ket slayd ko’rinishida namoyish etish mumkin;
10. CheckBox – bu obyekt orqali ishchi sohada e’lon qilingan bir nechta variantli
ma’lumotlardan bir nechtasini tanlash va jarayonni davom
ettirish mumkin;
11. RadioButton – bu obyekt orqali ishchi sohada e’lon qilingan bir nechta variantli
ma’lumotlardan faqat bittasini tanlash va jarayonni davom ettirish mumkin;
12. ListBox – ishchi sohaga ro’yxat shaklidagi ma’lumotlarni joylashtirish va ulardan
birini tanlash orqali jarayonni davom ettirish
imkonini beradigan obyekt;
13. ComboBox – ishchi sohaga ro’yxat shaklidagi ma’lumotlarni yashirin tarzda
joylashtirish va ulardan birini tanlash orqali jarayonni davom ettirish imkonini beradigan obyekt;
14. Tree – ma’lumotlarni daraxt ko’rinishida ishchi sohada tasvirlash imkonini beradigan
obyekt;
15. Progress – vaqtga bog’liq jarayonni vizual tarzda ishchi sohada aks ettiruvchi obyekt;
Xususan, ko’p o’lchamli fayllarni nusxalashda, o’chirishda, xotiradan joy egallovchi
dasturni ishga tushirishda jarayonning kechishini bu obyekt orqali tarzda kuzatib turish mumkin.
Bu obyektlar sichqoncha yordamida dastur galeriyasidagi tayyor to’plamdan olib
qo’yiladi. Multimedia
hujjatlarini tayyorlash, uning dasturlanuvchi qismlari uchun scriptlar
yozish, tayyorlanayotgan amaliy dasturni boshqarish interfeysini yaratishda bu obyektlar
dasturchiga imtiyozli yordam ko’rsatadi. AutoPlayning ajoyib xususiyatlaridan yana biri
shundaki, bu obyektlar xossalarini tanlash uchun maxsus xossalar
panelini ham dasturchiga
taqdim etadi va u orqali bir qiymatli xossalar qiymatidan samarali foydalanish mumkin Buyruq
tugmalari grafik bo’lganligi uchun loyiha kutubxonasida mavjud bo’lgan standart buyruq
tugmalaridan tashqari foydalanuvchi didiga mos istalgan dizayndagi buyruq tugmalarini
yangidan yaratish mumkin. Buning uchun AutoPlay dastur oynasidagi “Tools” menyusining
“Button Maker” bandiga murojaat qilish yetarli. Natijada “Untitled –
AutoPlay Media Studio
Button Maker” sarlavhali muloqot oynasi yuzaga keladi. Ushbu muloqot oynasi quyidagi
tuzilmaga ega: 1) sarlavha satri; 2) instrumentlar paneli satri; 3) buyruq tugma hodisalari uchun
asosiy ishchi panellar; 4) xossalar paneli; 5) rasm paneli; 6) rasmni taxminiy ko„rish paneli; 7)
holat satri.
Ma`lumki, har bir dars mavzusini o‘rganishda o‘ziga xos texnologiya, usul va vositalarni
tanlashga to‘g‘ri keladi. O‘qitish jarayonida yuqori natijaga erishish uchun dars jarayonini
oldindan ketma-ketligini mo‘ljallash kerak bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi predmetning o‘ziga xos
tomonlarini, o‘quv jarayonini va sharoitini, o‘quvchilarning ehtiyojini va imkoniyatlarini, bilim
saviyasini, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiyalarni tanlashi lozim.
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1980