|
Mavzu: O‘tim yakorli boshqarishda mexanik tavsiflari. O‘tim qutbli boshqarishda mexanik tasnifi
|
bet | 1/2 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 22,04 Kb. | | #228733 |
Bog'liq ‘TIM yakorli boshqarishda mexanik tavsiflari . O‘TIM qutbli boshqarishda mexanik tasnifi
Mavzu: O‘TIM yakorli boshqarishda mexanik tavsiflari . O‘TIM qutbli boshqarishda mexanik tasnifi
O‘zgarmas tok mashinalari tuzilishi va ishlash prinsipi.
O‘zgarmas tok mashinasining o‘ziga xos xarakterli belgisi kollektror-shchetka tizimi, o‘zgarmas tokni o‘zgaruvchan tokka aylantiruvchi va, uning aksi, - mexanik o‘zgartkich mavjudligidir. Bunday o‘zgartkichning zarurati shu bilan tushuntiriladiki, o‘zgarmas tok mashinasining yakor chulg‘amida o‘zgaruvchan tok oqishi shart, chunki faqat shu sharoitda mashinada elektromexanik energiya o‘zgartirilishining uzluksiz jarayoni sodir bo‘ladi.
O‘zgarmas tok generatorining ishlash prinsipini ko‘raylik. 14.1-rasmda generatorning soddalashtirilgan modeli tasvirlangan: ikki qo‘zg‘olmas o‘zgarmas magnit qutblari N va S orasiga generatorning aylanuvchi qism - yakor joylashtirilgan. Uning vali shkiv va tasma uzatkich mexanizmi yordamida birlamchi motor - mexanik energiya manbai (rasmda ko‘rsatilmagan) vali bilan ulangan. Yakor magnit o‘zagi tashqi silindrik yuzasida qirqilgan ikki bo‘ylama pazda bir o‘ram sifatida keltirilgan a,b,c,d chulg‘am joylashtirilgan. O‘ramning boshi va keti soddalashtirilgan kollektorni tasvirlovsi, o‘z-aro izolyasiyalangan ikki mis yarim xalqalarga ulangan. Kollektor yuzasiga A va V shchetkalar o‘rnatilgan. Kollektor va shchetkalar, generator yakor chulg‘amini tashqi zanjir (R qarshiligi bo‘lgan yuklama) bilan bog‘lovchi, sirpanuvchi kontaklar vazifasini bajaradi.
Faraz qilaylik, birlamchi motor generator yakorini soat miliga teskari yo‘nalishda aylantirsin, unda o‘zgarmas magnit qutblarining magnit maydonida aylanayotgan yakor o‘ramida oniy qiymati bo‘lgan EYK induktivlanadi. EYK yo‘nalishi yakorning rasmda ko‘rsatilgan holati uchun strelkalar bilan ko‘rsatilgan.
Generatorning ishlash jarayonida uning yakori aylanadi va o‘ram a,b,c,d xar hil fazoviy holatlarni qabul qiladi, shuning uchun yakor chulg‘amida o‘zgaruvchan EYK induktivlanadi. Agar mashinada kollektr bo‘lmaganda, u holatda tashqi zanjirda (R yuklamada) tok o‘zgaruvchan bo‘lar edi, ammo kollektor va shchetkalar yordamida yakor chulg‘amidagi o‘zgaruvchan tok generator tashqi zanjirlari (yuklanish)da pulslanuvchi tokka, ya’ni yo‘nalishi o‘zgarmaydigan tokka aylanadi.
O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi
Ko‘rilgan o‘zgarmas tok motorining soddalashtirilgan modeli motor uchun turg‘un ishlash rejimini ta’minlamaydi, chunki yakor chulg‘ami o‘tkazgichining geometrik neytral dan (14.3-rasm) o‘tishida elektromagnit kuchlar nolga teng =0 (iagnit qutblari orasidagi oraliqda magnit induksiyasi nolga teng). Biroq, yakor chulg‘amida o‘tkazgichlar (yakor yuzasida chulg‘am o‘tkazgichlari bir tekisda ravon joylashtirilsa) va kollektor plastinalari soni ortishi bilan motorning yakori aylanishi turg‘un va ravon bo‘lib boradi
Xozirgi kunda elektr mashinasozlik sanoati korxonalari xalq xo‘jaligining xar hil sohalari uchun o‘zgarmas tok elektr mashinalarini ishlab chiqarmoqda. Shu sababli o‘zgarmas tok elektr mashinalarining alohida qismlari xar hil tuzilishga ega bo‘lishi mumkin, biroq, mashinaning umumiy konstruktiv sxemasi bir xil. Mashinaning qo‘zg‘olmas qismini stator deyiladi, aylanuvchi qismi - yakor deyiladi (14.4-rasm).
Yakor. O‘zgarmas tok mashinasining yakori (14.4-rasm) val 10, magnit o‘zak 3, yakor chulg‘ami 9 va kollektor 1dan iborat. Yakor magnit o‘zagi shixrovka qilingan konstruksiyadan iborat va yupqa tunikasimon elektrotexnik po‘latdan shtamplangan plasinalardan iborat. Plastinalar lak bilan qrplanadi, paketlarga yig‘iladi va quritiladi. Tayyor magnit o‘zak yakor valiga presslanib maxkamlanadi. Yakor magnit o‘zagining bunday tuzilishi, uning magnit maydonda aylanishidan hosil bo‘lgan qayta magnitlanishda induktivlanadigan uyurma toklarni keskin kamaytirish imkonini beradi. Yakor tashqi silindrik yuzasida bo‘ylama pazlar bo‘lib, ularda yakor chulg‘ami joylashtiriladi.
Stator. Stator 6 staninadan va unga boltlar bilan maxkamlangan 4 bosh qutblardan iborat. Staninaga qutblardan tashqari, podshipnik 7 va 12 qalqonlari maxkamlanadi. Stanina magnit o‘zakning bir qismi hisoblanib, u orqali magnit maydon tutashadi va berk konturni hosil qiladi. Stanina etarli darajada mexanik mustahkamlik va katta magnit singdiruvchanlikka ega bo‘lgan materialdan (po‘latdan yasaladi).
Bosh qutblar mashinada magnit maydon qo‘zg‘atish uchun mo‘ljallangan. Bosh qutb magnit 6 o‘zak va qutb g‘altagi 5 dan iborat. Qutbning yakorga qaratilgan tomonida qutb uchliklari (polyusnqe nakonechniki) mavjud. U mashina havo oralig‘ida magnit maydonning zaruriy taqsimlanishini ta’minlaydi. Bosh qutb magnit o‘zaklari 1-2 mm qalinlikdagi konstruksion po‘lat tunikachalardan yoki 3411 markali sovuq jo‘valangan anizotrop elektrotexnik po‘lat tunikachalardan shixtovka qilinadi. Bosh qutb shtamplangan plastinalari ataylab o‘zaro izolyasiyalanmaydi, chunki plastinalar yuzasidagi yupqa oksid plenka ularda induktivlanadigan uyurma toklarni keskin pasaytirish uchun etarli bo‘ladi. Anizotrop po‘lat jo‘valag yo‘nalishi bo‘yicha yuqori magnit singdiruvchanlikka ega bo‘lib, plastinalar shtamplanishida va qutb paketi yig‘ilishida e’tiborga olinishi kerak. Jo‘valash yo‘nalishiga ko‘ndalang bo‘lgan yo‘nalishda magnit singdiruvchanlik pastligi yakor reaksiyasining ta’sirini kuchsizlantiradi va bosh va qo‘shimcha qutblar tarqoq magnit oqimni kamaytiradi.
Kichik quvvatli o‘zgarmas tok mashinalari qutb g‘altaklari karkassiz qilinadi - qutb o‘zagiga izolyasion qistirma (prokladka) joylashtirilib, misdan yasalgan chulg‘am o‘tkazgichlarini bevosita o‘raladi (14.5,a-rasm). Ko‘pgina mashinalarda (quvvati 1 kVt va undan kattaroq) qutb g‘altagi karkasli qilinadi: chulg‘am o‘tkazgichi karkasga (aksariyat, plastmassadan) o‘raladi, so‘ngra qutb o‘zagiga kiygiziladi (14.5,b-rasm). Mashinalarning ba’zi konstruksiyalarida qo‘zg‘atish chulg‘ami intensiv sovutilish uchun balandligi bo‘yicha birnecha qismlarga bo‘linadi, ular orasida ventilyasiya kanallari qoldiriladi.
|
| |