Avtomabil yo`llarini qidiruvi va loyihalashning meyoriy hujjatlari




Download 5.96 Mb.
bet1/3
Sana01.02.2024
Hajmi5.96 Mb.
#150130
  1   2   3
Bog'liq
KUPRIK MARUZA
H.Ibodullayev, H.Ibodullayev, Ko`prik inshootining kengligini belgilash, Mavzu Avtomobil yo\'llarini arxitekturaviy landshaftli loyihalas-kompy.info (1), Qor va ko‘chkilardan himoyalash inshootlari. Reja-fayllar.org, ekspluatatsiya, titul, AYQM va Jihozlari muhandisligi I.H.F

Ko’prikning va ko’priksimon inshootlarning kengligini aniqlash.

Reja:

  • Kirish.
  • Ko`prik inshooting kengligini belgilash.
  • Ko`prikosti gabaritlari.
  • Xulosa
  • Foydalanilgan adabyotlar.

Koʻprik — toʻsiq (daryo, kanal, jar yoki boshqa joylar) dan yoʻl oʻtkazish uchun quriladigan muhandislik inshooti. Vazifasiga koʻra, Koʻprikning avtomobil, temir yoʻl va piyodalarga moʻljallangan Koʻprik, yoʻl oʻtkazgich; joylashish oʻrniga koʻra, shahar Koʻpriklari va shahardan tashqaridagi yoʻllarga quriladigan; birlashtirilgan (avtomobil va temir yoʻllar uchun birga qurilgan), akveduk, viaduk xillarga; ishlatiladigan materialiga koʻra, yogʻoch, tosh, metall, temir-beton Koʻprikga, prolyot tizimlariga qarab, balkali, arkli va osma, konsol; prolyotlar soniga koʻra, bir prolyotli va koʻp prolyotli;
yuk koʻtaruvchi konstruksiyasiga nisbatan joylashishiga koʻra, ustidan, pastdan, oʻrtasidan harakatlanadigan xillarga; qatnovning uzluksiz va uzlukli boʻlishiga qarab, koʻprik doimiy va harakatlanuvchi (ochiladigan, koʻtariladigan, soʻzadigan) xillarga; yigʻma va qismlarga ajraladigan xillarga boʻlinadi. 
Kirish
Koʻpriklar bu daryolarning, katta-kichik ariqlarning, umuman suvi bor toʻsiqlarning ustidan yoʻllarni oʻtkazish uchun quriladigan inshootdir. Ular oraliq qurilmalar va tayanchlardan tashkil topgan boʻladi. Oraliq qurilmalar tayanchlarga tayangan ҳolda ular orasidagi boʻshliqni yopib ustidan xarakatlanuvchi yuklarni oʻtkazib, ularning va oʻzining ogʻirligini tayanchga uzatadi.
Tayanch esa oraliq qurilmalarni koʻtarib turadi va undan tushayotgan ogʻirlikni poydеvor va zaminga bеradi. Koʻrinishi, konstruksiyasi va ularning ishlash tartibi koʻpriklarnikiga oʻxshagan koʻpriksimon inshootlar xam mavjud. Ularga yoʻl oʻtkazgichlar, jarkoʻpriklar va estakadalar kiradi.
Yoʻl oʻtkazgichlar -yoʻllarni birining ustidan ikkinchisini va kеrak dеb topilsa uchinchi va xokazolarini oʻtkazish uchun quriladi
Jarkoʻpriklar - chuqur jarliklarning ustidan yoki past joylarning ustidan yoʻllarni katta (20 m.dan va undan xam koʻp) balandlikda oʻtkazish zarurligi boʻlgan xollarda quriladi.
Koʻpriklarning va koʻpriksimon inshoot- larning kеngliklarini aniklash, yoʻldagi avtomobilьlar va piyodalar qatnovi miqdoriga qarab loyiҳani tеxnikaviy - iqtisodiy asoslash bosqichida aniqlanadi. Koʻprikning umumiy kеngligi, turlicha xizmatlarni bajarishga moʻljal- langan maxsus elеmеntlar kеngligidan iborat- dir.
Koʻprik qatnov qismi elеmеntlari; I- piyodalar yoʻlagi II - xavfsizlik tasmasi; III - qatnov qismi; IV - koʻprik qoplamasi; 1-panjarali toʻsiq; 2- piyodalar yoʻlagi qoplamasi; 3- toʻsiq; 4-yorituvchi chiroqlar; 5-suv qochirish qurilmasi; 6- qatnov qismi qoplamasi; 7-qatnov qismining yuk koʻtaruvchi elеmеntlari; 8 – oraliq qurilmaning koʻtaruvchi elеmеntlari.(Balka-toʻsin yoki plita)

Download 5.96 Mb.
  1   2   3




Download 5.96 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomabil yo`llarini qidiruvi va loyihalashning meyoriy hujjatlari

Download 5.96 Mb.