|
-bob. Avtomatik boshqarish tizimlari
|
bet | 9/83 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #107865 |
Bog'liq AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK kitob 1-bob. Avtomatik boshqarish tizimlari. 1.1 Avtomatik boshqarishning ishlash prinsiplari va avtomatik tizim modeli.
Fan-texnika taraqiyotini jadallashtirishning asosiy yo’nalishlaridan biriavtomatlashtirilgan tizimlarni ishlab chiqarishga keng tatbiq etishdan iborat. Bunday rivojlanishda EHM ning o’rni katta ahamiyatga ega, chunki ular yordamida har xil murakkab jarayonlarni boshqarish mumkin. Bunday paytda odamning vazifasi hisoblash texnikasi vositalari va avtomatik tizimlarning ishlarini tashkil etishdan iborat bo’lib ular kerakli natijalarni kam harajat sarf qilib olishni ta’minlashlari kerak. Bu masalalarni yechish uchun boshqarishjarayonlari va ularning umumiy qonuniyatlarini bilish muhim ahamiyatga ega.
Texnologik jarayonlarni berilgan ketma-ketlikda avtomatik ravishda amalga oshirish hamda boshqarish ob’ektiga ma’lum ketma-ketlikda ta’sir ko’rsatish avtomatik boshqarish deb ataladi. Boshqarish jarayonining asosiy prinsiplarini tushunish uchun avtomobilni boshqarish jarayonini ko’rib chiqamiz. Rulda o’tirgan haydovchi oldidagi yo’lni va undagi predmetlarni ko’rib turadi, mashina qaerga ketayotganligini ko’radi va shunga asoslanib harakat yo’nalishini o’zgartirish kerakmi, kerak bo’lsa kaysi tomonga o’zgartirish xaqida qaror qabul qiladi. Bu jarayonni analiz qilib, biz bunda quyidagi asosiy elementlarni ko’rib turibmiz. Birinchidan, mashina xarakatlanishi kerak bo’lgan yo’nalish haqidagi ma’lumot, ya’ni boshqarish masalasi haqidagima’lumotni haydovchi ko’rish organi hisoblangan ko’z orqali oladi. Haydovchiga faqatgina oldindagi yo’lni ko’rish yetarli bo’lmay, u mashina qayerga ketayotganligini ham ko’rib turishi zarur. Olingan ma’lumotlarni analiz qilish natijalari asosida keyingi boshqaruv harakatlari to’g’risida qaror qabul qilinadi. Yuqorida qayd etilganlar har qanday boshqaruv tizimini asosini tashkil qiladi. Agar shulardan birortasi olib tashlansa, boshqarish tizimini amalga oshirishni ilojisi bo’lmaydi. Yuqoridagilarga asoslangan holda boshqarish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi, ya’ni boshqaruv va ularning natijalari to’g’risida ma’lumot olish, olingan ma’lumotni analiz qilish va qaror qabul qilish, qarorni amalga oshirish. Shunga asosan boshqaruv jarayonini amalga oshirish uchun boshqaruv masalalari va boshqaruv natijalari to’g’risida ma’lumot manbalari bo’lishi kerak. Bundan tashqari, olingan ma’lumotni analiz qilib, qaror qabul qilish va ob’ektning boshqaruvini amalga oshiradigan qurilma zarur. Keltirilgan tahlillardan shu narsa ma’lum bo’lmoqdaki, boshqaruv jarayonini tashkil qilishda boshqaruv natijalari to’g’risidagi ma’lumot katta ahamiyatga ega, ya’ni boshqaruv ob’ektining holatini o’zgartiradigan sabab tizimga qanday ta’sir etishiga bog’liq bo’ladi. Bunga sabab bir biriga bog’liqligi teskari bog’lanish deb ataladi. Tizimni teskari bog’lanishi ko’pchilik boshqaruv jarayonlarining asosini tashkil qiladi. Teskari bog’lanishning asosiy prinsipi odam faoliyatining deyarli butun asosini tashkil qiladi. Masalan, agar odam biror narsani qo’li bilan olmoqchi bo’lsa, unda u narsaga qarab turib, qo’l harakatlarini o’sha narsaga qarab yo’naltiradi. Bunga ishonch hosil qilish uchun odamga qo’lni boshqaruvi haqida ma’lumotni yyetkazmaslik kifoyadir, ya’ni odamni ko’zi bog’lab qo’yilsa, u qo’l harakatini qaysi tomonga yo’naltirishni bilmay qoladi. Boshqaruv natijalari haqida ma’lumot olish qiyin bo’lgan holatlarda teskari bog’lanish prinsipidan foydalanib bo’lmaydi.
|
| |