Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimida model va modellashtirish Reja




Download 16,4 Kb.
bet3/4
Sana30.01.2024
Hajmi16,4 Kb.
#148853
1   2   3   4
Bog'liq
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimida model va modellashtirish-fayllar.org (1)

ALTning rivojlanish bosqichlari:
• 70-yillarda ilk bor loyihalash sohasini kompyuterlashtirish mumkinligini ko’rsatgan ayrim natijalarga erishildi. O’sha davrda asosiy e’tibor
avtomatlashtirilgan chizish tizimlari (AChT)ga qartildi;
• 80-yillarda mikro va superkompyuterlar avlodining kirib kelishi bilan AChT kichik firmalarga ham foydalanish imkoniyatini berdi. Chizma dastgohining displey bilan almashishi ish vaqti tezligining oshishiga, ya’ni tajribali loyihachi ish samaradaorligini 3 baravar, rangli displeyda esa 3,5 baravarga oshiradi. Bu davrda AChT ta’minotchilari avtomatlashtirilgan loyihalashda 3D modellashtirishni ham etkazib berishgan. Dastlab 3D da oddiy sirtlar yaratilgan bo’lsa, keyinchalik qattiq jismlar tasviri ham yaratilishi boshlangan.
• 90-yillar ALTning o’tish davri hisoblanadi. Bu davrda ko’plab dasturiy noqulayliklar, xato va kamchiliklar bartaraf etilishi boshlandi. Hozirda loyihalashning butun jarayonini avtomatlashtirish, integratsiyalash borasida fikr yuritilmoqda. Loyihani avtomatlashtirishda shakl xususiyatlarini analiz qilish hal qiluvchi funktsiya va murakkab operatsiya jarayonlarini bajara olish keskin rivojlanib borayotgan ALTda interfeysni oldingi o’ringa chiqarish zaruratini keltirib chiqarmoqda.
Bugungi kunda juda ko’plab grafik loyihalash dasturlari mavjud bo’lib, ularni qaysi sohada qo’llanilishi bilan bir biridan farqlanadi. Har bir soha mutaxassislari o’z faoliyatlari uchun qulay bo’lgan grafik loyihalash dasturini tanlaydilar. Dasturlarning imkoniyat chegaralari ham ma’lum bir sohaga yo’naltirilgan bo’ladi. Demak, grafik loyihalash dasturini tanlashda avvalom bor uning imkoniyatlarini inobatga olish lozim. Aksariyat hollarda grafik loyihalash dasturini qo’llashdan oldin boshqa bir dasturlarni yoki fanlarni o’zlashtirishga ehtiyoj seziladi. Shunisi bilan ham grafik loyihalash dasturlari murakkablashib boradi.
Kompyuterda geomterik modellashtirishda albatta geometrik yasashlarni
(loyihalashlarni), obektlarni geometrik tahlil qilishni bilish kerak. Bunday bilim va ko’nikmaga ega bo’lishda kishining fazoviy tasovvuri asosiy o’rin tutadi.
Fazoviy tasovvur tom ma’noda kishi ongida ob’ekt va borliqni, turli g’oyalarni akslantirish, ularni ichki va tashqi tuzilishini, atrof-muhit bilan o’zaro munosabatlarini mantiqiy tizimlashtirish asosida mohiyatan tushunib etish demakdir. Inson ongida sodir bo’lgan va bo’lmagan, mavjud va nomavjud ob’ektlar, turli voqea va hodisalar doimo gavdalanib turadi. Biz bu holatni xayol deb bilamiz va ongimizdagi tezkor xotirada ma’lum bir muddat saqlashimiz mumkin. Bunday ongimizdagi akslanishlar tasovvur bo’lishi mumkin, lekin hali fazoviy tasovvur bo’la olmaydi.
Fazoviy tasovvur o’z nomidan ko’rinib turibdiki fazo va undagi ob’ektlar bilan bog’liq jarayondir. Fazoviy tasovvur barcha insonlarda aqliy, ongli bo’lishi mumkin lekin uni tafakkuriy bo’lishi turli insonlarda turlicha bo’ladi. Aqliy va ongli deganimizda ob’ektlar, voqea va hodisalar bizga ma’lum bo’lgan ko’rinishda akslansa, tafakkuriy deganimiz biz egallagan bilim, kuzatishlar asosidagi falsafiy fikr yuritishga asoslangan mantiqiy ko’rinishni aks ettiradi. Demak fazoviy tasovvurni rivojlantirish, o’stirish mumkin.
Fazoviy tasovvuri rivojlangan kishilar odatda ixtirochi, g’oyalarga boy, turli muammolar echimini bir nechta variantini taklif eta oladigan, kuchli fazoviy tassovur egalari esa faylasuf, olim kishilar bo’lishi mumkin.
Fazoviy tasovvurni rivojlantirishning asosiy omili bu – ob’ektlarni kuzatishda tizimli yondashish, ularni tahlil eta olishdir. Buning uchun esa insonda bilim, ilmiy malaka va ko’nikma bo’lishi zarur.
Loyihalanayotgan murakkab geometrik figurali detalni sintez qilish asosida uning bir necha oddiy geometrik figuralar majmuasidan tarkib topganligini bilib olish mumkin. Bunga o’xshash ob’ektlarni tahlil eta olish natijasida ularni loyihalash, ishlab chiqarish ham murakkabdan oddiylikka prinsipi asosida tizimlanadi.
2-rasm
Kompyuterda geometrik modellashtirish ob’ektlarni aynan geometrik tuzilishi asosida ularni yaratish demakdir. Yuqorida keltirilgan fikrlar asosida ob’ektni oddiy geometrik ob’ektlar majmuasi sifatida, ya’ni to’plamlarni birlashuvini ko’rish mumkin. Xuddi shuningdek to’plamlarni chizmasi asosida ham ob’ektlarni geometrik tahlil etish mumkin.

Download 16,4 Kb.
1   2   3   4




Download 16,4 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimida model va modellashtirish Reja

Download 16,4 Kb.