|
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimida model va modellashtirish Reja
|
bet | 1/4 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 16,4 Kb. | | #148853 |
Bog'liq Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimida model va modellashtirish-fayllar.org (1)
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimida model va modellashtirish Reja: • cad/cae/cam tizimi bosqichlari va ularning ishlab chiqarishdagi muhim o’rni
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimida model va modellashtirish
Reja:
• CAD/CAE/CAM tizimi bosqichlari va ularning ishlab chiqarishdagi muhim o’rni.
• Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi va uning rivojlanish bosqichlari.
• 3. Geometrik modellashtirishning fazoviy tasavvur bilan uzviy bog’liqligi.
Tayanch so’zlar: avtomatlashtirilgan loyihalash tizim (ALT), CAD tizimi, CAE tizimi, CAM tizimi, mashina, EHM, muhit, texnologiya, ishlab chiqarish, jarayon, modellashtirish, model, modellashtirish, geometrik modellashtirish.
Xalqaro analitiklarning fikricha hozirgi zamon ishlab chiqarishida muvaffaqiyat qozonishning asosiy omillari bu: bozorga mahsulot chiqarishga ketadigan vaqtning qisqarishi, mahsulot tannarxining pasayishi va sifatning oshishidir. Bunday talablarga javob bera oladigan texnologiyalar qatorida avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT) kiradi.
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT) keng qamrovli tushuncha bo’lib, uni faqat chizmani avtomatlashgan tizim asosida loyihalash deb tushunmaslik kerak. Bugungi kundagi fan va ishlab chiqarishning tezkor suratdagi rivojlanishi ALTni uch bosqichdan iborat tizim sifatida o’rganishni va ishlab chiqarish jarayonida ham uch bosqichni qo’llashni taqozo etadi. Bu bosqichlar ingliz tilida CAD (computer aided design), CAM (computer aided manufacturing) va CAE (computer aided engineering) deb nomlanadi.
CAD tizimlari (computer aided design – kompyuter yordamida loyihalash) asosan kompyuterda chizma g’oyalarini loyihalash va konstruktorlik hujjatlarini rasmiylashtirishga mo’ljallangan. Odatda hozirgi zamon CAD tizimlari moduliga uch o’lchamli konstruktsiyalar (detallar)ni yaratish (loyihalash) va chizma konstruktorlik yozma hujjatlarini (spetsifikatsiya, qaydnomalar va h.k.) rasmiylashtirish kiradi.
|
| |