|
Avtomobil dvigateli
|
bet | 1/3 | Sana | 06.09.2024 | Hajmi | 31,98 Kb. | | #270437 |
Bog'liq divigatel tuzilishi qayta topshirish
Avtomobil dvigateli – avtomobilni harakatga keltiruvchi qurilma. Avtomobil dvigateli 2,3,4 va undan ortiq si-lindrli boʻlib, ular bir qator yoki "V" tartibida joylashtiriladi. Zamonaviy avtomobillardan eng keng tarqalgani porshenli ichki yonuv dvigateli. Ish ja-rayoni boʻyicha ikki taktli dvigatel va toʻrt taktli dvigatellarga, yonilgʻining alangalanishi boʻyicha uchqundan alanga-lanadigan karbyuratorli dvigatellarga va dvigatel silindrlarida yonilgʻi oʻz-oʻzidan alangalanadigan dizel dvi-gatellariga boʻlinadi. Karbyuratorli Avtomobil dvigatelida karbyuratorda tayyorlanadigan benzin bugʻlari bilan havo aralashmasidan iborat yonilgʻi aralashmasi silindrlarga uzatiladi. Dizel dvigatellarida silindrlarda qisilgan havoga yuqori bosimda dizel yonilgʻisi purkaladi. Za-monaviy Avtomobil dvigateli silindrlar bloki, krivo-ship-shatunli mexanizm, gaz taqsimlash mexanizmi, sovitish tizimi, moylash ti-zimi, ta’minlash tizimi (karbyuratorli dvigatelda yonuvchi aralashma tayyorlab, uni silindrlarga kiritadi, dizellarda esa silindr ichiga yonilgʻini purkaydi), oʻt oldirish tizimi (karbyuratorli dvi-gatelda)dan iborat. Zamonaviy yengil avtomobillarning dvigateli quvvati 15 – 310 kVt gacha, yuk avtomobillariniki 220 kVt gacha boʻladi. Bulardan tashqari rotorli-porshenli, gaz-turbinali dviga-tellar ham ishlatiladi
Ta'minlash tizimi- yonuvchan aralashmani tayyorlash va silindrlarga yuborish hamda uning miqdori va tarkibini rostlash uchun mo'ljallangan. Tizim, benzin sathini (miqdorini) ko'rsatuvchi datchikli bak (6) filtrtindirgich (7) va benzinni bakdan (6) karburatorga (2) yuboruvchi nasosdan (10) iborat.
Havo karburatorga havo filtri (1) orqali kirib keladi. Filtr bir paytning o'zida havo kiritish paytida hosil bo'lgan shovqinni so'ndiruvchi vazifasini ham bajaradi. Karburator zaslonkalarini qo'l bilan boshqarish uchun dastaklar (3,4) xizmat qiladi, drossel zaslonkalarini boshqarish esa oyoq pedali (5) orqali amalga oshiriladi.
Karburator yonuvchi aralashma deb ataluvchi benzinning havo bilan aralashmasini tayyorlash uchun mo'ljallangan. U dvigatelning kiritish quvur yo'liga o'rnatiladi.
Oddiy karburator (29-chizma) qalqisi (2) va ninali klapan (3) joylashgan qalqi kamerasidan, jiklyordan (1), to'zitgichdan (4), havo zaslonkasiga (6) ega bo'lgan kirish kamerasidan, diffuzor quvurning toraygan joyi (7) va drossel zaslonkasi (8) joylashgan aralashtirish kamerasidan iborat bo'ladi. Benzin - yonilg’i haydash nasosi vositasida bakdan qalqi kamerasiga yuboriladi. Bu yerda benzin sathi, qalqi va klapan (3) yordamida bir me'yorda ushlab turiladi. Qalqi kamerasi karburatorning kirish qisqa quvuri bilan, shuningdek, jiklyor va to'zitgich orqali aralashtirish kamerasi bilan tutashgan bo'ladi. Jiklyor, belgilangan miqdorda yonilg’i o'tkazuvchi kalibrlangan (aniq belgilangan o'lcham) teshikli tiqin yoki trubkaga o'xshash bo'ladi.To'zitgich esa ingichka naycha ko'rinishidadir.
Ishlamayotgan dvigatelda to'zitgich va qalqi kamerasidagi yonilg’i sathi bir xil bo'lib, to'zitgichning yuqori uchidan 1,0- 4,0 mm pastda bo'ladi. .
Yonilg’i va havodan yonuvchan aralashma tayyorlash jarayoni karburatsiya deb ataladi. 1 kg bcnzinning to'la yonishi uchun qariyb 15 kg havo kerak bo'ladi. Shunday tarkihdagi aralashma norma 1 (mo'tadil) deb ataladi. Havo kam bo'lgan aralashma (1 kg benzinga 13 kg dan 15 kg gacha havo) quyuqlashtirilgan yoki quyuq (13 kg dan kam havo) deb, havo ko'p bo'lgan aralashma esa suyuqlashtirilgan (15 - 16,5 kg havo) yoki suyuq (16,5 kg. dan ko'p havo) deb atahidi.
Karburator drossel zaslonkalarining ochilishi va tirsakli valning aylanishlar chastotasi bilan bog'liq bo'lgan dvigatelning turli rejimlari uchun yonuvchan aralashmani zarur tarkibda tayyorlab berishi kerak. Dvigatelning beshta asosiy ish rejimi mavjud: yurgizish, salt (quruqdan-quruq) ishlash. kichik va o'rtacha yuklanish, to'la yuklanish va dvigatelning tezlashi (jadallashuvi).
Oddiy karburator dvigatelning ish rejimi o'zgarganda yonuvchan aralashma tarkibini talab etilgan darajada o'zgartira olmaydi. Shunday ekan, zamonaviy karburatorlar oddiy karburatorlardagi kamchiliklardan xoli bo'lishi uchun qo'shimcha qurilma va tizimlarga ega.
Yonilg'ini pnevmatik tormozlovchi karburalorda drossel zaslonkasining (9) ochilishiga qarab diffuzordagi (8) siyraklanish ortib boradi (30-rasm). Asosiy jiklyor (2) va uning to'zilgichidan (6) kirib kelayotgan yonilg’ining miqdori ham ko'payib boradi. Biroq, aralashmaning quyuqlanishiga havo jiklyori (5) orqali to'zitgichga (6) kirib kelayotgan havo to'sqinlik qiladi.
Asosiy dozalovchi qurilmaning kanallariga havoning kirib kelishi, asosiy jiklyorga ta'sir etuvchi siyraklanishni kamaytiradi. Buning natijasida, yonilg’ini asosiy jiklyordan oqib o'tishi diftuzorning tor kesimida emas, baiki quduqda hosil bo'ladigan siyraklanish ta'sirida amalga oshadi.
Salt ishlash tizimi - dvigatel tirsakli valining kichik chastotali aylanishlarida yonuvchan aralashma tayyorlash uchun mo'ljallangan. Bu rejimlarda drossel zaslonkasi to'la yopiq bo'lib, diffuzordagi siyraklanish shunchalik kichik bo'ladiki, asosiy, dozalovchi qurilmadan yonilg’i oqib kirmaydi. Salt ishlash rejimlarida, chiqarish taktidan so'ng silindrlarda ko'p miqdorda (yonuvchan aralashma miqdoriga nisbatan) chiqindi gazlar qoladi. Havo, benzin va chiqindi gazlar aralashmasi ishchi arulashimi deb ataladi. Salt ishlashda ishchi aralashma sekin yonadi, shu sababdan dvigatel barqaror ishlashi uchun aralashmani yonilg’i bilan boyitish zarur. Salt ishlash tizimi yonilg’i va havo jiklyorlariga ega.
Drossel zaslonkasi ostida katta siyraklanish hosil bo'ladi. Mazkur siyraklanish ta'siri ostida yonilg’i jiklyordan o'tib. jiklyordan kirib kelgan havo bilan aralashadi va emulsiya ko'rinishida teshikdan oqib chiqadi. Bu emulsiya drossel zaslonkasi va aralashtirish kamerasi orasidagi tirqishdan o'tayotgan havo bilan to’zg’tiladi.
Karburatorning salt ishlash tizimi, odatda, chiqish teshigiga ega bo'ladi. Ulardan biri yopiq holatdagi drossel zaslonkasi qirrasining shundoqqina tepasida joylashgan bo'lsa, ikkinchisi uning pastida joylashgan. Kichik chastotali aylanishlarda pastki teshik orqali emulsiya berilsa. yuqoridagi teshikdan esa havo so'riladi. Drossel zaslonkasi ochilgan paytida, ikkala teshikdan ham emulsiya beriladi. Shunday yo’l bilan salt ishlashdan kichik yuklanishlar rejimiga ravon o'tish ta'minlanadi.
Pastki teshikning o'tish kesimi rostlash vintini burash bilan o'zgartirilishi mumkin. Salt ishlashda karburatomi ikkinchi rostlanishi, boshqarish pedali qo'yib yuborilgan holatda, drossel zaslonkasi vaziyatini o'zgartiruvchi tirgak vint yordamida amalga oshiriladi.
Ekonomayzer, to'la yuklanish paytida (drossel zaslonkalarining to'liq ochilgan holati) yonuvchan aralashmani quyuqlashtirish uchun xizmat qiladi. Drossel zaslonka 75 - 85 foizdan ortiq ochilganda, tortqi bilan bog'langan richag shtokni pastga tushiradi va klapanni ochadi. Endi yonilg’i to'zg'itgichga asosiy jiklyordan tashqari ekonomayzer klapani orqali ham kirib kela boshlaydi. Ekonomayzer asosiy dozalovchi qurilma bilan birgalikda, dvigatelni eng katta quvvatiga erishish uchun zarur bo'lgan quyuqlashtirilgan yonuvchan aralashma bilan ta'minlaydi.
Tezlatgich nasosi drossel zaslonkasi keskin ochilgan paytda yonilg’ini quyuqlashtirish (boyitish) uchun xizmal qiladi. Ushbu lahzada tortqi bilan ilgak orqali bog’langan richag plankaga ta'sir etib, porshenni pastga tomon harakatlantiradi. Nasos qudug'idagi yonilg’ining bosimi ko'tariladi va yonilg’i qalqi kamerasiga o’tib ketmasligi uchun teskari klapanni berkitadi. Ochilgan haydash klapani va jiklyor-to'zitgich orqali aralashtirish kamcrasiga qo'shimcha benzin purkaladi va yonuvchan aralashma qisqa muddatga boyitiladi.
Havo zaslonkasi ko'rinishida bo'lgan yurgazish qurilmasi, sovuq dvigatelni yurgazish va qizdirish chog'ida aralashmani quyuqlashtirish uchun xizmat qiladi. Quyuq yonuvchan aralashma olish uchun havo zaslonkasi yopiladi, natijada aralashtirish kamerasida siyraklanish ortadi.
Aralashma haddan tashqari quyuqlashib ketmasligi uchun havo zaslonkasida klapan nazarda tutilgan bo'lib, u dvigatel yurgandan so'ng, aralashtirish kamerasidagi siyraklanish sezilarli darajada ortganda, havo bosimi ta'sirida ochiladi.
Haydovchi, havo zaslonkasini uning o'qiga mahkamlangan tros va richag yordamida ochadi yoki berkitadi. Havo zaslonkasining yopilishi bilan bir vaqtda drossel zaslonkasi bir oz ochiladi.
Dizel dvigatelining yonilg’i bilan ta’minlash tizimi, ma’lum miqdordagi yonilg’ini o’zida saqlash, uni dag’al va mayin tozalash, yuqori bosim yonilg’i nasosida yuqori bosim hosil qilib, uni forsunka yordamida tsilindr ichidagi siqilgan va qizigan havoga tuman shaklida purkash uchun hizmat qiladi. Dizel dvigatelida yonuvchi aralashma tsilindr ichida hosil bo’ladi. Dizellarda yonilg’ini purkash, yuqori bosim nasos va har bir tsilindrga yopiq holda o’rnatilgan forsunkadan iborat. Ta’minlash tizimi asosiy ikkita: pastki va yuqori shaxobchalardan iborat. Past bosim shaxobchasi yonilg’ining bakdan yuqori bosim nasosiga uzatadi. Yuqori bosm shaxobchasi esa, ma’lum miqdordagi yonilg’i ma’lum vaqtda bosim bilan dvigatelning tsilindrlariga uzatadi. YaMZ dizel dvigatelning yonilg’i bilan ta’minlash tizimining umumlashgan chizmasi 8.1-chizmada keltirilgan.
Bak 2 dan yonilg’i, haydash nasosi 20 hosil qilgan siyraklanish ta’sirida, dag’al tozalagich 22 ga yuboriladi. Bk tozalagichdan yonilg’i Mayin tozalagich 7 ga, undan yonilg’i naychasi 10 orqali yuqori bosim nasosi yordamida 150 kg/sm2 ga yaqin bosim ostida yonilg’ini purkash forsunkasi 17 ga yuboriladi. Yuqori bosim nasosi 19 da yig’ilib qolgan ortiqcha yonilg’ining bosimini 150 kg/sm2 ga tenglashganda o’tkazib yuborish klopani 13 ochilib qaytarish naychalari 4 va 11orqali yonilg’i bak 2 ga oqib tushadi. Forsunka 17 tirqishlaridan tomib oqib chiquvchi yonilg’i baka naycha 18 orqali qaytadi.
Dizelni dastlab yurgizishda tizimnm yonilg’i bilan to’ldirish jarayoni haydash nasosi 20 ning g’ilofidagi qo’l-yuritmali nasos 12 yordamida amalga oshiriladi. Yonilg’i bilan kirgan havoning tashqariga chiqarib yuborish uchun tiqin 9 va 14 da parmalangan teshiklar bor. Tizimda yonilg’ini tozalovchi asosiy tozalagich 7 va dag’al tozalagich 22 hamda bakning bo’g’izidagi to’r-simli tozalagich uchidan tashqarii, yonilg’i qabul qilgich 1 qopqog’ida va forsunka 17 ning shtutseri 16 da to’r-simli tozalagichlar bor.
Undan tashqarii yuqori bosmli nasosda tirsakli valning aylanishlar soning o’zgartirib beruvchi ikki maromli rostlagich o’rnatilgan. Rostlagich dvigatel eng kichik aylanishlar 600 ayl/min sonini barqarorlashtirib eng yuqori aylanishlar soni 2800 ayl/min ni o’zidan-o’zi cheklab turadi.
|
| |