Avtomobil yo‘l qurilishining korxonalarining moddiy-texnik bazasi Reja




Download 19.86 Kb.
bet1/3
Sana23.04.2024
Hajmi19.86 Kb.
#205478
  1   2   3
Bog'liq
Abdulaziz
[@pdfbooksyouneed] Inside Reading 1 Key, 123, Документ Microsoft Word, Гофра, 2018 янги физика тест, 22. Zamonaviy shart-sharoitlarda ta’lim berishning qonunlari va qonuniyatlari, Поддонга бирка, @SENARIY UZ Yangi yil sarguzashtlari (3), 1. Центр масс. Теорема о движении центра масс. Неинерциальные системы отсчета. Силы инерции, 3. Реактивное движение. Движение в центральном поле. Законы Кеплера. Столкновение шаров., 6. Закон подобия. Формула Стокса. Гидродинамическая нестационарность. Ламинарное и турбулентное течения., Идентификация бирка, 9. Реалные газы. Уравнение Ван-дер-Ваальса. Фазовые переходы, Мустақил иш конструкция, Мустақил иш мавзулари

Avtomobil yo‘l qurilishining korxonalarining moddiy-texnik bazasi


Reja:
1.Avtomobil yo’l qurilishni davlatning moddiy-texnika bazasini jadallashtirishga bo’lgan ta'siri, qurilishning roli.
2. Avtomobil yo’l qurilish materiallarining tasnifi va asosiy xossalari.
3. Avtomobil yo’l qurilish ishlarini tashkil etish, qurilish ishlarini texnik-iqtisodiy asoslash.
4.Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

Turar joy binolari, maktablar, klublar, kasalxonalar, zavodlar, fabrikalar, to’g’onlar, ko’priklar, elektr stansiyalari va ko’pgina boshqa binolar hamda inshootlar xilma-xil qurilish materiallari va buyumlaridan quriladi. Vatanimizda qurilish industriyasiga ajratilgan mablag’larning taxminan yarmi qurilish materiallari ishlab chiqarishga sarflanishi hisobiga olinsa, davlat iqtisodiyotida qurilish materiallarining salmog’i qanday ekanligini yaqqol tasavvur qilish mumkin.


Qurilish materiallaridan tayyorlangan mahsulot qurilish buyumlari yoki konstruksiyalari deb ataladi, chunonchi g’isht bloklari, temir-beton buyumlar va konstruksiyalar, yog’och fermalar hamda boshqalar shular jumlasidandir. Hukumatimiz tomonidan qurilish materiallari, yig’ma temir-beton konstruksiyalar va qurilish buyumlari zavodlarida tayyorlanadigan boshqa buyumlar ishlab chiqarishni kengaytirish yuzasidan ko’rilgan tadbirlar industrial usullarga asoslangan qurilishni joriy qilish va keng ko’lamda taraqqiy ettirishni ta'minlaydi. Industrial usullar bino va inshootlarning ko’pchiligini yig’ma buyumlardan qurishni ko’zda tutadi. Bu esa qurilishdagi texnika taraqqiyotining eng muhim shartlaridan biridir.
Respublikamiz qurilish materiallari va buyumlari sanoatining tez taraqqiy etishni ta'minlay oladigan juda boy xomashyo bazasiga ega. Lekin shu bilan birga qurilish materiallaridan to’g’ri va maqsadga muvofiq foydalanish, ularni tejamli sarf qilish hamda isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslikka ham katta ahamiyat beriladi. Ana shuning uchun qurilish materiallarini, ularni ishlab chiqarish texnologiyasini va ulardan yasalgan buyumlarni har taraflama o’rganish har bir iqtisodchi uchun g’oyat zarurdir. Shu bilan birga, iqtisodchi: materiallar ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xomashyo, xomashyoni ishlash va buyum tayyorlash jarayonini, qurilish materiallarining xossalari, ularni sinash va qabul qilish, tashish va saqlash usullarini, materiallarning qurilishda kerakli joylarda ishlatilishi va ularni tejash yo’llarini yaxshi bilishi lozim.

Ilmiy texnik-taraqqiyot borasidagi iqtisodiy samaradorlik va ish mahsuldorligini baholash fan va texnika rivojlanishiga, tashkiliy- texnik va xo’jalik tadbirlarini olib borishga o’z xisasini qo’shadi. Bunda tarmoq darajasida asosan quyidagilar muhim sanaladi:



  • loyihalarning yangiligi va istiqbolligi;

  • ishlab chiqarishning texnik darajasi va texnik iqtisodiy

ko’rsatkichlarini oshirishda qo’shilgan amaliy ulushi;

  • ish sifatini tushirmagan holda o’z muddatida bajarish;

  • ilmiy texnik loyihalarni amalga oshirishdan olinadigan iqtisodiy

samaradorlik;

  • yangiliklarning mazkur sohada mavjud o’zimizning va chet el yutuqlaridan

farqi.
Samaradorlikni baholash fan va texnika rivojlanishining rejalarini tasdiqlashda shuningdek qurilish tashkilotlarining aniq tashkiliy texnik tadbirlarini ko’rsatib berishda katta rol o’ynaydi.
qurilishda ilmiy texnik-taraqqiyotning samaradorligini baholashning eng ko’zga ko’ringan sohalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1) yangi texnologik jarayonlarni qo’llash, ishlab chiqarishni
mexanizatsiyalash, konstruktiv va qurilish montaj
qurilmalarisiz ishlab chiqarish resurslarini
tejalishini ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish
usullari.
Ilmiy-texnik tadbirlarning iqtisodiy samaradorligini baholash har qanday darajada ham yagona asosiy maqsad bo’lib hisoblanadi. Ilmiy texnik-taraqqiyot va asosan fan ishlab chiqarish iqtisodiy o’sish omili sifatida jamoaning mehnat unumdorligini oshirgan holda uning iqtisodiy oimli sifatida ham rol o’ynaydi. Shuning uchun ham fan va texnikaning iqtisodiy samaradorligi bir vaqtda ma'lum muddat davomida ilmiy texnik yutuqlari amaliyotga tadbiq etish natijasida jamiyat tomonidan erishiladigan mehnatning umumiy harajatlarini kamaytirishga erishishni aks ettiradi. Eng asosiysi ilmiy texnik-taraqqiyot ishlab chiqarish intensivligini va yaratilayotgan mahsulot sifatini oshirish imkonini yaratib beradi.

Qurilish moddiy ishlab chiqarishning muhim sohalaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotning barcha sohalari, sanoat ishlab chiqarish potensialining o’sish sur'ati, xalqning moddiy-madaniy farovonligining o’sishi bevosita kapital qurilish bilan bog’liq.


Ijtimoiy ishlab chiqarish har bir sohaning xalq xo’jaligini rivojlantirishdagi ahamiyati, avvalo uning mahsuloti va shu mahsulotni ishlab chiqarish ko’lami bilan belgilanadi. Qurilish mahsuloti qurilgan va foydalanish uchun topshirilgan ob'ekt — bino va inshootlar hisoblanadi. Bunday mahsulotga bo’lgan ehtiyoj yildan yilga oshib bormokda. Shu bilan birga, qurilish sifatiga hamda qurilayotgan binolarning arxitekturasiga qo’yiladigan talablar to’xtovsiz orta bormoqda. Jamiyatning ehtiyojlari o’sib borayotganligi va kapital qurilishni rivojlantirish borasida ko’pgina yirik tadbirlar ko’rilayotganligi, har tomonlama industrlashtirilayotganligi tufayli mamlakatimizda qurilish ko’lami to’xtovsiz o’sib bormoqda.



Download 19.86 Kb.
  1   2   3




Download 19.86 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil yo‘l qurilishining korxonalarining moddiy-texnik bazasi Reja

Download 19.86 Kb.