• K U R S I SH I
  • Toshkent -2022
  • I.Bob.
  • II.Bob.
  • Xulosa
  • Sanoat va iqtisodiyot




    Download 54.63 Kb.
    bet1/13
    Sana02.06.2023
    Hajmi54.63 Kb.
    #68824
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Davlatov Diyorbek Kurs ishi innovatsion loyihalarni boshqarish (2)
    Bildirgi, 8478, Ii-qism. Fizikaviy-kimyoviy o’lchashlar 1-bob. Fizikaviy- kimyov-fayllar.org, Elektr-olchash-asboblari

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
    MUHANDISLIK TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI
    SANOAT VA IQTISODIYOT” KAFEDRASI
    5230200 –MENEJMENT ” TA’LIM YO’NALISHI
    INNOVATSION LOYIHALARNI BOSHQARISH” FANIDAN
    K U R S I SH I
    Mavzu: Innovatsiya loyihalari faoliyatini tartibga solishning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati


    BAJARDI: 139-20, Davlatov Diyorbek
    ILMIY RAHBAR: Taraxtiyeva Gulmira


    Toshkent -2022


    REJA
    Kirish………………………………………………………………....3
    I.Bob. Innovatsiya loyihalari faoliyatini tartibga solish
    1.1. Innovatsion loyihalar................................................................5
    1.2. Innovatsiya loyihalari faoliyatini tartibga solish …..........................10
    II.Bob. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish
    2.1. Milliy iqtisodiyot …………………...............................…….…. 21
    2.2.Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda innovatsion faoliyatning ahamiyati .……………...........................................................…..30
    Xulosa…………………………………………………………………..40
    Foydalanilgan adabiyotlar …………………...........………………….41


    KIRISH
    So‘nggi besh yillik islohotlar natijasida respublikada ta’lim sifati va qamrovini oshirish hamda rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tizimining iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashuvchanligini ta’minlash, ilmiy-innovatsion faoliyatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, mamlakatning innovatsion salohiyatini shakllantirish va yanada takomillashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqishga qaratilgan normativ-huquqiy asoslar ishlab chiqildi va tubdan yangilandi.
    Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan O‘zbekiston Respublikasini 2019 — 2021-yillarda innovatsion rivojlantirish strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi, 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi. Shuningdek, “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”, “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlari qabul qilindi.
    Bundan tashqari, 2019 — 2021-yillarda innovatsion rivojlantirish strategiyasi doirasida ilm-fan sohasiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hajmi 3 baravarga oshdi, yosh olimlar soni 6,5 ming nafardan 10,8 ming nafargacha yetdi, innovatsion faoliyatni moliyalashtirish bo‘yicha maxsus institutlar tashkil qilindi.
    Qabul qilingan hujjatlarning amaliyotga joriy qilinishi 2026-yilgacha bo‘lgan davrda respublikamizda innovatsion ekotizimning tegishli elementlari to‘liq shakllanishi va izchil rivojlanishiga xizmat qiladi. 
    Qabul qilingan uzoq muddatli dasturlarning amalga oshirilishi natijasida yuz beradigan tizimli o‘zgarishlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi ilm-fan hamda oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyalarida ko‘zda tutilgan islohotlar oliy ta’lim tizimi qamrovi, sifati va salohiyatini tubdan o‘zgartirishi hamda pirovardida zamonaviy bilimga ega oliy ma’lumotli, ilmiy salohiyatli bitiruvchilar sonining keskin ortishiga olib keladi. 
    Keyingi yillardagi eng ustuvor va o‘ziga xos vazifa bu — tezkorlik bilan zamonaviy texnologiyalarga asoslangan, yuqori ish haqi taklif etadigan yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘lib qoladi. Muammoning amaliy yechimlaridan biri sifatida innovatsiya — yuqori texnologik ish o‘rni tamoyiliga asoslangan mamlakatning o‘ziga xos rivojlanish xususiyatlariga qaratilgan alohida strategik amaliy dasturlar ishlab chiqish zarur.
    Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi 2022 — 2026-yilgacha innovatsion rivojlanish strategiyasining yuqori texnologik va ilm-fanga asoslangan yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini hamda yuqori ish haqiga ega ish o‘rinlarini yaratish orqali uzoq muddatli yo‘nalishlari hamda rivojlanish dasturlari belgilab berilmoqda.1

    Download 54.63 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 54.63 Kb.