Geoaxborot tizimlarining tasnifi hamda boshqa fan va texnologiyalar bilan aloqadorligi




Download 23,09 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2024
Hajmi23,09 Kb.
#149314
1   2   3
Bog'liq
AVTOMOBIL YO‘LLARINING GEOAXBOROT TIZIMLARI

Geoaxborot tizimlarining tasnifi hamda boshqa fan va texnologiyalar bilan aloqadorligi
Hozirgi vaqtda plan va kartalarni yaratish ikki usulda olib boriladi. Bular yerda geodezik ishlarni olib borish bo‘yicha va joyning masofadan turib olingan rasmini deshifrovka qilish (o‘qish). Bunday suratlar Yerning turli sun’iy yo‘ldoshlaridan, ya’ni kosmik kemalar, samolѐtlar va vertolѐtlardan olingan yarim tonalli (rangliga o‘xshash) ѐki oq-qora kosmik va aerofotosuratli tasvirlardan iborat. Ushbu chizmada bir necha yirik tizimlar ajratilgan, masalan: – fotogrammetrik tizim. Oq-qora va rangli fotosuratlarni EHM xotirasiga kiritish, ularni raqamli ko‘rinishga aylantirish va ma’lum darajada ularga ishlov berish, so‘ngra ortofotoplanlarni (joy uchastkasi tasvirining ortogonal proeksiyasida) ѐki shtrixli kadastr planlarini hosil qilish; - ortofotoplan va kartalarni raqamlash tizimi – bu tizim ѐrdamida plan va kartalar raqamli ko‘rinishga (vektorli holatga) o‘tkaziladi; - kartografik ma’lumotlarga ishlov berish, ularni saqlash va tasvirlash tizimi – joy ѐki hududning rastrlangan tasviri orqali ularning raqamli modelini tuzish, vektorli ko‘rinishga aylantirish, mavzuli qatlamlarni tuzish, ma’lumotlar va elektron kartalar maxsus bazasiini yaratish, tayѐr mahsulotni saqlash, rangli yer kadastri va boshqa turdagi mavzuli kartalarni tuzish. Yer resurslarini kompleks kartaga olish ishlarining texnologik jaraѐni 1-rasmda keltirilgan. Oxirgi ikki tizim mazkur qo‘llanmaning keyingi boblarida batafsil ko‘rib chiqiladi, bu yerda esa fotogrammetrik tizim tarkibiga kiruvchi alohida jaraѐnlar to‘g‘risida qisqacha to‘xtalamiz. Bularga: 1. Joyni aero va kosmik suratga olish. 2. Tayanch nuqtalarni planli va balandlikli bog‘lash bo‘yicha olib boriladigan geodezik ishlar. 3. Ma’lumotlarga fotogrammetrik ishlov berish jaraѐnlari kiradi.

Yer resurslari kartasini yaratishning blok-chizmasi


Yer yuzasining aero va kosmik fotosuratlari aerofotoapparatlar ѐrdamida olinadi, so‘ngra negativlardan kontaktli ѐki proeksion usullar bilan qog‘oz ѐki deformatsiyalanmaydigan plѐnkalarda diapozitivli fotonusxalar tayѐrlanadi. Keyingi yillarda suratga olishda raqamli aerofotokameralardan foydalanilmoqda.

Yerning suniy yo‘ldoshi
Ular ѐrdamida hududning ѐki biror joyning raqamli tasvirini olish va keyinchalik uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuterga kiritish mumkinligi nafaqat rasmlarga kimѐviy ishlov berish, hatto skanerlash bosqichida tasvirni raqamli shaklga o‘tkazish jaraѐnlari chetlab o‘tilmoqda. Ular oddiy fotokameralar kabi ishlaydi, lekin ularda
fototasvirni elektr signallarga aylantiruvchi fotosezgir elementlar ishlatiladi.

Yer shari atrofida harakatlanaѐtgan sun’iy yo‘ldoshlar




Download 23,09 Kb.
1   2   3




Download 23,09 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Geoaxborot tizimlarining tasnifi hamda boshqa fan va texnologiyalar bilan aloqadorligi

Download 23,09 Kb.