|
Taqrizchi: Katta o’qituvchi R.Parpiyev
|
bet | 2/16 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #125371 |
Bog'liq Kurs ishiTaqrizchi: Katta o’qituvchi R.Parpiyev
Mavzu: O’lchashlar birligini ta’minlash. O’zbekiston Respublikasi kattalik birliklarini qo’llash qoidalari.
Reja
Kirish
I BOB: METROLOGIYA SOHASINING QONUNIY ASOSLARI.
1.1. “O'zbekiston Respublikasi Metrologiya to’g’risidagi qonun”i haqida.
1.2. Metrologiya bo’yicha asosiy atama va tushunchalar.
1.3. Qonunlashtiruvchi metrologiya.
II BOB: "METROLOGIYA" SOHASIDA BIRLIKLAR TIZIMI.
2.1. Xalqaro birlik tizimi (SI) qo‘lanilishi, qonunchilik va meyoriy asoslari.
2.2. O’zbekiston Respublikasida qo’llaniladigan birliklar.
2.3. O’zbekiston Respublikasi Etalonlar bazasi.
III BOB: O’LCHASHLAR BIRLIGINI TA’MINLASH.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KATTALIK BIRLIKLARINI QO’LLASH QOIDALARI.
3.1. O‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida.
3.2. O’lchаshlаr birliligini tа’minlаsh dаvlаt tizimi.
3.3. O’zbekiston Respublikasi kattalik birliklarini qo’llash qoidalari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
ILOVALAR
Kirish
Ko'pchiligimiz tongda uyg'onib, kun davomida qiladigan ishlarimizni ma'lum bir soat va daqiqalarda bajarishga rejalashtirishga odatlanganmiz. Uydan ishga borishda ham zaruratga qarab masofa, uzunlik, kenglik kabi o'lchovlarini chamalaymiz. Qachon, qaysi manzilda bo'lishimiz lozimligini hayolan hisob-kitob qilib, shu asosida harakatlanamiz.
Aslida, atrofimizdagi barcha narsaning o'z o'lchovi bor. Insonlarning o'lchovlar borasidagi aniqlikni ta'minlashga talabi ortgani sari soha mutaxassislari oldidagi vazifa va mas'uliyat ham kengayib bormoqda. Xususan, so'nggi to'rt yilda milliy metrologiya sohasida o'lchashlar yagonaligini ta'minlash, ularning xalqaro darajada e'tirof etilishiga erishish bo'yicha bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilyapti. Sohada ilmiy tadqiqotlar ko'lami kengayib, qo'llanilayotgan texnologiyalar zamon talabiga mos tarzda rivojlanib bormoqda.
Prezidentimizning 2017-yil 28-apreldagi “O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora- tadbirlari to'g'risida”gi qarori bilan O'zbekiston milliy metrologiya institutining tashkil etilishi metrologik tekshiruvlar, sohada ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, eng yuqori aniqlikdagi o'lchov vositalarini saqlab turish, ularni xalqaro darajada solishtirish singari bir qator muhim vazifalarni jadallik bilan amalga oshirishda ayni muddao bo'ldi. Sohaning qonuniy-huquqiy bazasi esa yangi tahrirdagi “Metrologiya to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni bilan mustahkamlandi.
Umuman olganda metrologiya “o'lchash” ma'nosini anglatib, o'lchovlar, ularning bir xilligini ta'minlash usullari va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yo'llari haqidagi fan sifatida tan olingan. U biror ob'ektning fizik xususiyatlari bo'lgan uzunlik, massa, zichlik, harorat, kuch va boshqalarga nisbatan qo'llaniladi.
Yurtimizda mamlakatimiz rahbarining metrologiya tizimiga bo'lgan e'tibori natijasida 2018–2022-yillar davomida davlat byudjetidan 21 dona etalon xarid qilish uchun 5,8 million dollar ajratilib, milliy etalonlar bazasini 33 taga yetkazish rejalashtirildi.
Tarmoq vakillarigagina tanish bo'lgan etalon tushunchasi kattalik birligining o'lchamini boshqa o'lchash vositalariga o'tkazish maqsadida uni qayta hosil qilish va saqlash uchun mo'ljallangan o'lchash vositasini anglatadi. Milliy etalon esa vakolat berilgan milliy organning qarori bilan O'zbekiston Respublikasi hududida o'lchash birligining o'lchami sifatida shu nuqtai nazardan, O'zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan imzolangan Milliy o'lchash etalonlari hamda milliy metrologiya institutlari tomonidan beriladigan kalibrlash va o'lchash sertifikatlarining o'zaro e'tirof etilishi to'g'risidagi kelishuv doirasidagi jarayonlarda to'laqonli ishtirok etish asosiy vazifalardan biri sanaladi. Institut shuningdek, Xalqaro tarozi va o'lchovlar byurosi (BIPM)ning teng huquqli a'zosi hisoblanadi. Bu kelishuv xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish, metrologik laboratoriyalar imkoniyatini dunyo miqyosda kengaytirish orqali O'zbekistonda amalga oshirilayotgan o'lchashlarning xorijda e'tirof etilishiga yo'l ochadi. Buning uchun qo'shni davlatlarda o'lchashlarga bo'lgan ehtiyojni tahlil qilgan holda, metrologik xizmatlar eksportini yo'lga qo'yish, shuningdek, kalibrlash laboratoriyalarining xalqaro akkreditatsiya sohasini qo'shimcha 4 ta (uzunlik, fizik-kimyo, elektr va kuch) o'lchash turlariga kengaytirish lozim bo'ladi.
|
| |