|
Marketingning asosiy tamoyillari
|
bet | 5/9 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 115,61 Kb. | | #118326 |
Bog'liq 3-мавзу3.3. Marketingning asosiy tamoyillari
Korxona faoliyatini boshqarish tizimi sifatida, marketingni asosiy qoidalari bo‘lib, uning marketing faoliyatini samarali amalga oshirishning asosida muayyan tamoyillar yotadi.
Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
mavjud va potensial iste’molchilar ehtiyojini aniq bilgan holda tovar yoki xizmatga bo‘lgan talabini qondirishga yo‘naltirish;
barcha zvenolar faoliyatini xo‘jalik mexanizmini yagona tizimiga birlashtirib, ularni oxirgi amaliy natijalari erishishga yo‘naltirishni ta’minlash;
korxonaning ishlab chiqarish hamda tijorat faoliyatini uzoq muddatli natijadorligini ta’minlash;
iste’molchilarni o‘zgarib turuvchi talablariga faol moslashish maqsadida, korxona xulq-atvori strategiyasi hamda taktikasini birlashtirib, bir vaqtning o‘zida, ularning ehtiyojlarini shakllantirish va rag‘batlantirishga ta’sir o‘tkazish.
Ijtimoiy ahamiyati nuqtai nazaridan to‘rtta marketingni muqobil maqsadlarga ajratiladi.
1. Iste’mol darajasini oshirish;
2. Iste’molchilarni qondirilishini maksimallashtirish;
3. Iste’mol tanlovini maksimallashtirish;
4. Turmush tarzini (sifatini) oshirish.
Iste’mol darajasini oshirish ishlab chiqaruvchilar foydasini o‘sishga olib keladi, ishlab chiqarishni va xizmatlar sohasini rivojlantirishga, shuningdek ishsizlikni kamayishiga olib keladi.
Iste’molchilarni qondirilganligini maksimallashtirish iste’mol kutayotgan tovar (xizmat) xossalariga to‘liq mos kelishiga erishishni ko‘zlaydi.
Iste’mol tanlovini maksimallashtirish iste’molchilarga shunday Tovar (xizmat)larni turli xillarini ko‘rsatib, ularning xodimlariga to‘liq mos keluvchi bozorda tovarlarni qidirib topish mumkin bo‘lgan tovarlarni mujassamlashtiradi.
Turmush sifatini oshirishda marketing tovarlarni sotish, sifatini ta’minlash va tovar (xizmat) narx bo‘yicha maqbul bo‘lish emas, balki jismoniy va moddiy jihatdan sifatni anglatadi.
|
| |