|
Marketingning asosiy tamoyillari
|
bet | 6/9 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 115,61 Kb. | | #118326 |
Bog'liq 3-мавзуMarketingning asosiy tamoyillari:
1. Iste’molchiga yo‘naltirilganlik.
2. Kelgusiga yo‘naltirilganlik. Ishlab chiqaruvchi marketing faoliyatini qisqa muddatli natijalariga emas, balki uzoq muddatli natijalariga mo‘ljalni olgan bo‘lishi kerak.
3. Oxirgi amaliy natijalarga erishishga yo‘naltirilganlik.
Marketing faoliyati natijasi bozor ulushi, sotish hajmi, foydaning o‘sishi bilan belgilanadi.
Marketing tamoyillari marketing asosini va uning mohiyatini ochib beruvchi holat, talabdir. Marketingni mohiyati – tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish albatta iste’molchiga, talab ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga mo‘ljallashdan iborat. Marketing mohiyatidan quyidagi asosiy tamoyillar kelib chiqadi:
iste’molchilarga nima kerak bo‘lsa o‘shani ishlab chiqarish kerak;
bozorga tovarlar va xizmatlar taklifi bilan emas, balki iste’molchilarn muammolarini echish vositalari bilan ishlash;
tovar ishlab chiqarishni ehtiyoj va talabni tadqiq qilgandan so‘ng tashkil etish kerak;
firmani ishlab chiqarish-eksport faoliyatining oxirgi natijalariga konsentrlashganini kuchaytirish;
marketing konsepsiyasi vositalarini qo‘llash asosida marketing dasturini shakllantirishga olib keluvchi qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun kompleks yondashish va maqsadli dastur uslubini ishlatish;
tovarni iste’molchiga siljitishni barcha bo‘g‘inlarini marketing bilan qamrab olish maqsadida bir vaqtni o‘zida maqsadli yo‘naltirilgan ta’sir asosida bozor talabiga mos keluvchi tovar ishlab chiqarish strategiya va taktikasini qo‘llash;
korxona faoliyatini va marketing xizmatini bozorda tovar xulq-atvorini prognoz qilishi va strategik rejalashtirishni amalga oshirish asosida samarali kommunikatsiyani uzoq muddatli istiqboliga mo‘ljal olish;
tovarni yashash davrini barcha bosqichlarini ishlab chiqarish va Tovar taqsimlashni ijtimoiy va iqtisodiy omillarini hisobga olish;
tashkilot va tarmoqlar rejasiga nisbatan bozorni birlamchi ekanligini eslash;
talab va taklifni balanslashtirish maqsadida rejalarni tarmoqlararo korrdinatsiyalash va o‘zaro ta’sirini ushlab turish;
tovar bozori yoki firma imiji (obro‘yi) va raqobatli ustunlikni qidirish va shakllantirish jarayonida aniq holatda agressivlikka, hujumkorlikka, faollikka intilish, umumiy holda marketingning asosiy tamoyillari – bu bozorni bilish, unga moslashish va bozorga ta’sir o‘tkazishdan iborat.
Xulosa qilib aytganda, marketingning mohiyati va maqsadlaridan quyidagicha asosiy tamoyillari kelib chiqadi:
iste’molchilarga yo‘naltirilgan tamoyil, ya’ni iste’molchi shohdir;
istiqbolga yo‘naltirilgan tamoyil, ya’ni subyekt faoliyati istiqbolga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur;
pirovard ko‘rsatkichga erishishga yo‘naltirilgan tamoyil, ya’ni bozor ulushini, foydani oshishi va hokazolar.
|
| |