|
Risklarni tahlil qilishning qanday bosqichlari bor?
|
bet | 2/37 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #142626 |
Bog'liq AX-xbk4.Risklarni tahlil qilishning qanday bosqichlari bor?
Riskni tahlil qilish bosqichlari
1 Aktivlarning qiymatini aniqlash.
2 Tahdiddan mumkin bo’lgan yo’qotishlarni taxmin qilish.
3 Tahdidni tahlil qilish.
4 Har bir tahdid uchun yillik zararni aniqlash.
5 Riskni kamaytirish, o’tkazish, oldini olish yoki qabul qilish.
5."Galstuk-babochka" tahlili tushunchasiga ta'rif bering.
So’ngi paytlarda axborot texnologiyalari sohasida axborot xavfsizligi bilan
bog’liq judayam ko’plab xavf-xatarlar mavjud va ularning soni kun sayin oshib
bormoqda. Bu xavf-xatarlarni oldindan aniqlab, ularga mos choralar ko’rish uchun
turli tahlil usullari ishlab chiqilgan. Bu usullar axborot xavfsizligi xavf-xatarlarini
minimal darajada kamaytirish imkonini beradi. Eng ko’p qo’llaniladigan tahlil
usullaridan biri bu “Galstuk-babochka” hisoblanadi. Usul Sababdan oqibatgacha
xavfli hodisani rivojlanish yо‘llarini tahlili va sxematik tavsiflashni amalga
Oshiradi. Ushbu usul o'rganilayotgan salbiy hodisaning sababdan oqibatga qadar
rivojlanishini grafik tavsiflash va tahlil qilish imkonini beradi. Ushbu usulning asosiy
yo'nalishi tekshirilayotgan hodisaga qarshi choralar va uni keltirib chiqaradigan
sabablarga qaratilgan.
6."Galstuk-babochka" tahlilida ko'rsatilgin omillarini tushuntiring.
"Galstuk-babochka" tahlilini o'tkazish orqali biz xavfli hodisalar va ularning
oqibatlarning oldini olish, yumshatish yoki kutilayotgan hodisalarni kuchaytirish,
tezlashtirishga yo'naltirilgan xavfli voqealar va to'siqlarning asosiy yo'llarini aniq
ko'rsatadigan oddiy diagramma hosil qilish orqali bo’lishi mumkin bo’lgan xavf-
xatarlardan yetkaziladigan zarar miqdorini kamaytirish imkoniyatiga ega bo’lamiz.
7.Rad etish daraxtining tahlili tushunchaiiga ta'rif bering.
|
| |