Axborot jamiyatida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish




Download 303.39 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.01.2023
Hajmi303.39 Kb.
#39692
Bog'liq
texnologiyalaridan samarali foydalanish
Fotokolorimetriya val, JAYXUN, jjVq1WHDzv3fdjvzFsl7ZJ1qvwmBqsmyQOLIgZgM, 1, English language, 1, Mehnat.7 - sinflar uchun @sadikov uz


Axborot jamiyatida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish 
Reja 
1. 
Axborot jamiyatida axborot resurslari
2. 
Axborot jamiyatida axborot xizmatlari
3. Axborot madaniyati 
Axborot jamiyatida - faoliyat ko`rsatuvchilarning ko`pchiligi axborotni, 
Ayniqsa uning oliy shakli bo`lmish bilimlarni ishlab chiqish, saqlash, qayta 
ishlash va istе'molchilarga еtkazib bеrish bilan band bo‘lgan jamiyatdir.
Axborotlashgan jamiyatda kompyutеrlashtirish jarayoni 
odamlarga 
ishonchli axborot madaniyatinidan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy 
sohalarda axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirishning yuqori darajasini 
ta'minlashga imkon bеradi. Jamiyatni rivojlantirishda harakatlantiruvchi kuch
moddiy mahsulot emas, balki axborot ishlab chiqarish bo`lmog`i lozim.
Axborotlashga jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi 
ham o`zgaradi. Bu jamiyatning sanoat jamiyatidan farqi shundaki, axborotlashgan 
jamiyatda intеllеkt bilimlar ishlab chiqiladi va istе'mol etiladi. Shuning uchun bu 


jamiyatda aqliy mеhnat darajasi oshadi. Insondan ijodiy qobiliyat talab etiladi, 
bilimlarga ehtiyoj oshadi. Axborotlashgan jamiyatning moddiy va tеxnologik 
nеgizlari asta-sеkin namoyon bo`lmoqda. Istalgan turar joy turli elеktron 
uskunalar 
va 
kompyutеrlashgan 
moslamalar 
bilan 
jihozlanmoqda. 
Axborotlashgan jamiyatda insonlar faoliyati asosan axborotni qayta ishlashga
qaratilgadi, moddiy ishlab chiqarish va enеrgiya ishlab chiqarish esa 
mashinalarga yuklanadi.
Jamiyatning axborot resurslari boshqa material resurslari kabi strategik 
ahamiyatga egadir. Ammo axborot resurslari va boshqa turdagi resurslar o’rtasida 
juda muhim farq mavjud: axborot resursidan boshqa har qanday resurs 
foydalanilgandan keyin yo’qoladi (yoqilg’ini yoqish, sarflangan mablag’ va b.), 
axborot resursi esa kamaymaydi, aksincha ortib boradi. Undan ko’p marta 
foydalanish, cheksiz marta nusxa ko’chirish mumkin.
Ulkan massali axborot resurslarining mavjudligi va ularni elektron 
ko’rinishda ifodalash imkoniyati zamonaviy axborot resurslari, tovarlari va 
xizmatlari bozorini vujudga keltirdi. Hozirgi kunda ko’pgina mamlakatlarda 
milliy axborot resurslari bozori shakllangan. Bu bozorlar ko’p jihatdan material 
resurslar bozoriga o’xshash bo’lib, ma’lum tovarlar qiymatiga ega. Bu tovarlar 
sifatida axborot mahsulotlari va xizmatlari taqdim etiladi.
Bu tovarlarga quyidagilar misol bo’ladi: 
 
Oddiy tovarlar va ularning narxlari to’g’risidagi ma’lumotlar; 
 
Ilmiy-texnikaviy 
xarakterdagi 
ma’lumotlar 
(patentlar, 
avtorlik 
guvoxnomalari,ilmiy maqolalar va hokazo) 
 
Axborot texnologiyalari, kompyuter dasturlari; 
 
Axborot tizimlari, berilganlar bazalari 
 
Turli xil ma’lumotlar. 
Har qanday bozor kabi axborot bozorida ham xaridorlar va sotuvchilar 
mavjud bo’ladi. Axborot egalari yoki axborot ishlab chiqaruvchilarga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
 
Berilganlar bazalarini yaratuvchi va saqlovchi markazlar; 


 
Aloqa va telekommuniktsiya vositalari; 
 
Maishiy xizmatlar; 
 
Axborotlar bilan savdo qiluvchi tijorat firmalari 
 
Konsultativ firmalar; 
 
Birjalar; 
 
Jismoniy shaxslar. 
Axborot iste’molchilari – jismoniy shaxslar, tashkilotlar, (hukumat organlari 
va hokazo). 
Axborot xizmatlari – axborot bozoridagi alohida Tovar turi bo’lib 
hisoblanadi. Masalan, kutubxona xizmatchilari tomonidan mijozlar buyurtmasi 
bo’yicha konkret mavzudagi adabiyot yoki boshqa turdagi materialni 
to’plash kabi xizmatlar. Axborot xizmatlarini faqat kutubxonalargina 
ko’rsatmaydilar. Ko’pgina davlatlarda turli bilin sohalari bo’yicha ilmiy-
texnikaviy axborotlarni qayta ishlovchi institutlar mavjud bo’lib, to’plangan 
ma’lumotlar bo’yicha ko’rinishlar, referatlar, ma’lumotnomalar tayyorlaydilar. 
Biznes sohasidagi axborot xizmatlariga ma’lum mavzu bo’yicha axborotlarni 
taqdim etish, konkret masala bo’yicha maslahat berish va boshqalar 
kiradi.Kommunukatsiya sohasida aloqa operatorlari, Internet provayderlar xizmat 
ko’rsatadi. 
Hozirgi kunda barcha axborotlarni nisbiy holda quyidagi turlarga ajratish 
mumkin: 
1. Tеxnik axborot 
2. Agrobiologik axborot 
3. Siyosiy axborot 
4. Huquqiy axborot 
5. Iqtisodiy axborot va boshqalar 
Axborotning turlari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bir-birini to‘ldirib boradi. Bu 
axborotlar ichida iqtisodiy axborot asosiy hisoblanib, ular xajmining 80% ni 
tashkil qiladi. 


Milliy axborot resurslari axborot resurslari sohasidagi eng yirik kategoriya 
bo’lib hisoblanadi. Ushbu tushuncha XX asr 80-yillarida vujudga kelgan bo’lib, 
rivojlangan mamlakatlardagi axborot massasi, axborotni uzatish va qayta ishlash 
vositalarining rivojlanish darajasi ushbu ko’rsatkich bilan o’lchanadigan bo’ldi. 
Milliy axborot resurslari klassifikatsiyasini quyidagi shaklda amalga oshirish 
mumkin: 
 
Rivojlangan 
davlatlarda 
axborot 
resurslarining 
ulkan 
massasi 
kutubxonalarda jamlangan. 
 
Arxivlar mamalakat tarixi va madaniyati bilan bog’liq bo’lgan ko’p asrlik 
axborotlarni saqlaydi. Bu turdagi axborotlarning to’planish tezligi 
ko’pincha ularni qayta ishlash tezligidan katta bo’ladi. 
 
Ilmiy-texnikaviy axborot ko’p sonli maxsus nashrlar, patent xizmatlari va 
hokozolarni saqlaydi. 
 
Xuquqiy axborot qonun xujjatlari, kodekslar, normativ aktlar va 
hokazolarni o’zida saqlaydi. 
Axborot madaniyati – axborot bilan maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat olib 
borish va axborotni to‘plash, qayta ishlash hamda uzatish uchun kompyutеr
hamda zamonaviy tеxnik vositalardan, usullaridan foydalana olish mahoratidir.


Axborot madaniyati umumiy madaniyatning bir qismi sifatida insonni 
axborotlar oqimiga to`g`ri yo`l topishi uchun xizmat qiladi. Axborot madaniyati 
insonning ijtimoiy tabiati bilan bog`liq bo`ladi. U insonning ijodiy qobiliyati 
mahsuli bo`lib, quyidagilarda o`z aksini topadi: 
- tеxnik qurilmalar (tеlеfon, ShK lar va kompyutеr tarmoqlari) ni ishlatish 
ko`nikmasida; 
- o`z faoliyatida kompyutеr axborot tеxnologiyalarini ishlatish qobiliyatida; 
- turli manbalar (davriy nashrlar va elеktron kommunikatsiyalar) dan 
axborotlarni olish, uni kеrakli shaklda ko`rsatish, hamda samarali ishlatish 
mahoratida va hokazo.
Axborot madaniyati informatika, kibеrnеtika, axborot nazariyasi, 
matеmatika, ma'lumotlar bazasini loyihalash nazariyasi va boshqa fanlarning 
bilimlariga tayangan holda paydo bo`ldi. Axborot madaniyatining tarkibiy qismi 
bu yangi axborot tеxnologiyalarini bilishdan va ularni qo`llashdan iborat bo`ladi. 



Download 303.39 Kb.




Download 303.39 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot jamiyatida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish

Download 303.39 Kb.
Pdf ko'rish