1.Kirish
2.Ekstraksion fosfat kislata olish.
3.Ekstraksya fosfor kislota olinishning fizik-kimyoviy asoslari.
4.Ekstraksya fosfor kislota olishning digidrat usuli.
5.Ekstraksion fosfat kislota olishning yarim digidratli usuli.
6.Fosfat kislotani konsentrlash.
7.Atrof- muhit muhofazasi.
8.Xulosa.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimlarini joriy etish, mahsulotlarning xalqaro standartlarga mosligini taʼminlash masalasi barcha korxonalarda ham hal etilgan, deb bo‘lmaydi. Bu kamchilik, ayniqsa, biz uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yengil sanoat, farmatsevtika va qurilish materiallari sanoati kabi isteʼmol tovarlari ishlab chiqariladigan tarmoqlarga tegishlidir.
Mamlakatimizda yaratilgan ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish borasida ham ishga solinmagan ulkan imkoniyatlar mavjud. Biz ishlab chiqarishni yangilash va modernizatsiya qilish uchun katta mablag‘ sarflaymiz, ko‘p miqdordagi xorijiy investitsiyalarni jalb etamiz.
Mamlakatimiz korxonalarida qishloq xo‘jaligi xomashyosini qayta ishlash darajasini tanqidiy tahlil qilish va uni rivojlantirish bo‘yicha mavjud resurs va imkoniyatlarni aniqlash hamda sanoatning qayta ishlash tarmoqlarini jadal rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan isteʼmol tovarlari turlarini ko‘paytirish va sifatini yaxshilash, buning uchun qo‘shimcha imtiyozlarni ko‘zda tutadigan maxsus qaror qabul qilish kerak.
Bu borada, birinchi navbatda, mahalliy xomashyo va materiallar asosida sanoat kooperatsiyasi va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish tizimini yana-da rivojlantirishga oid ishlarni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratish darkor.
Ekstraksion fosfat kislata olish.
Fosforitlardan ekstraktsion fosfat kislota (EFK) olish uchun 93% li sulfat kislota
ishlatish afzaldir. Bunda texnologik jarayondagi suv balansi yaxshilanadi – gipsning
yuvilishini ko’p miqdordagi suv bilan amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. Natijada
chiqindiga chiqariluvchi fosfogips bilan yo’qotiladigan fosfat kislota va zararsizlantirish lozim
bo’lgan oqava suvlar miqdori kamayadi.
Kislota konsentratsiyasining oshirilishi olinadigan fosfat kislotadagi P2O5 miqdorini
o’zgartirmaydi, gips kristallanishining maqbul sharoiti orqali oldindan belgilanadi. Yanada
yuqoriroq konsentratsiyali sulfat kislota ishlatilganda issiqlik ajralishi (suyultirish issiqligini
ortishi hisobiga) keskin ortadi, uni esa sistemadan ajratib olish talab etiladi.
Digidratli usulda fosfat kislota olishda fosfat xom ashyosi tarkibidagi barcha ftorning
(asosan SiF4 tarzida) 3-5% igina gazli faza bilan ajraladi, taxminan 80%i EFKga, 15-17%i esa
fosfogipsga o’tadi. Sovutish usuli va ventilyatorning uzatishga bog’liq holda ekstraktordan
ajratib olinadigan gaz tarkibidagi ftoridlar konsentratsiyasi, ftor hisobida 0,2-2,5 g/m3 ni
tashkil etadi. Ekstraksiya sexida o’rnatilgan absorbtsiya sistemalari, asosan, chiqindi
gazlarini tozalash uchun mo’ljallangan, bunda hosil bo’ladigan H2SiF6 ning kuchsiz eritmalari
neytrallash stansiyalariga yuboriladi yoki fosfogipsni yuvish uchun ishlatiladi.
Tabiiy fosfatlardan ekstraksion fosfat kislota ishlab chiqarish ko’rsatkichlari analitik
ma’lumotlar bo’yicha aniqlanadi: P2O5 ning texnologik unumi (Kunum,%), ya’ni P2O5 ning xom
ashyodan fosfat kislotaga o’tish darajasi apatitni qayta ishlashda – 95-96% ni va turli
fosforitlar uchun – 71-94% ni tashkil qiladi. U P2O5 ning eritmaga ajralish koeffitsenti (Kajr.,
%) dan 2-3% ga kichikdir. Buni fosfogipsni fosfat kislotadan yuvilishining to’la bo’lmasligi
bilan izohlanadi: yuvilish koeffitsienti (Kyuvish, %) odatda 97-99% ni tashkil etadi. Vaholanki:
Kunum = Kajr.۰Kyuvish/100 ga teng. Ekstraktsiyalashning digidratli usulida kislotaga
P2O5 ning mahsulotli (xo’jalik) unumi 93-95% ni tashkil etadi, shunga mos ravishda 1 t
P2O5 li mahsulotga 2,73-2,65 t apatit (1075-1045 kg P2O5) va 2,48-2,45 t (CaO ni bog’lash
uchun stexiometrik me’yordagi, ya’ni 1 t apatitga 0,915 t) 100% li sulfat kislota sarflanadi.
Fosforitlarni qayta ishlashdagi sarf koeffitsentlari apatitlarni qayta ishlashdagiga nisbatan:
fosfat bo’yicha 1,5-2,3 marta; fosfat tarkibidagi P2O5 bo’yicha 1,02-1,27 marta; sulfat kislota
bo’yicha 1,2-1,7 marta kattaroqdir. Xom ashyo harajatlari EFK ishlab chiqarish umumiy
harajatlarining 70-80% ni tashkil etadi.
|