11.12-rasm . Fibonachi ketma-ketligidagi sonlarni chiqarish algoritmi.
296
Nazorat savollari
1. Algoritm nima?
2. Dastuming dizayin vositalariga nimalar kiradi?
3. Sodda dasturlami algoritmlari qanday ishlab chiqiladi?
4. Algoritm: massiv elementlarini yig‘ndisi qanday aniqlanadi?
5. Algoritm: massiv elementlar ichidan eng kattasini qanday
topiladi?
6. Chiziqli algoritm qanday ifodalanadi?
7. Tarmoqlanuvchi algoritm qanday ifodalanadi?
297
12-mavzu. DASTURLASH TILLARIYORDAMIDA
DASTURLARNIISHLAB CHIQISH
12.1. C++ dasturlash tili tahlili.
12.2. Tahrirlagichdan foydalanish (boshlang‘ch fayl
yaratishda).
12.3. Tahrirlagichning asosiy buyruqlari.
12.4. Kompilyatsiya qilish va birlashtirish.
12.5. Dastuming amalga oshirilishi (Dastumi ishga
tushirish).
Tayanch iboralar: C++ dasturlash tili, tahrirlagich,
buyruq, kompilyatsiya qilish, dastur, dastur menyulari, oynalari.
12.1.
C++
dasturlash tili tahlili
Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash (OYD) dastumi tashkil
qilishning bir usulidir. C++ obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tilidir.
Bu til AQSh da, AT&T Bell Laboratories kompaniyasida (Nyu-
Jersi), 1983-yilda Byame Shtrushtrupom tomonidan ishlab chiqildi.
U С tilining kamchligi deb modellashtirish imkoniyatini hisobladi va
tilni kengaytirish uchun o‘zining sevimli tili - Simula 67 ning
funksiyalari bilan to‘ldirdishga qaror qildi. Simula 67 eng oldingi
obyektga yo‘naltirilgan tillardan biri edi. Byame Shtmshtmp buni
dastlabki «С sinflar bilan» deb atadi. Qat’iy aytganda, C++ tili bu -
С tilining takomillashgan shaklidir. С tilining deyarli har bir to‘g ‘ri
operatori C++ tilining ham to‘g ‘ri operatoridir, ammo teskarisi
to‘g‘ri emasdir. C++ nomi Rick Mashutti tomonidan berilgan. Uning
1.0
versiyasi 1985-yilda, 2 versiyasi 1989-yilda va 3 versiyasi 1992-
yilda tijorat nuqtai nazaridan foydalanuvchlarda uchraydigan
muammolami hal eta oladigan rivojlangan C++ titli sifatida va
AT&T kompaniyasida muhokamadan o‘tgandan keyin ishlatish
mumkin bo‘ldi44.
44 J.B.D ixsit. “Fundam entals o f com puter program m ing and IT ” 2011. 189 p.
298
Aslida, C++ tilining yetuk bo‘lishi quyida keltirilgan ikkita
voqea bilan aloqadordir:
(I) ANSI (America milliy standartlar instituti) va C++ bo'yicha
qo‘mitani shakllanishi va
(II)Ellis va Stroustrup tomonidan izohli C++ ma’lumornomasini
nashri.
ANSI/ISO kompaniyasi C++ me’yorlarini eng oxirgi hujjatlarim
2003-yilda chiqardi.
C++ quyidagi xususiyatlarga ega:
I) muammolami hal qilib, murakkablikni pasaytiradi.
(II) natijalaming to‘g‘riligini ta’minlaydi.
(III) mumkin bo'lgan apparat va boshqa resurslar jihati nuqtai
nazaridan uni ishlatish mumkin.
(IV) mavjud bo'lgan matematik ta’minot va kutubxona
vositalari bilan integrallashuvi uchun uni ishlatish arzon va engildir.
V) ko'chrib o'tkazuvchanlik, ya’ni, dasturlarda katta bo'lmagan
yoki hech qanday o'zgarishlarsiz turli kompyuterlarda foydalanish
mumkin.
Obyektga yo'naltirilgan dastur - bu diskret obyektlami bir
to'plamidir, ular o‘z navbatida boshqa obyektlar bilan o'zaro aloqa
qiladigan ma’lumotlar tuzilmasining ikkala yig'indisining avtonom
to'plamidir.
C++ sinflami, meroslilikni, amallami va operatorlami yen-
gillashtiradi. Ular yordamida, mavjud ma’lumotlar turlaridan
hossalami va polimorfizmni ishlatib xossalami nasliy o'tkazish,
mavhum ma’lumotlar turlarini yaratish mumkin. Shunday qilib, biz
C++
tili
obyektga
yo'naltirilgan
vositalarini
qo'shimcha
to'plamlarini ta’minlaydigan yanada rivojlangan til deb ayta olamiz.
Biroq, C++ da yana ko'pgina boshqa yangi funksiyalari ham bor,
ular qatoriga kiritish-chiqarishning va sharhlami yozishni yangi
usuliga engilgina yondashuvni kiritish mumkin. 12.1-rasmdu C va
C++ orasidagi munosabatlar ko'rsatilgan.
Aslida, С va C++ o'rtasida ko'proq amaliy farqlar ko'p. С I I da
yozilgan dasturga aynan o'xshash dastumi yozish mumkin, Ickin
249
liirqlarini ko‘rish juda qiyindir. Dasturchilar C++ tilida C++ ning
yangi funksiyalarini ishlatibgina qolinaydi; ular yana С tilining
an’anaviy funksiyalarini ko‘p hollarda С tilini ishlab chiquvchilarga
qaraganda ko‘proq ta’kidlaydilar; С dasturchilari ham turli
nisbatlarda С an’anaviy xususiyatlami ta’kidlashdi. 12.1-jadvalda С
va C++ o‘rtasidagi farqlar berilgan.
|