raqamlari bo‘yicha qayd daftari ordenlariga joylashtirishdan iborat
bo‘ladi. Kompyuterli ishlab chiqish har bir uchastka yechimini
tugashi bo'yicha provodkani shakllantirib, bu jarayonlami to iiq
avtomatlashtirishga imkon beradi.
Ishlab chiqishning
uchinchi pallasi
y ig ‘ma sintetik hisobni:
asosiy kitobning schyotlari bo‘yicha hisobot saldo qaydnomalari va
moliyaviy hisobotning shakllarini tuzishdan iborat. bo‘ladi, bu
«Provodka-Asosiy kitob-Balans» mashina dasturining asosiy moduli
tomonidan ta’minlanadi.
Buxgaiteriya hisobi vazifasini yechishning dasturiy ta’min-
lanishi ishlab chiqarishning ko‘rib chiqilgan pallalarining hisob
vazifalarini integratsiyalash hamda tashqi aloqalaming mavjudligini
hisobga olish bilan ko‘riladi.
17.2-rasmda kichik va o‘rta korxonalarda buxgaiteriya hisobini
avtomaiias.htirishning
dasturiy
majmuasini
tarkibiy
tuzilishi
keltirilgan.
Buxgaiteriya hisobi majmualari o‘rtasida hisobxona hisoblash
tarmog'ini tashkil qilish asosiga oiingan axborotli aloqalar mavjud.
Hisobning asosiy vositalari hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi,
moliyaviy hisoblash operatsiya-larining hisobi, moddiy bo‘lim
boyliklari hisobi, mehnat va ish haqi hisobi kabi uchastkalari uchun
dastlabki axborotlami shakllantirish, qoidaga ko‘ra, boshlang‘ich
hisobiga va boshlang'ich hujjatlarda xo‘jalik operatsiyalarini aqs
ettirish hisobiga sodir bo‘ladi. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va
kiruvchi axborotlaming y ig ‘ma hisobi bo'yicha vazifalar uchun
hisob vazifalarinmg boshqa majmualarini yechishning natijalari asos
bo‘lib xizmat qiladilar. Ishlab chiqarish xarajatlarining hisobi
bo‘yicha axborot bazasini shakllantirish alohida e’tiborga loyiq, bu
o‘rinda oldinroq asosiy vositalar, materiallar, mehnat, ish haqi va
tayyor mahsulotlar hisobi bo‘yicha vazifalami yechishdan oiingan
yakuniy m a’lumotlar asosiy manba bo'ladi.