Axborot kommunikatsiya tizimlarida axborot xavfsizligi reja: Axborot xavfsizlik haqida ma’lumot




Download 83.87 Kb.
bet1/6
Sana04.12.2022
Hajmi83.87 Kb.
#33063
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Axborot kommunikatsiya tizimlarida axborot xavfsizligi reja Axb
Mustaqil ishlar MB, ghgg

AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TIZIMLARIDA AXBOROT XAVFSIZLIGI

Reja:

1.Axborot xavfsizlik haqida ma’lumot

2.Axborot xavfsizligiga tahdid va uning turlari

3.Himoyalangan axborotga tahdidlar tushunchasi va uning tuzilishi.

4.Xulosa

Tarmoq hujumlari turlari va ularni bartaraf etish haqida ma’lumot va yordam beruvchi hamda o‘rgatuvchi bir qator jamoat tashkilotlari mavjud. Quyida ularning bir qismi veb‑saytlari bilan berilgan:

1. American Society for Industrial Security (ASIS) – Amerika sanoat xavfsizligi tashkiloti: Zarur xavfsizlikka o‘qitishni taklif etadi va “Himoya bo‘yicha sertifikatlangan mutaxassis” (Certified Protection Professional) sertifikatsiyasini o‘tkazadi. Uning a’zolari va joylardagi bo‘limlari haqidagi ma’lumot joylangan sayt – www.securitymanagement.com/library/000077.html. 2. Computer Emergency Response Team Coordination Center (CERT/CC) – Kompyuterlardagi favqulodda holatlarga tezkor javob berish guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirish markazi: Kompyuter va tarmoq hujumlarni o‘rganish, tizimlarni himoya qilish usullarini topish va hujumlar haqida asosiy ma’lumotlarni tarqatish maqsadida AQSH Mudofaa boshqarmasining Ilg‘or ilmiy-tadqiqot mudofaa loyihalari agentligi tomonidan asos solingan va hozirda Karnegi-Mellon Universitetining Dasturiy injiniring institutida joylashgan. Markaz veb-saytiga www.cert.org orqali tashrif buyurishingiz mumkin.

3. Forum of Incident Response and Security Teams (FIRST) – Insidentlarga javob qaytarish va xavfsizlik guruhlari forumi: o‘quv muassasalari, boshqarmalari va tijoratning 100 dan ortiq tashkilotlari a’zo bo‘lgan xavfsizlik bo‘yicha xalqaro tashkilot. FIRST mahalliy himoyada va xalqaro xavfsizlikda yuz beradigan insidentlarni oldini olish va ularga tezkor javob qaytarishga yordam berish maqsadida tashkil etilgan. Uning veb-sayti – www.first.org. 4. InfraGard: Xususiy sanoat konsorsiumi va AQSH kritik axborot tizimlari infrastrukturasini himoya qilish maqsadida axborot almashinuvni amalga oshiruvchi Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan yo‘naltiriladigan AQSH federal boshqarmasi. InfraGard haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun manba: www.infragard.net.


Download 83.87 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 83.87 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot kommunikatsiya tizimlarida axborot xavfsizligi reja: Axborot xavfsizlik haqida ma’lumot

Download 83.87 Kb.