Аxborot xavfsizligiga tahdid va uning turlari annotatsiya




Download 45 Kb.
bet1/2
Sana02.12.2023
Hajmi45 Kb.
#109757
  1   2
Bog'liq
19. АXBOROT XAVFSIZLIGIGA TAHDID VA UNING TURLARI


АXBOROT XAVFSIZLIGIGA TAHDID VA UNING TURLARI


Annotatsiya: Axborotni muhofaza qilishning maqsadi va konseptual asoslari. Umuman
olganda axborotni muhofaza qilishning maqsadi ifodalangan axborotni tarqab ketishi,
Axborotni muhofaza qilishning maqsadini quyidagicha ifodalangan: – shaxs, jamiyat, davlatning xavfsizligiga tahdidni oldini olish;– axborotni yo‘q qilish, modifikatsiyalash, buzish, nusxa olish, blokirovka qilish kabi noqonuniy harakatlarning oldini olish;– axborot resurslari va axborot tizimlariga noqonuniy ta‘sir qilishning boshqa shakllarini oldini olish, hujjatlashtirilgan axborotga shaxsiy mulk ob‘ekti sifatida huquqiy rejimni ta‘minlash;– axborot tizimida mavjud bo‘lgan shaxsiy ma‘lumotlarning maxfiyligini va konfedensialligini saqlash orqali fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoyalash;
– davlat sirlarini saqlash, qonunchilikka asosan hujjatlashtirilgan axborotlar konfedensialligini ta’minlash;– axborot jarayonlarida hamda axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta‘minlash vositalarini loyihalash, ishlab chiqish va qo‘llashda sub‘ektlarning huquqlarini ta‘minlash.
Axborotni muhofaza qilishning samaradorligi uning o‘z vaqtidaligi, faolligi, uzluksizligi va kompleksligi bilan belgilanadi. Himoya tadbirlarini kompleks tarzda o‗tkazish axborotni tarqab ketishi mumkin bo‘lgan xavfli kanallarni yo‘q qilishni ta‘minlaydi. Ma‘lumki, birgina ochiq qolgan axborotni tarqab ketish kanali butun himoya tizimining samaradorligini keskin kamaytirib yuboradi. Axborotni muhofaza qilish sohasidagi ishlar holatining tahlili shuni ko’rsatadiki, muhofaza qilishning to‘liq shakllangan konsepsiyasi va tuzilishi hosil qilingan, uning asosini quyidagilar tashkil etadi:
– sanoat asosida ishlab chiqilgan, axborotni muhofaza qilishning o‘ta takomillashgan texnik vositalari;
– axborotni muhofaza qilish masalalarini hal etishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning mavjudligi;
– ushbu muammoga oid etarlicha aniq ifodalangan qarashlar tizimi;
– etarlicha amaliy tajriba va boshqalar.
Biroq, xorijiy matbuot xabarlariga ko‘ra ma‘lumotlarga nisbatan jinoiy harakatlar kamayib borayotgani yo‘q, aksincha barqaror o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib bormoqda. Himoyalangan axborotga tahdidlar tushunchasi va uning tuzilishi quydagilar[1].
Umumiy yo‘nalishga ko‘ra axborot xavfsizligiga tahdidlar quyidagilarga bo’linadi:
– O‘zbekistonning ma‘naviy ravnaqi sohalarida, ma‘naviy hayot va axborot faoliyatida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga tahdidlar;
– mamlakatning axborotlashtirish, telekommunikatsiya va aloqa vositalari industriyasini rivojlanishiga, ichki bozor talablarini qondirishga, uning mahsulotlarini jahon bozoriga chiqishiga, shuningdek mahalliy axborot resurslarini yig‘ish, saqlash va samarali foydalanishni ta’minlashga nisbatan tahdidlar;
– Respublika hududida joriy etilgan hamda yaratilayotgan axborot va telekommunikatsiya tizimlarining me‘yorida ishlashiga, axborot resurslari xavfsizligiga tahdidlar.
Har qanday axborot hisoblash tizimlarini tashkil etishdan maqsad foydalanuvchilarning talablarini bir vaqtda ishonchli axborot bilan ta‘minlash hamda ularning konfedensialligini saqlash hisoblanadi. Bunda axborot bilan ta‘minlash vazifasi tashqi va ichki ruxsat etilmagan ta‘sirlardan himoyalash asosida hal etilishi zarur. Axborot tarqab ketishiga konfedensial ma’lumotning ushbu axborot ishonib topshirilgan tashkilotdan yoki shaxslar doirasidan nazoratsiz yoki noqonuniy tarzda tashqariga chiqib ketishi sifatida qaraladi.

Download 45 Kb.
  1   2




Download 45 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Аxborot xavfsizligiga tahdid va uning turlari annotatsiya

Download 45 Kb.