Axborot tehnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi tatu farg’ona filiali




Download 90,67 Kb.
bet4/12
Sana03.12.2023
Hajmi90,67 Kb.
#110474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Individual loyiha-fayllar.org

Masofali o`qitish didaktikasi. Xozirgi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda O`zbekiston ta`lim tizimi
oldida turgan vazifalardan biri aholining keng tabaqasiga sifatli va tushunarli ta`lim berishdan
iborat. Kuzatishlar shuni ko`rsatmoqdaki, respublikamizda an`anaviy ta`lim tizimi udasidan
chiqmaydigan, ta`lim xizmatiga zarurat tug`ilayotgan shaxslar kontengenti paydo bo`lmoqda. 
Bular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

OTM lari markazlardan uzoqda joylashgan mamlakatimizning qamroq o`zlashirilgan

xududlarida istiqomat qiluvchi turli yoshdagi shaxslar;



Yangi bilim yoki ikkinchi ta`lim olishga xoxish bildirgan kishilar; 


OTM ga kirishga tayyorlaydigan ta`lim xizmatlaridan foydalanuvchilarning keng


kontengenti;

An`anaviy ta`lim tizimidan foydalanish imkoniyati chegaralanganligidan, o`qishni ish bilan

birlashtira olmagan va boshqa maxsus shartlar (qishloqda yashaydiganlar, sportsmenlar,


posbonlar, ko`chmachilar va hokazo)ga ko`ra ta`lim xizmatlarini ololmaydigan shaxslar; 

O`zbekiston qo`rolli kuchlar saflarida haqiqiy xizmat qilayotgan, shuningdek, ofiserlar

zaxirasiga bo`shatilayotganlar va ularning oila a`zolari;



Stasionar sharoitlarda doimiy ta`lim olishga tibbiy chegaralangan (nogironlar,

kasalxonalarda shifolanayotganlar, xomiladorlar, uyda ta`lim olishga muxtoj bo`lganlar va


boshqalar) shaxslar; 

Qayta tayyorlov va malaka oshirishga muxtoj turli darajadagi menejerlar, o`qituvchilar va

boshqa mutaxasislar jamoasi;



Maxsus tizim sub`ektlari (masalan, mahkum qilinganlar va to`g`rilash muassasalarining

xizmachilari);



Xorijiy ta`lim muassasalarida o`qishga xoxish bildirgan shaxslar


Mos bandlik xizmatlarida ro`yhatga olingan bo`shatilgan va qisqartirilgan shaxslar; 



Turli sabablarga ko`ra O`zbekistonga kelib o`qishga imkoniyati bo`lmagan, lekin ta`lim

olishga xoxish bildirgan chet el fuqorolari.


Yuqorida keltirilgan dalillar, paydo bo`layotgan axborot jamiyatga monand mavjud ta`lim
tizimiga antogonistik bo`lmagan alternativ ta`lim olish shakllarini izlash, sinash va qo`llash
zarurligidan dalolat bermoqda. Bu ta`lim O`zbekiston respublikasi Konstitutisiyasi va "Ta`lim
to`g`risida"gi qonunda belgilangan ta`lim olish huquqini to`la ta`minlashi va gumanistiklik



tamoyilini qanoatlantirishi, ya`ni to`la ta`minlanmaganligi, teritorial (geografik) ajralganlik,


ijtimoiy muxofaza qilinmaganlik va jismoniy kamchiligiga ko`ra yoki ishlab chiqarish va shaxsiy
ishlari bilan mashg`ulligi tufayli ta`lim muassasasiga bora olmaslik sabablariga ko`ra o`qish
imkoniyatidan maxrum bo`lmasliklari kerak. Bunday ta`lim olish shakli: 
- oliy va boshqa ta`lim darajalaridan keng aholi qatlami uchun ularning turar joyi, yoshi va
ishiga bog`liq bo`lmagan holda foydalanila olish, bu bilan aholining ta`lim xizmatlariga, davlatni
esa sifatli tayyorlangan mutaxassis kadrlarga bo`lgan talablarini qondirish;
- ilgarilab borayotgan va uzluksiz ta`limning zarur va konstruktiv g`oyalarini amalga
oshirish, mehnat bozorining doimiy o`zgarib turadigan talabiga javob bera olish;
- davlat moliyalashtirilishini kamaytirishni kompensasiya qilish, xalqaro integrasiyani
kuchaytirish, ijtimoiy kuchlanishni olib tashlash, aholining ijtimoiy va kasbiy oqimini ko`tarish;
- ta`lim tizimi tomonidan ko`p yillar mobaynida yig`ilgan bilimlar, xodimlar va materiallar
saloxiyatini saqlash va ko`paytirish, OTMlarning pedagogik va ilmiy saloxiyatini to`la foydalanish,
mavjud va kelajak yangi axborot texnologiya vositalar (YaATV) ini samarali foydalanish va boshqa
qator ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qila olish imkoniyatini berish kerak.Ta`lim olishning
bunday shakli sifatida masofali o`qitish (MO`) bo`lishi mumkin. 
Xudi shunday talimning eksternat (mustaqil tayyorgarlik ko`rib, attestat yoki diplom yoki
boshqa hujjat olish)shakli haqida ham to`xtalish mumkin.
Masofali o`qitish yuqorida sanab o`tilgan ta`lim shakllarining eng yaxshi tomonlarini o`zida
mujassamlashtiruvchi ta`lim shakli bo`lim shakllanmoqda. 
Oliy ta`limning vazifasi talabalarni kun sayin to`lib toshaqtgan axborot - ta`lim muxiti
sharoitida bemalol mustaqil faoliyat ko`rsataolishga o`rgatishdan iboratdir. Buning uchun ularga
uzluksiz ravishda ishlash sharoitini yaratib berish zarur. Bunday sharoitni ta`limning MO` shaklida
amalga oshirish mumkin. 
Shunday qilib, ta`lim tizimida hozirgi kungacha mavjud bo`lgan "Talabalarni bir davlatdan
boshqasiga ko`chish (an`anaviy ta`lim konsepsiyasi)dan", "Ta`lim ashyolarini almashinish orqali
bilimlarni taqsimlash maqsadida ko`plab g`oya, bilim va ta`lim (konsepsiyasi)ga o`tilmoqda.
MO` o`quvchilarga mustaqil o`kishda eng yuqori foyda va odatdagiday o`quvchilar bilimga
emas, balki bilimlar o`quvchilarga harakatlanadigan sharoitlarni optimalashga imkon beradi.
Xozirgi kunda jahonda MO` tizimini amalga oshirishda yetarlicha tajriba mavjud. Buyuk
Britaniyaning an`anaviy universitetlarida boshqarish sohasi bo`yicha magistr darajasiga
mo`ljallangan dasturlarning 50 foyizi MO` orqali amalga oshirilmoqda. Ispaniyadagi Masofali
o`qitish Milliy universiteti davlatdagi eng yirik oliy o`quv yurti hisoblanadi. Uning tuzilmasida
Ispaniya teritoriyasida joylashgan 58 ta o`quv markaz va undan tashqarida joylashgan 9 ta markaz
kiradi.



Fransiyada bu soha bo`yicha dunyoning 120 davlatlaridagi 350000 foydalanuvchini ta`minlaydigan


masofali o`qitish Milliy universiteti liderlik qiladi. Britaniyaning ochiq universiteti davlatdagi eng
katta oliy o`quv yurti bo`lib, MO` tizimini juda tez rivojlantirmoqda.
Umuman dunyo tajribasi, masofali o`qitish an`anaviy universitetlarda o`qitishga qaraganda
40 foyizga arzonga tushishini tasdiqlamoqda. Oxirgi paytlarda MO` kompyuter va
telekommunikasiya texnologiyasining yuqori saloxiyatiga yo`naltirilgan. Xozirda MO` elektron-
tijorat (tarmoqli tijorat) umumiy nom bilan birlashtirilgan tijorat-jarayonlar keng guruhining lidiriga
aylanmoqda. 
MO` mijoz o`qituvchi-maslahatchi-tyutorga biriktirilib qo`yiladi. Uning vazifasi mijozning
o`qishiga rahbarlik qilish, unga murakkab mavzu va savollarlar bo`yicha maslahatlar berish, nazorat
ishlari va testlarni tekshirish, mustaqil ishlashning barcha bosqichlarida imtihonlarga tayyorgarlik
qilishga ko`maklashish. O`qituvchi bilan mijoz o`rtasidagi axborot almashinish telefon, faks,
elektron va oddiy pochta orqali va albatta bevosita bog`lanish yo`li bilan amalga oshirilishi
mumkin. O`quv materiallarning komplekti-keyslarni mijoz o`qishga ro`yhatga olingandan keyin
oladi. Bular oddiy darsliklar emas, balki turli tashuvchilar- qog`oz, CD, audio, video tashuvchilar
yoki serverdagi ma`ruzalar matni, masala va missollar to`plami, praktikumlar, mustaqil ishlash
uchun vazifalardan iborat.
Modellarni amalga oshirish MO` rivojlanish jarayonida quyidagi "sxema" bo`yicha
o`zgargan uslubiy ta`minotni qayta yaratishni ko`zda tutadi:
- keyslarga komplekt qilingan va talabalarga mustaqil o`rganish uchun jo`natilgan
tuzilishtirilgan o`quv-uslubiy materiallar (keys-texnologiya). Vaqt o`tishi bilan keyslarning
ichidagilari o`zgargan. Ular magnit tashuvchilar va SD ROM lardagi yozuvlar bilan to`latilgan.
Mashg`ulotlarni o`tkazish va ma`ruzalarni o`qish uchun televizion (TV) texnologiyasini qo`llay
boshladilar. Bunda talaba davriy ravishda o`quv markazlardagi tyutorlarning kunduzgi
maslahatlariga kelib turishlari kerak edi;
- multimediali o`quv kurslari (bunda yaxshi texnologiyalar o`qituvchi-maslahatchi, keyslar,
o`yin vaziyatla, imitasion modellarni bo`lishini taqqoza etadi);
- tarmoqli masofali o`qitish (birinchini o`zida mujassamlashtirgan) - masofada turib bosh,
shu jumladan, xorijiy o`quv yurtlarining o`qituvchilari bilan muloqat qilish imkoniyatini
ta`minlaydi; 
- virtual universitet (MO` ni tashkil etishning eng yuqori shakli, masalan Yevropa ittifoqi
virtual universiteti). 
Instrumental vositalar dinamikasi ham yetarlicha aniq:
- an`anaviy nashrlar. Ular turli ko`rinishda: qog`ozda, disketalarda yoki CD ROM larda,
Internet/interanet serverlarida taqdim etilishi mumkin;



- audio-video o`quv-axborot materiallar;


- avtomatlashtirilgan o`qitish tizimlari (AO`T), shu jumladan multimedia kompyuter
dasliklari;
- Internet/interanet texnologiyalari. Ulardan MO` foydalanish qulay bo`lganlari: 
- World Wide Web (WWW). Internet/intranetga multemedia elemntiga ega bo`lgan
gipermatnli o`quv qo`llanmalar, nazorat testlari joylashtirish imkonyatini beradi vabevosita
kompyuter tarmog`ida o`quv materiallariga interfaol kirishni ta`minlaydi;
- FTP (File Transfer Protocol). O`quv yurtining server kompyuteridan mijozning shaxsiy
kompyuteriga ixtiyoriy faylni (o`quv qo`llanmalar, Amaliy dasturlar va hokazo) uzatishni
ta`minlaydi; 
- Elektron pochta - E-mail. Masofali o`qitishda o`quvchilarni tyutor bilan asinxron maslahat
olishi uchun qo`llaniladi. E-mail servisi, har bir qatnashuvchi muhokama qilinayotgan mavzuga
doir o`z fikrini aytishi, savo berishi, boshqa qatnashschilarning ma`lumotlarini o`qishi mumkin
bo`lgan vaqt bo`yicha asinxron teleanjuman tashkil etish imkoniyatini beradi; 
- videoanjuman - kompyuter texnologiyasi bo`lib, unda nafaqat eshitish, balki bir-birini
ko`rish, infterfaol tartibda ma`lumotlar bilan almashinish va birgalikda ularni qayta ishlash
imkoniyatlarini beradi.


Download 90,67 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 90,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot tehnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi tatu farg’ona filiali

Download 90,67 Kb.