|
Axborot tehnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi tatu farg’ona filiali
|
bet | 8/12 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 90,67 Kb. | | #110474 |
Bog'liq Individual loyiha-fayllar.orgKonsorsium model. Ushbu model ikki universitetni birlashmasidan iborat. Bunda ular
o`quv materiallari bilan almashadilar yoki ba`zi vazifalarni bo`lishib oladilar. Masalan, bir
universitet masofali o`qitish uchun o`quv materiallar ishlab chiqaradi, boshqasi virtual o`quv
guruhlarini o`qituvchilar bilan ta`minlaydi yoki masofali o`qitish dasturlarini rasmiy
akreditasiyasini o`tkazadi. Bunday hollarda universitet butunlay yoki uning alohida markazalari,
fakultetlari, xatto ta`lim xizmati bozorida ishlayotgan tijorat yoki davlat tashkilotlari hamkor
bo`lishlari mumkin. Konsorsiumlar faqat qattiy markazlashgan boshqarish va yaratilayotgan
ashyolarning mualliflik hamda material xuquqlarini rioya etish shartlaridagina samarali bo`ladi.
Kanadadagi Ochiq o`quv Agentligi (Open Learning Agency, Canada - http://www.ola.bc.ca)
konsorsiumga misol bo`lishi mumkin.
Franchayzing model. Franchayzing tamoyilida tashkil etilgan masofali o`qitish modelida
hamkor universitetlar bir - birlariga o`zlarining masofali kurslarini beradilar. Bunda ta`lim xizmati
bozorida o`zini ko`rsatgan qandaydir universitet o`zida ishlab chiqqan kurslarini masofali o`qitishni
endigina tashkil qilayotgan va masofali o`qitish uchun o`quv ashyolarini mustaqil ishlab chiqish
tajribasiga ega bo`lmagan boshqa oliygox - hamkorlariga o`qitish huquqini berishi mumkin.
Bunday modelning qiziq tomoni shundaki, talabalar o`zlarining universitetida o`qishga
yozilib, konsorsiumga kirgan ilg`or oliygox talabasi kabi o`sha hajmda va o`sha sifatda ta`lim
xizmatlalariga, o`qishni bitirganlaridan keyin xatto diplomlariga ega bo`ladilar. Bunda ilg`or
universitetning barcha atributikalari o`z kuchini saqlab qoladi. Franchayzing modeliga misol
sifatida Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti qoshidagi Biznes Maktabi (Open University
Business School, Great Britain) va uning Sharqiy Yevropadagi universitetlari bilan aloqasini olish
mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Axborot tehnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi tatu farg’ona filiali
|