- zamonaviy o`qitish usullari bilan boyitilishi;
- guruhli va yakkama-yakka usullardan izchillik bilan foydalanish mumkinlik
xususiyatlariga ega.
Masofali o`qitish, o`qituvchi va o`quvchilarning fuqorolik huquqlarini tenglashtirish,
tanlash, shuningdek, o`z fikri va nuqtai nazarlarini erkin bayon etish huquqlarini beradi.
Ta`lim tizimining bugungi vazifasi tinglovchilarni to`lib toshgan axborot - ta`lim muxiti
sharoitida bemalol faoliyat ko`rsata olishga o`rgatishdan iboratdir. Buning uchun ularga uzluksiz
ravishda mustaqil ishlash sharoitini yaratib berish zarur.
Pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashda qo`llaniladigan
masofali o`qitishning asosiy maqsadi: tinglovchilar qaerda yashashlaridan qat`iy nazar jahondagi
ihtiyoriy ta`lim muassasasida o`qish imkoniyatini yaratish, ta`lim muassasalaridagi professor -
o`qituvchilarning saloxiyatlardan foydalangan holda ta`lim sifatini oshirish, tinglovchilarga
uzluksiz ta`lim olishni ta`minlash va ta`limning turli shakllarini bir-biriga yaqinlashtirishdan iborat.
Masofali ta`lim tizimining an`anaviy ta`lim shaklidan farqi, uning egiluvchanligiga bog`liq
ravishda yuqori xarakatchanligi, tinglovchilarning mustaqil ishlash imkoniyatini kattaligi, o`quv -
metodik ta`minotning rang-barang shakldaligida bo`lib, ular tinglovchilarning qaerdaligidan qat`iy
nazar ta`lim jarayonini samaradorligini ko`tarishga imkon beradi.
Pedagog va ilmiy xodimlarni masofali o`qitish uslubi bilan malakasini oshirish va qayta
tayyorlash uchun:
- ashyolarni turli taqsimotida mintaqaviy va xududiy markazlarning tarmoqlarini o`tkazish
imkoniyati; xujjat almashinish muddatlari; masofali ta`lim tizimida tinglovchilarni o`qitish uchun
sarflanadigan mablag`; ta`limning aloxida shakllari; turli kurslar va masofali o`qitish xususiyatlarini
tahlil qilish;
- tinglovchilarning joriy, oraliq va yakuniy attestasiyasi uchun zarur bo`lgan bilimlari sifatini
nazorat qilish uslublarini ishlab chiqarish;
- o`qituvchi va tinglovchilar uchun fanlar bo`yicha o`quv-uslubiy qo`llanma va materiallar
ishlab chiqish;
- zamonaviy o`qitish vositalari: elektron darslik, audio- va vidio kurslar, kompyuterli
o`qitish dasturlarini yaratish va telekommunikasiya vositalarini foydalanishning metodologik
asoslarini aniqlash;
- malaka oshirishda ishtirok etadigan o`qituvchi va tyutor - maslahatchilarni tayyorlash;
- o`quv jarayonida interfaol uslublari va yangi pedagogik texnologiyalarini o`z joyida
fodalanishni taxlil qilish va aniqlash;
- malaka oshirish va qayta tayyorlash o`quv rejalariga kiritiladigan o`quv kurslarni asoslash
va me`erga keltirish;
- ta`lim yo`nalishi va fanlari bo`yicha masofali o`qitishni amalga oshiruvchi xodimlarni
aniqlash kabi muammolarni hal qilish kerak.
Pedagog va ilmiy xodimlarni masofali o`qitish tizimi orqali malakasini oshirish va ularni
qayta tayyorlash uchun: o`quv - uslubiy adabiyot; egallagan bilimlarini nazorat qilish tizimi va
tashkiliy shakllar kabi iborat uchta elementlar orasida qat`iy bog`lanish bo`lishi zarur.
Masofali o`qitishda yuqori faollikni elektron darslik va qo`llanmalar o`ynashi kerak. Ular
tinglovchilar uchun ta`lim berish tizimlarini vazifasini bajarishlari kerak. Har bir fanga
mo`ljallangan kurslar uchta (eng kamida): ta`limiy, mashqli va nazorat qilish asosiy qismlarga ega
bo`lishlari kerak.
Masofali ta`limda ishtirok etayotgan o`qituvchidan ma`lum bilim va ko`nikmalarni
egalaganliklarni talab etadi. Ushbu bilim va ko`nikmalarni qo`yidagi to`rt qismga bo`lish mumkin: