12-Mavzu: Namoyish etuvchi dasturlardan foydalanish




Download 354.31 Kb.
bet1/2
Sana28.05.2023
Hajmi354.31 Kb.
#66280
  1   2
Bog'liq
12-mavzu
Yulduz, Topologilar (1), 7-sinf Informatika kitobi Cambridge , Analitik geometriyadan misol va masalalarO\'quv qo\'llanma, JAVOBLISI OLIMP, Parxez taomlarni tayyorlash texnologiyasi-fayllar.org, Salat - Vikipediya, Texnologiya. 1-sinf (2017, I.Mannopova, R.Mavlonova), Ижара шартномаси, мустакил иш №1,2 (4), Mavzu Xotiraning adreslari. Baytlarning tartiblanishi-fayllar.org, Mavzu Xotiraning adreslari. Baytlarning tartiblanishi-kompy.info, Mavzu Xotiraning adreslari. Baytlarning tartiblanishi-kompy.info (1), психолог иш хужжати (Lotincha)

12-Mavzu:Namoyish etuvchi dasturlardan foydalanish.

Flash texnologiyasiga - ShockWave Flash (SWF) formatli vektorli grafikdan foydalanishga asoslangan texnologiyadir. Bu format eng samarali grafik formatlardan boʻlmasada, SWF formati foydalanuvchilarga grafik imkoniyatlari cheklanmagan grafiklar bilan ishlovchi vositalar va natijani Web- brauzerlarda, kerakli muxarrirlarda foydalanish imkoniyatilari mavjud. Flash texnologiyasining imkoniyatlardan yana biri - bu uning moslashuvchanligidir, yaʻni bu format barcha platformalarda (MacOS tizimli Macintosh kompyuterlari yoki Windows tizimli kompyuterlarida) ishlatilishi mumkin. Yana bir qulay imkoniyati uning yordamida yaratilgan tasvirlar nafaqat animatsiyali boʻlishi, balki interfaol elementlar va tovush bilan boyitilishi hamda dasturlash orqali boshqarilishi mumkin. Flash texnologiyasining mosalashuvchanlik va interfaol


multimediya dasturlar yaratish imkoniyati koʻpchilik Web-dizaynerlar oʻrtasidagi bahslarga sabab boʻlib, uni mashhurligini oshishiga imkoniyat berdi. Shuning uchun bu texnologiyaning yaratilishi bilan bir vaqtda Adobe kompaniyasi tomonidan ikki asosiy web-brauzerlari, Internet Explorer va Netscape Communicatorlar uchun elementlar Plug-In yaratildi. Bu esa, oʻz navbatida Flash texnologiyasini Internetda yana ham keng tarqalishiga olib keldi. Natijada ushbu web-brauzerlar yaratuvchilari swf formatini oʻz dasturlarini asosiy formatlar bazasiga qabul qildi. Bunday usulni boshqa yirik dasturiy taʻminot yaratuvchilar (masalan, Adobe firmasi) ham qoʻllay boshladi. Adobe kompaniyasi swf formatini juda oddiy va qulay uskunalar bilan taʻminlaganligi bu formatdan koʻp muxlislarning foydalanishiga olib keldi. Shuni aytish kerakki, hozirgi vaqtda ushbu uskunalarni bir qancha toʻliq toʻplamlari ham mavjud.
Hozirgi vaqtda Web-sahifalarni yaratishda birinchi oʻrinlardan birini rastrli grafika egallaydi. Rastrli formatlardan GIF (Graphics Interchange Format
- maʻlumotlar almashuvi uchun grafik format), JPEG (Join Photographic Experts Group – tasvir boʻyicha mutaxassislar birlashgan guruhi) va PNG (Portable Network Graphics- koʻchirma grafik format) va boshqa formatlarni keltirish mumkin. Rastrli grafikani ishlatishda tasvir nuqtalar majmuasi (piksellar – inglizca pixels) dan iborat boʻladi. Bu nuqtalar bir - biri bilan bogʻliq boʻlmaganligi uchun ushbu nuqtalarni har birga rangi va koordinatasi berilishi kerak. Oddiy holda, agar ikki xil rangli tasvir ishlatilsa (masalan, oq-qora), u holda har bir pikselni taʻriflash uchun bitta ikkili razryad (0- qora, 1- oq) taʻriflash etarli boʻladi. 256 - rangli rasm uchun har bir pikselga bunday razryadlardan 8 ta kerak boʻladi (256=2 8 ). Juda ham murakkab fotorealistik rangli tasvirlar 1 pikselga 24 razryad talab qiladi. Natijada rastr tasvirli fayllar oʻlchami tasvirni rang chuqurligi oʻsgani sari oshib boradi. Rastrli tasvirlarni yana bir kamchiligi shundan iboratki, tasvir sifati piksel oʻlchamiga bogʻliq, u esa oʻz navbatida monitorni imkoniyati bilan belgilanadi. Shuning uchun bir xil rasm turli monitorlarda har xil koʻrinishga ega boʻlishi mumkin. Rastrli tasvir
oʻlchamini oʻzgartirish juda ham murakkab ishdir. Chunki bunday tasvirni kattalashtirish piksellar sonini oʻsishiga olib keladi. Kompyuter grafikasi sohasidagi mutaxassislar tomonidan juda murakkab rastrli tasvirlar piksellar
«koʻ naytirish» yoki “oʻchirish (agar tavirni kichraytirish kerak boʻlsa)” algoritmlari ishlab chiqilgan, lekin ular doim ham ushbu masalani oqilona bajara olmaydi. Web-sahifalarni yaratishda birinchi oʻrinlardan birini vektorli grafika ham egallaydi. Bu tasvirni rasmdagi joylashuvi matematik formulalar bilan berilgan egri chiziqlar majmuasi yordamida namoyish etish usulidir. Masalan, istalgan doirani tasvirlash uchun uch-toʻrt raqam kerak boʻladi: radius, markaz koordinatalari va chiziq qalinligi. Shuning uchun, vektorli grafika rastrli grafikaga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega: · vektorli tasvirlarni belgilovchi matematik formulalar kompyuter xotirasida rastrli tasvir piksellariga qaraganda kamroq joy egallaydi; · tasvir (yoki uning ayrim qismlarini) sifatini yuqotmasdan chegaralanmagan kattalashtirish imkoniyati mavjudligi; · tasvirni bir platformadan ikkinchisiga koʻchirishning qulayligi. Albatta, vektorli tasvirlarni oʻz kamchiliklari ham mavjud. Masalan, fotorealistik tasvirni vektorli formatda namoyish qilish murakkabroq. Flash yaratuvchilari bunga echimni tonishgan. Flash yordamida Web – sahifalar tuzishda siz nafaqat vektorli balki rastrli tasvirlarni ishlatishingiz ham mumkin.
Interfeys deganda informatikada dasturdagi turli komponentlar va foydalanuvchi oʻrtasidagi oʻzaro aloqani taminlovchi vositalar va qoidalar yigʻindisi tushuniladi. Dreamweaver paketi taklif etadigan muomala usuli zamonaviy foydalanuvchi uchun odatiy boʻlib qolgan grafik oynali interfeys printsiplariga asoslanadi. Dreamweaver paketi oʻsha sinfdagi boshqa dasturlar bilan taqqoslaganda ancha aniq, moslashuvchan va shu bilan bir paytda kuchli interfeys hisoblanadi. Palitralar, koʻp sonli klaviatura kombinatsiyalari va menyu qatori uning asosiy «tashuvchi loyihalari» hisoblanadi. Barcha operatsiyalar toʻxtatilgach ekranda qoladigan oynalarni palitralari (Palette) yoki panellar (panel) deb atash qabul qilingan. Ekranning maxsus ajratilgan pozitsiyalarida emas, balki ixtiyoriy joyida joylasha oladigan oynalar koʻchib
yuruvchi palitralar (floating plette) deb ataladi. Dteamweavet dasturi muloqot oynalarining koʻpchiligi koʻchib yuruvchi palitralar koʻrinishida ishlaydi.
Palitralar va panellar orasidagi kichik farqlar dasturni tavsiflash uchun sezilarli ahamiyatga ega emas. SHuning uchun kelgusida bu atamalarni sinonimlar sifatida qoʻllaymiz.
Deyarli barcha palitralar birlashish xususiyatiga ega. Bu har xil palitralarni bitta muloqot oynasida joylashtirish mumkinligini bildiradi. Birlashtirish amali turli mavzu yoki buyruqlarga tegishli boshqaruv vositalariga ega boʻlgan koʻp funktsiyali terma palitralarni olish imkoniyatini beradi. Birlashish xususiyatiga ega boʻlgan palitralarni (ular dasturda koʻpchilikni tashqil etadi) modulli (dockable) palitralar deb ataymiz. Bir necha alohida modullardan iborat murakkab palitralar terma (tabbed) palitralar deb ataladi.
4.6.1-rasmda toʻrtta ochiq muloqot oynali dasturning tashqi koʻrinishi koʻrsatilgan. Boshqaruvning eng talab qilinuvchi vositasi soʻzsiz, Ptopetties inspectot (xossalar inspektori) palitrasi hisoblanadi. Uning yordamida HTML sahifalarida obektlarni formatlash va HTML sahifasidagi obektlarni tahrirlash boʻyicha koʻplab amallar bajariladi. Behavietos (rejimlar) palitrasi – bu moduli koʻchib yuruvchi palitraga misol boʻladi. Dreamweaver dasturi turli loyiha masalalarini hal qilishga moʻljallangan unga yaqin shunga oʻxshash obektlarga ega.

4.6.9.-rasm. Dastur oynasining tashqi koʻrinishi
Rasmda ikkita oddiy modulli Layets va Histoty palitralardan iborat boʻlgan terma palitraga misol keltirilgan. Objekts palitrasi tashqi obektlar: rasmlar, jadvallar, qatlamlar freymlar va boshqa obektlarni qoʻyish uchun moʻljallangan. Rasmda koʻrsatilgan boshqa barcha boshqaruv elementlari hujjat oynasining ajralmas tashkil etuvchi qismi hisoblanadi. Texnik tizimlarning ishonchli ishlashi, dasturiy mahsulotlari interfeyslarining qulayligi asosida toʻgʻri tashkil qilingan. Dteamweavet paketi formatlash va tahrirlashning deyarli barcha asosiy buyruqlari uchun amalga oshirishning bir necha xil usullarini taklif etadi. Keng formatli ekranlarning omadli egalari ularni palitralar va panellar yordamida bajarishlari mumkin. Bundan mahrum foydalanuvchilarga esa dastur menyu qatori buyruqlarini va klaviatura tugmalari kombinatsiyalaridan foydalaniladi.
"SharePoint" yoki "Microsoft SharePoint mahsulotlari va texnologiyalari" bu dasturiy mahsulotlar quydagi komponentlarni oʻz ichiga oladi:

  • hamkorlikni tashkil etish uchun web-ilovalar toʻplami;

  • web-portallarni yaratish uchun funktsional imkoniyatlar;

modul;


  • hujjatlar va axborot tizimlarida maʻlumotlarni qidirish uchun


tarkibini boshqarish tizimi;

    • maʻlumotlarni kiritish uchun shakllarni yaratish uchun modul;

    • biznesni tahlil qilish uchun funksionallik.

SharePointdan foydalanuvchilarga hamkorlik qilish imkoniyatini beradigan saytlarni yaratish uchun foydalanish mumkin. SharePoint platformasida yaratilgan saytlardan maʻlumotlar, bilimlar va hujjatlar ombori sifatida foydalanish mumkin, shuningdek, wikilar va bloglar kabi oʻzaro aloqalarni osonlashtiradigan web-asosli dasturlarni amalga oshirish uchun foydalanish mumkin. Foydalanuvchilar Web Parts (SharePoint WebParts) deb nomlangan boshqaruv vositalaridan foydalanib, roʻyxatlar va hujjatlar kutubxonalaridagi maʻlumotlarni boshqarish va oʻzaro aloqada boʻlishlari mumkin.

Download 354.31 Kb.
  1   2




Download 354.31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



12-Mavzu: Namoyish etuvchi dasturlardan foydalanish

Download 354.31 Kb.