• 5.1. Gazlashtirish tizimlarining tuzilishi va ularni o‘tkazish usullari
  • 5-Мa’ruza: Aholi punktlarini gazlashtirish Reja




    Download 126.73 Kb.
    bet1/5
    Sana22.01.2024
    Hajmi126.73 Kb.
    #143070
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    5-Мa’ruza
    1-laboratoriya, 3-sinf ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanish, Tizim, FUTBOL O`YININING KELIB CHIQISH HAMDA RIVOJLANISH TARIXI, 10-inf, 1-mavzu taqdimot, Qudratova Shaxnoza Baxtiyor qizi, Mustaqil ish reja Innovatsion va uning turlari. Innovatsion loy, 1 guruh SM erp, 02.EGAMBERGANOVA SEVINCHOY, 5-mavzu....... (1), kompyuter tarmoqlari, maktabgacha-ta-lim-yoshdagi-bolalarning-ijodiy-qobiliyatlari-va-uni-samarali-rivojlantirish-omillari, yoshlarni milliy qadriyatlar asosida manaviy-axloqiy tarbiyalash

    5-Мa’ruza: Aholi punktlarini gazlashtirish
    Reja:

    5.1. Gazlashtirish tizimlarining tuzilishi va ularni o‘tkazish usullari


    5.2. Gaz tarmog‘ini o‘tkazish
    5.3. Yer osti gaz quvurlarining ko‘chada joylashishi
    5.4. Yer osti gaz quvurlarining chuqurligi, nishabligi
    5.5. Yer osti gaz quvurlarining har xil tabiiy va sun’iy to‘siqlar bilan kesishishi


    5.1. Gazlashtirish tizimlarining tuzilishi va ularni o‘tkazish usullari
    Shahar gaz quvurlari murakkab muhandislik inshootlari bo‘lib, iste’molchilarni gaz bilan xavfsiz va uzluksiz ta’minlashga xizmat qiladi. Gazlashtirish tizimlarining ishonchli ishlashi loyihalash davrida qabul qilingan gaz taqsimlash sxemasining konstruktiv to‘g‘ri hal qilinganligiga hamda bajarilgan qurilish – montaj ishlarining sifatiga bog‘liq.
    Shaharlarda gaz quvurlari, asosan, yer osti usuli bo‘yicha o‘tkaziladi. Yer usti o‘tkazish usuli kam qo‘llanilib, asosan, tabiiy va sun’iy to‘siqlarni kesib kesib o‘tishda hamda ayrim iste’molchilar hududida mahalliy sharoitga ko‘ra yer osti usulini qo‘llash mumkin bo‘lmasa yoki iqtisodiy tomondan maqsadga muvofiq bo‘lmasa, yer usti usuli qo‘llaniladi.
    Shahar gazlashtirish tizimlari po‘lat quvurlardan quriladi. Chunki ularning uzunligi katta, bir – biriga ulash payvandlash bilan bajariladi va buning natijasida ulangan joylarning zichligi ta’minlanadi.
    Yer osti quvurlarini korroziyadan (chirishdan, yemirilishdan) saqlash maqsadida ularga korroziyaga qarshi qoplama (izolatsiya) o‘raladi. Sovuq kunlarda gaz tarkibidagi suv bug‘lari kondensatsiyalanadi.
    Kondensat quvurlarining eng past joylarida yig‘ilib, gaz yo‘lini to‘sib qo‘yishi mumkin. Buning oldini olish maqsadida quvurlar, albatta , nishab qilib yotqiziladi hamda ularning eng past joylarida kondensat yig‘gichlar o‘rnatiladi va ular orqali yig‘ilgan kondensat vaqti – vaqti bilan chiqarib tashlanadi.
    Gaz quvurining ayrim bo‘laklariga yoki iste’molchilarga gaz berishni to‘xtatish uchun gaz quvurlariga kran yoki zadvijkalar, yoki past bosim quvurlariga gidrozatvorlar o‘rnatiladi. Yer osti quvurlaridan gaz chiqayotganini aniqlash uchun nazorat naychalari hamda yer osti quvurlari izolatsiyasining sifati tekshiriladi, elektr toklarining yo‘nalishi va kuchlanishini aniqlash uchun nazorat punktlari o‘rnatiladi.



    Download 126.73 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 126.73 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-Мa’ruza: Aholi punktlarini gazlashtirish Reja

    Download 126.73 Kb.