• 5.2-rasm. Gaz quvurlarining temir yo‘l bilan kesishish sxemasi
  • Nazorat savollari
  • Yer osti gaz quvurlarining har xil tabiiy va sun’iy to‘siqlar bilan kesishishi




    Download 126,73 Kb.
    bet5/5
    Sana22.01.2024
    Hajmi126,73 Kb.
    #143070
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    5-Мa’ruza

    5.5. Yer osti gaz quvurlarining har xil tabiiy va sun’iy to‘siqlar bilan kesishishi
    Gaz quvurlari o‘tkazish paytida har xil to‘siqlar bilan kesishishi mumkin. Bunday to‘siqlarga daryolar, jarliklar, temir yo‘l, avtomobil yo‘llari va har xil yer osti inshootlari kiradi. Magistral gaz quvurlari bilan temir yo‘llari kesishgan joylarda, gaz quvurlari futlyar (g‘ilof) ichida o‘tkaziladi (3.2-rasm).
    G‘ilof gaz quvurlari temir yo‘l izlari hamda avtomobil yo‘li tagidan o‘tganda gaz quvuridan gaz hamda yong‘in chiqishining oldini olish uchun qo‘laniladi. Bundan tashqari, gaz quvurining yotqizish davrida transport harakatini to‘xtatmasdan qurilish ishalrini teshib o‘tish usulida olib borishga imkon beradi.

    5.2-rasm. Gaz quvurlarining temir yo‘l bilan kesishish sxemasi:
    1-sham (vityajnaya svecha); 2-bitum;3-futlyar (g‘ilof); 4-gaz quvuri.

    G‘ilof metall quvurdan tayyorlanadi. Bunda gaz quvuri d>200 mm bo‘lsa, g‘ilof diametri mm bo‘lishi kerak. Gaz quvuri d<200 mm bo‘lsa, mm bo‘ladi.


    G‘ilof ichidagi gaz quvurlari iloji boricha butun quvurdan tayyorlanishi kerak. G‘ilofning uchlari salnik bilan zichlanadi hamda bir uchiga nazorat quvuri yoki chiqarib tashlash quvuri “sham” (svecha) ulanadi. Agarda g‘ilof ichidagi quvurdan gaz chiqa boshlasa, u nazorat quvuri yoki “sham” orqali xavfsizroq joydan chiqarib yuboriladi.
    Agarda yer osti gaz quvurlari kanalizatsiya kollektorlarini yoki shunga o‘xshash kanal yoki kollektorlarni kesib o‘tsa, gaz quvuri g‘ilof ichida o‘tkazilishi kerak va g‘ilof kollektorning tashqi devoridan ikki tomonga kamida 2 metrdan chiqib turishi kerak. Bunda ham g‘ilofning diametri sxemaga o‘xshab qabul qilinadi.
    Yer osti gaz quvuri bilan suv tarmog‘i, kanalizatsiya kesishgan vaqtda ular orasidagi masofa 15 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Gaz quvuri bilan issiqlik tarmog‘i kanali orasidagi masofa kamida 20 sm bo‘lishi, kabel orasidagi masofa kamida 0,5 m bo‘lishi kerak. Agarda kabel asbotsosement quvur ichidan o‘tgan bo‘lsa, unda 0,25 m bo‘lishi mumkin.


    Nazorat savollari:
    1.Gazlashtirish tizimlarining tuzilishi va ularni o‘tkazish usullari.
    2.Gaz tarmog‘i qanday o’tkaziladi?
    3.Kondensat yig‘gich qanday tuzilishga ega?
    4.Yer osti gaz quvurlari qanday har xil tabiiy va sun’iy to‘siqlar bilan kesishadi?
    Download 126,73 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 126,73 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yer osti gaz quvurlarining har xil tabiiy va sun’iy to‘siqlar bilan kesishishi

    Download 126,73 Kb.