O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
AXBOROT TEXNALOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNALOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
MUSTAQIL ISH
Mavzu:Elektronika va sxemalar 2 fani mazmuni va usullari
Bajardi:Abdurahimov Muhammadaziz
Tekshirdi:Egamov Sh.V
SAMARQAND – 2024
Ma’ruza. Elektronika va sxemalar 2 fani, mazmuni va usullari.
Reja:
I.KIRISH
1.Integral mikrosxemalar (IMS)larning yaratilish tarixi
II.ASOSIY QISM
1.Elektronika rivojlanish bosqichlari va istiqbollari.
2.Nanoelektronika haqida tushunchalar. Nanotranzistorlar.
3.Elektronika va nanoelektronika rivojining istiqbollari.
III.XULOSA
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
I.KIRISH
Integral mikrosxemalar (IMS)larning yaratilish tarixi Elektrotexnika va ayniqsa
elektronika rivojlanib borar ekan, integral mikrosxemalarning ixtiro qilinishi
zamonning inkor etib bo‘lmas jiddiy talabiga aylanib bordi. Deyarli bir vaqtning
o‘zida bir-biridan bexabar ikki muhandis ixtirochi - Jek Sent-Kler Kilbi (1923-
2005) va Robert Norton Noys (1927-1990) integral mikrosxemani ixtiro qilishgan.
Mutaxassislar integral mikrosxemalarni qisqartirib IMS deb yuritishadi. IMS bu -
juda kichik o‘lcVAga keltirilgan elektr zanjiri bo‘lib, u turli xil
yarimo‘tkazgichlarni qo‘llash asosida tayyorlanadi. Ba'zan IMSni oddiygina qilib
mikrochip VA deyiladi. Shunday IMS-mikrochiplar hozirgi kunda deyarli barcha
turdagi elektron uskunalarda - oddiy choy qaynatuvchi elektr choynakdan tortib,
murakkab kosmik apparatlarda VA keng qo‘llanilmoqda. IMSlarda
yarimo‘tkazgichlarning o‘tkazuvchanlik xususiyatini elektr maydoni orqali
boshqariladi. Monolit IMSlarning ixtiro qilinishi esa, avvallari alohidaalohida
tayyorlangan va sxemalarda VA alohida joylashtirilgan elementlar - tranzistorlar,
qarshilik, kondensator va ho kazolarni, yarimo‘tkazgich materialdan tayyorlangan
bitta kristall mikrochipga favqulodda juda kichik ixcVA o‘lcVAlarda joylashtirish
imkonini berdi. Boz ustiga, sxemalarni qo‘lda yig‘ishdan ko‘ra, IMSni avtomatik
yig‘ilishi - juda tezkor va samarali jarayon bo‘lib, bu o‘z navbatida elektron
sxemalarning ishonchliligini orttirish bilan birga, ularning tannarxini VA
pasayishiga olib keldi. IMSni fotolitografiya, ya'ni, trafaret bo‘yicha kerakli
geometrik shakllarni kremniyli asosga quyish orqali tayyorlanadi. IMS juda ixcVA
bo‘lgani tufayli, undagi tashkiliy elementlarning oraliq masofasi VA judajuda
qisqa bo‘ladi. Bu esa elektr zanjirida yig‘ilgan mantiqning tezkor bajarilishini
ta'minlaydi. Jek Kilbi o‘zining IMSini 1958-yilda ixtiro qilgan. Robert Noys esa
undan yarim yil keyin o‘z IMSini yasab namoyish qilgan. Yarimo‘tkazgich sifatida
Noys IMSida kremniy elementi qo‘llangan bo‘lsa, bu maqsad uchun Kilbi
germaniy elementidan foydalangan. Zamonaviy IMSlarning ixcVAligi Kilbi va
Noys chiplaridan bir necha marta kichrayib, ishlash tezligi VA ulardan chandon
ortib ketgan. Xususan, hozirda pochta markasi o‘lcVAidek keladigan mitti
mikrochip-IMS ichida milliardlab tranzistorlar bo‘ladi. IMSlar ixtiro qilinganidan
keyin elektronika va mikroelektronika sohasi shu darajada katta shiddat bilan
rivojlanib ketdiki, uning har bir keyingi ilg‘or qadamlari fan-texnika sohasida
navbatdagi inqiloblarni yasab bordi. Xususan, biz bilgan va eng yaqin
yordamchimizga aylangan kompyuterlar va boshqa istalgan elektron qurilma va
uskunalar VA aynan IMSlarning taraqqiyoti tufayli shu darajaga yetib kelgan. Eng
qizig‘i esa, IMSlar qanchalik murakkablashib, ixcVAlashib borishi bilan bir
qatorda, ularning ishlash tezligi, bajaradigan vazifalari ko‘lami VA tobora ortib
bordi. Odatda, boshqa turdagi texnika vositalari bunday rivojlanish jarayonida
qimmatlashib boradi. Lekin, IMSlar murakkablashish bilan birgalikda, arzonlashib
VA borgan. Bu faktga e'tibor qaratgan muhandis Gordon Mur hazil aralash
shunday degan ekan: "Agar avtomobil sanoati VA yarimo‘tkazgichlar sohasi
singari shiddat bilan rivojlanganda edi, Rolls-Roys mashinalarida 1 litr benzin
bilan 200 ming km masofani bosib o‘tish mumkin bo‘lardi, VAda, uni ishxona
oldidagi pullik avtoturargohga qo‘ygandan ko‘ra, shunchaki ko‘chaga tashlab
ketish arzonroq bo‘lgan bo‘lur edi..." IMSni birinchi bo‘lib ixtiro qilgan muhandis
- Jek Kilbi o‘sha paytlarda "Texas Instruments" kompaniyasiga endigina ishga
kirgan yosh xodim bo‘lgan. Kilbining deyarli barcha VAkasblari ta'tilga chiqib
ketgan paytda u laboratoriyada ko‘pincha bir o‘zi qolib, IMS modeli ustida
muttasil ishlagan. 1958-yilning sentyabr oyida Kilbi o‘zining ilk ishchi model
IMSni yasab, sheriklariga namoyish qilib bergan. Keyingi yilning 6-fevral sanasida
esa, "Texas Instruments" kompaniyasi Kilbi modeli asosida, IMSlarni seriyali
ishlab chiqarish uchun patent rasmiylashtirgan. Ikkinchi ixtirochi Robert Noys
(rasmda) esa o‘z ixtirosini pullash uchun uzoq izlangach, 1968-yilda o‘zi
tavakkalga qo‘l urib, IMS ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi o‘z mustaqil
kompaniyasini tashkil etadi. Siz Noysning o‘sha kompaniyasi ishlab chiqargan
IMSlardan albatta foydalangan bo‘lsangiz kerak. U haqida ko‘p eshitganingiz VA
aniq. Chunki, Noys asos solgan o‘sha integral mikrosxemalar, ya'ni, chiplar ishlab
chiqaruvchi kompaniya Intel deb ataladi va u hozirda, IMS ishlab chiqarish
bo‘yicha jahonda eng ilg‘or texnologik brendlardan biri sanaladi.
|