Axborot. Axborot to’g’risida tushuncha




Download 39,04 Kb.
bet2/3
Sana24.01.2024
Hajmi39,04 Kb.
#144729
1   2   3
Bog'liq
AT asoslari tex-xarita №1

Axborot. Axborot to’g’risida tushuncha

REJA:


  1. Axborot

  2. Axborot turlari

  3. Axborot. Axborot to’g’risida tushuncha

Axborot (informatsiya) tushunchasi lotin tilidagi «informatio» so’zidan olingan bo’lib, bayon etish, tushuntirish, izohlash kabi ma’nolarni bildiradi. Axborot deyilganda biz radio va televideniye xabarlarini, kitob, gazeta, berilganlar bazasi, kutubxona ma’lumotlarini, insonlar bilan muloqot qilish orqali va ilmiy jurnallardan olingan bilimlarni nazarda tutamiz. Axborotlar kitoblarda, kutubxonalarda, berilganlar bazalarida, qog’ozda va mashina tashuvchilarida saqlanadi. Axborot og’zaki, yozma, elektron signal va radioto’lqin yordamida uzatiladi. Sezgi organlari, foto- va videokameralar, elektron datchiklar yordamida qabul qilinadi.
Alohida xabarlar va ma’lumotlar qayta ishlanadi, shakllantiriladi, tizimlashtiriladi, saralanadi va yangi axborot yoki yangi bilimlar olinadi. Turli usullar va shakllar yordamida taqdim etilayotgan axborot, sifatidan qat’iy nazar, ma’lumotlar deyiladi. Jo’natish uchun mo’ljallangan axborot xabar deyiladi.
Keng ma’noda axborot – bu ma’lumotlar, bilimlar, xabarlar bo’lib, saqlash, qayta ishlash, uzatish va qo’yilgan masalalarni yechishga yordam beruvchi obyekt hisoblanadi. Axborot tushunchasini matematik turdagi abstrakt tushuncha deb qarash mumkin. Ammo, uning bir qator xususiyatlari uni material olamga yaqinlashtiradi. Axborotni olish, saqlash, qayta ishlash, uzatish va o’chirish mumkin. Material olamda axborot almashinuvi yuzaga kelishi uchun axborot tashuvchi – uzatkich, aloqa kanali va axborot qabul qiluvchi bo’lishi zarur. Uzatish muhiti manba va axborot qabul qiluvchini axborot tizimiga birlashtiradi.
Axborot tushunchasi u xossalarini ifodalovchi biror bir obyekt bilan bog’liq. Bundan tashqari, axborotning tashuvchiga nisbatan nisbiy bog’liqsizligi kuzatiladi: u ma’no (semantika)sidan qat’iy nazar, turli fizik muhitlarda turli-tuman fizik signallar yordamida uzatilishi va shakllantirilishi mumkin. Axborot kuzatish, hisoblash tajribalari hamda mantiqiy xulosalar orqali olinishi mumkin.
Axborot almashinuvida material olam obyekti sifatida manba va qabul qiluvchi – inson yoki qandaydir material obyekt mavjud bo’lishi zarur. Axborot har qanday material tizimning akslanishi hisobiga yuzaga keladi va butun materiyaning xossasi bo’lib hisoblanadi. Axborot tushunchasi ikki obyektning mavjudligini nazarda tutadi: axborot manbai va iste’molchi. Iste’molchi olinayotgan axborotni qayerda va qanday maqsadlarda foydalanayotganiga qarab, baholashi mumkin. Bundan kelib chiqadi-ki, axborot paragmatik, semantik va sintaktik aspektlarga ega.
Paragmatik aspekt – olinayotgan axborotni qo’llash orqali belgilangan maqsadga erishishdir. Bu iste’molchining holatiga ta’sir qiladi. Agar axborot samarali bo’lsa, iste’molchining holati yaxshi tomonga o’zgaradi.
Semantik aspekt – berilayotgan axborotning ma’nosini baholash imkonini beradi va tilning ma’noviy elementlari yoki so’zlari o’rtasidagi semantik bog’liqlikni aniqlaydi.
Sintaktik aspekt – axborotni taqdim etish usuli bilan bog’liq bo’lib, axborot ishtirok etayotgan real jarayonga qarab (uni yig’ish, tasvirlash, uzatish, shakl almashtirish, kiritish yoki chiqarish) maxsus belgilar, nishonlar ko’rinishida taqdim etiladi.

Jamiyat va tabiatni o’zgartirish uchun insoniyat faoliyatining har qanday turi yangi axborotlarni olish bilan kuzatilgan. Tabiat, jamiyat va fikrlashning obyektiv qonuniyatlarini ifodalovchi mantiqiy axborot


«ilmiy axborot» nomini olgan. Uni olinish yoki qo’llanilish sohalariga qarab turlarga ajratish mumkin. Masalan, siyosiy, iqtisodiy, fizik, ximik, matematik va boshqalar. Ilmiy axborot bilan bir qatorda texnika sohasida ishlab chiqarish masalalarini yechishda texnik axborot qo’llaniladi. U yangi mahsulotlar, materiallar, agregatlar, konstruktsiyalar, texnologik jarayonlarning ishlab chiqilishida asosiy omil bo’ladi. Ayrim hollarda, ilmiy va texnik axborotlar birlashtirilib, ilmiy-texnik axborot deb yuritiladi. Axborotlarni vazifalariga ko’ra ham turlarga ajratish mumkin: ommaviy va maxsus axborotlar. Qog’oz tashuvchiga tushurilgan axborot qismi esa, hujjatli axborot nomini olgan.
Axborotni manba turi sifatida yaratish, uzatish, qidirish, qabul qilish, u yoki bu shaklda nusxalash, qayta ishlash va yo’qotish mumkin. Axborot namunalari turli shakllarda yaratilishi mumkin: ovoz yoki radioto’lqin, elektr toki yoki kuchlanish, magnit maydonlari, qog’oz tashuvchilarga tushirilgan turli belgilar va h.k. Axborot manbai iqtisodiy toifa sifatida industrial jamiyatning muhim tavsiflaridan biri bo’lib hisoblanadi.

Download 39,04 Kb.
1   2   3




Download 39,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot. Axborot to’g’risida tushuncha

Download 39,04 Kb.