|
Axborot texnologiyalari asoslari fanidan o’qitish materiallar to’plami
|
bet | 3/3 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 39,04 Kb. | | #144729 |
Bog'liq AT asoslari tex-xarita №1Axborot manbai – mavjud bo’lgan faktlar, hujjatlar, ma’lumotlar va bilimlarning jamlanmasi bo’lib, jamiyat holatining vaqt bo’yicha o’zgarishini tasvirlaydi va mutaxassislar tayyorlashda, ilmiy izlanishlarda va material ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Hujjatlar – bu ma’lum tartibda tarkiblangan va qog’oz tashuvchilarga tushurilgan axborot qismidir.
Faktlar – predmet sohasini kuzatishlar natijasidir.
Ma’lumotlar – bu matn, vizual va so’zlashuv uchun xarakterli bo’lgan erkin tarkibdan farqli ravishda yuqori darajada formatlanganligi bilan farqlanuvchi axborot turidir.
Bilim – bu insonning nazariy va amaliy faoliyati natijasi bo’lib, yuqori darajada tarkiblangan va malakani jamlashni ifodalovchi axborotdir.
Bilimning uchta asosiy turini ajratish mumkin:
deklorativ – obyektning umumiy bayonini taqdim etadi, aniq predmet sohasida ularni qo’shimcha tartiblashlarsiz qo’llash imkoniyatini bermaydi;
tushunchali (tizimli) – birinchisidan tashqari, tushuncha xossalari va tushunchalar o’rtasidagi bog’liqliklarni o’z ichiga oladi;
jarayonli (algoritmik) – yechim algoritmini olish imkonini beradi.
|
| |