I BOB INTERAKTIV HIZMATLARNI WEB TEXNOLOGIYASI YORDAMIDA FAOLIYATINI TAXLIL QILISH




Download 2.79 Mb.
bet3/9
Sana01.07.2021
Hajmi2.79 Mb.
#15313
1   2   3   4   5   6   7   8   9

I BOB INTERAKTIV HIZMATLARNI WEB TEXNOLOGIYASI YORDAMIDA FAOLIYATINI TAXLIL QILISH

1.1 «Elektron hukumat» tushunchasi


Maqolamiz muqaddimasi orqali, gapni uzoqdan boshlab, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, xususan internetning muhim iqtisodiy va ijtimoiy sohalarga allaqachon kirib kelib, o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsata boshlaganiga urg’u berdik. Ko’rinib turibdiki, ijtimoiy soha va iqtisodiyotning turli bo’g’inlarini boshqarish, rivojlantirish va samaradorligini orttirish maqsadida, sohaga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish – bugungi zamon talabi bo’lgan dolzarb masaladir. Bunday sharoitda, axborot kommunikatsiya texnologiyalarining kuchli potensialidan nafaqat ijtimoiy yoki iqtisodiy sohalar, balki, siyosiy sohada ham foydalanish, uni davlat boshqaruvi, davlat va jamiyat munosabatlari hamda, fuqarolarga davlat xizmatlari ko’rsatish kabi muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonlar uchun qo’llash ayni muddao hisoblanadi. Ichki tarmoq boshqaruvi (markaziy hukumat va mahalliy hukumatlar, jamoat tashkilotlari va muassasalari uzluksiz) fuqarolar va jamoat tashkilotlari va muassasalari, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o'rtasidagi o'zaro ta'sir davlat xizmatlari taqdim biznes imkoniyatlari va imkoniyatlari samaradorligini oshirish zamonaviy foydalanish U elektron hukumat (e-hukumat) ataladi xalqaro leksikonda biridir.Elektron hukumat tushunchasi dastavval XX asrning 90-yillari boshida AQSHda paydo bo’lgan. Mazkur tushuncha, 1991 yilda, AQSHning o’sha vaqtdagi prezidenti Bill Klinton davrida, internet va umuman axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlantirishga davlat darajasida, alohida e’tibor qaratgan paytda yuzaga kelgani ma’lum. Klinton ma’muriyati davrida davlat idoralari hujjatlari orqali OAVga tarqalgan «Elektron hukumat» tushunchasi, 1999 yildan boshlab, okean orti va Yevropaning yetakchi nashrlarida davriy ravishda va tez-tez uchray boshladi. Aynan shu davrda, «Elektron hukumat» va unga bog’liq tamoyillar tahlil va tadqiq qilingan ilmiy ishlar ham paydo bo’ldi. Misol uchun: Bellami Teylorning «Axborot asrida hukumat boshqaruvi» asari[2]da davlat boshqaruviga elektron axborot kommunikatsiya vositalari, xususan internetni tadbiq etishning nazariy masalalari ko’rib chiqilgan bo’lsa; 2002 yilda chop etilgan «Elektron hukumat strategiyasini baholash mezonlari: strategik tahlil xulosasi» nomli risola[3]da, elektron hukumatning joriy qilishning istiqbollari, uning texnik va ijtimoiy talablari asosida tahlil qilingan edi. Keyingi davrda, axborot kommunikatsiya texnologiyalari borasida rivojlangan, yetakchi davlatlar hukumatlarining maxsus qarorlari orqali amaliy ishga o’tildi. Davlat boshqaruvi sohasiga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni ko’plab nufuzli xalqaro tashkilotlar ham qo’llab quvvatlay boshlashdi. Ularning har birida, mazkur tushunchaning o’ziga xos talqinini ko’rish mumkin, masalan:


Download 2.79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 2.79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOB INTERAKTIV HIZMATLARNI WEB TEXNOLOGIYASI YORDAMIDA FAOLIYATINI TAXLIL QILISH

Download 2.79 Mb.