• 2. FTTX TEXNOLOGIYASI ASOSIDA X-NUQTAGACHA OPTIK TOLALI ALOQA LINIYALARINI LOYIHALASHTIRILISHI VA QURILISHI. 16 2.1 FTTx ning imkoniyatlari 16
  • 3. FARG`ONA TUMANIDAGI YANGI BARPO ETILGAN “MINGDONOBOD”AHOLI YASHASH MASKANINI FTTx USULI (TIZIMIDA ) TELEFONLASHTIRISH 36 3.1. Kabel montaji texnologiyalari 36
  • 3.4. Triple play xizmatlarini amalga oshirish texnologiyalari 48 3.5 Optik kabel va montaj uskunalarini tanlash 50
  • Xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 3.24 Mb.
    bet1/18
    Sana28.09.2020
    Hajmi3.24 Mb.
    #11766
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

    MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

    FARG`ONA FILIALI

    Himoyaga

    Kafedra mudiri



    Jo`rayev.N

    2017_____y « ____ »_____________

    Farg`ona tumanida ya`ngi barpo etilgan “Mingdonobod” aholi yashash maskanini FTTX usulida telefonlashtirish.



    MAVZUSIDA

    BITIRUV MALAKAVIYISHI

    Bitiruvchi________________ Abduraximzoda Sh.

    (imzo)

    Raxbar ________________ Normirzayev.M



    (imzo)

    Taqrizchi________________ Turg`unov.N

    (imzo)

    MUNDARIJA





    2

    KIRISH 3

    1. FTTX TARMOQLARI 5

    1.1. FTTx tarmoqlari qurilish texnologiyalari 5

    1.2. PON FTTx texnologiyasi 6

    1.2.1. PON FTTx texnologiyasi asosiy topologiyalari 8

    1.2.2. PON FTTx texnologiyasi turlari 11

    2.5. Ethernet FTTx texnologiyasi 13

    2. FTTX TEXNOLOGIYASI ASOSIDA X-NUQTAGACHA OPTIK TOLALI ALOQA LINIYALARINI LOYIHALASHTIRILISHI VA QURILISHI. 16

    2.1 FTTx ning imkoniyatlari 16

    2.2 FTTH tarmoqlari arxitekturalari 23

    2.3. FTTx imkoniyatlarining qiyosiy baholanishi 30

    3. FARG`ONA TUMANIDAGI YANGI BARPO ETILGAN “MINGDONOBOD”AHOLI YASHASH MASKANINI FTTx USULI (TIZIMIDA ) TELEFONLASHTIRISH 36

    3.1. Kabel montaji texnologiyalari 36

    3.2. Loyihani Ethernet texnologiyasi orqali amalga oshirish 41

    3.3. FTTB- ko`p kvartirali uylargacha optik tola. 45

    3.4. Triple play xizmatlarini amalga oshirish texnologiyalari 48

    3.5 Optik kabel va montaj uskunalarini tanlash 50

    3.6. Loyihani PON texnologiyasi orqali amalga oshirish uchun stansiyaviy uskunalarni tanlash. 55

    3.7. Loyihani Ethernet texnologiyasi orqali amalga oshirish uchun stansiyaviy uskunalarni tanlash 58

    XULOSA 66

    KIRISH


    Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiyalashni isloh etishda zamonaviy axborot–kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati beqiyosdir.

    Hozirgi vaqtda respublikamizda milliy axborotlashtirish tizimini shakllantirish, jamiyat hayoti va boshqaruvning barcha jabhalariga zamonaviy axborot–kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va ulardan samarali foydalanish, fuqarolarning axborotga bo`lgan ehtiyojini to`laroq qondirish va jahon axborot resurslariga ulanish imkoniyatlarini kengaytirish talab etilmoqda.

    O`zbekiston Respublikasining birinchi Prizidenti Islom Abdug`aniyevich Karimovning 2013 yil 27 iyundagi “O`zbekiston Respublikasining Milliy axborot–kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari to`g`risida” gi qarori bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini 2013 – 2020 yillarda rivojlantirish dasturiga asosan 2020 yilgacha telekommunikatsiya tarmog`ida aloqa infratuzilmasini rivojlantirish, optik tolali tarmoqlar qurish, hamda axborot resurslari va tizimlaridan yuqori tezlikda keng polosali foydalanishni ta`minlash vazifalari belgilab berilgan.

    Abonent foydalana oluvchi tarmoq – telekommunikatsiya xizmatlarini ko`rsatuvchi tarmoq operatorlarining eng katta harajatlar talab etiladigan zvenosi bo`lib hisoblanadi. Hozirgi paytda abonent foydalana olish uchastkasida asosan mis simli juftlik o`ramli aloqa kabellari qo`llanilmoqda. Bunday kabellarning o`tkazish hususiyati va kanal sig`imi to`liq ravishda hozirgi zamon multiservis hizmatlaridan tovush ma`lumotlarini, ma`lumotlar va multimedia trafiklarini, hamda video ma`lumotlarini tashkil etib berish hususiyatlariga ega emas. Yangidan –yangi multiservis hizmatlarni ko`rsatish uchun ma`lum bir kenglikdagi o`tkazish polosasi talab etiladi, bunday o`tkazish polosasi odatda juda ham keng bo`lib, u bugungi kunda qo`llanilayotgan mis simli kabel infratuzilma texnologiyasidagi o`tkazish qobiliyatidan keng bo`lishi lozim. Shuning uchun keng polosali hizmat tarmog`ini yaratish va tashkil etish uchun kattadan – katta o`tkazish hususiyatiga ega bo`lgan yangi kabellarni yotqizib ishlatish talab etiladi. Bunday holatlar uchun eng samarali usullardan biri bo`lmish optik tolali aloqa kabelli infratuzilmani yaratish va ulardan samarali foydalanish lozimdir. Paketlarni uzatish tezligini oshirishning asosiy omillaridan biri, tarmoq xizmatlarining kengayishi, ma`lumotlarni uzatish texnologiyalarining rivojlanishi, multiservisli paketlarni uzatilishi, va boshqalar hisoblanadi. Bulardan kelib chiqqan holda stansiyalardagi kirish tarmog`iga keng polosali optik tolali texnologiyalarni joriy qilish maqsadga muvofiq bo`ladi.

    Keng polosali kirish tarmog`ining hozirgi zamon rivojlanish bosqichi ikkita holatga to`g`ri keladi. Birinchidan, abonentlarning infokommunikatsiya xizmatlariga bo`lgan talablarini yuqoriligi, ikkinchidan kirish tarmog`ining modernizatsiyalash hisobiga operatorlarning o`zaro raqobatbardoshligini oshirishga olib keladi.

    Natijada ekspluatatsiya qilinayotgan kirish tarmog`ini modernizatsiya qilishning dolzarbligi uchta asosiy omillar bilan asoslanadi.

    Birinchidan abonent liniyalari axborotlarni uzatish sifatini va aloqaning ishonchliligini ta`minlay olmayapti. Ikkinchidan kirish tarmog`ining ishlash qobiliyati uchun zarur bo`lgan xarajatlarning qoplanmasligi. Uchinchidan hozirgi paytda qo`llanilayotgan kirish tarmoqlari yangi keng polosali xizmatlar va ma`lumotlarni uzatish sifatining yuqoriligini ta`minlashga javob bera olmayapti.

    Shuning uchun ham abonent kirish tarmoqlarini tahlil qilish, keng polosali texnologiyalarni kiritish va kirish tarmog`ini loyixalashtirishda optik tolada uzatiluvchi signal quvvatini taqsimlash algoritmining optimal variantlarini topish va ularnining amaliyotdagi o`rnini aniqlash dolzarb masalalar bo`lib hisoblanadi.

    1. FTTX TARMOQLARI

    1.1. FTTx tarmoqlari qurilish texnologiyalari


    Fiber To The X (…gacha optik tola) — aloqa uzelidan aniq bir joygacha (“x” nuqtagacha) optik tola orqali aloqa tashkil qilinadigan abonent ulanish tarmog`i kabel infrastrukturasini tashkil etishning umumiy qarashlarni aks ettiruvchi tushunchadir. “X” nuqtadan abonentgacha mis kabel, simsiz interfeys yoki abonent qurilmasigacha bevosita optik tola olib borilishi mumkin.

    Shunday qilib, FTTx — faqat fizik sath xolos. Aslida esa ushbu tushuncha kanal va tarmoq sathlarining kup sonli texnologiyalarini qamrab oladi. FTTx tizimlarining keng o`tkazish oralig`i va ko`plab yangi xizmat turlarini taqdim qilish uzviy bog`liqdir.

    FTTx texnologiyalari oilasiga turli arxitektura tuzilishli quyida keltirilgan texnologiyalar kiradi:


    • FTTN (Fiber to the Node) — tarmoq tugunigacha optik tola;

    • FTTC (Fiber to the Curb) — mikrorayon, kvartal yoki uylar guruhigacha optik tola;

    • FTTB (Fiber to the Building) — binogacha optik tola;

    • FTTH (Fiber to the Home) — yashash joyi (kavrtira yoki alohida kottedjgacha) optik tola.

    Ular bir-biridan abonent terminaligacha optik tola qanchalik yaqin kelishi bilan farq qiladi.

    Rejalashtirilgan xizmatlar to`plami va ularni taqdim etish uchun kerak bo`ladigan utkazish oralig`iga ko`ra kerakli FTTx texnologiyasi turi tanlanadi.Ulanish tezligi qanchalik katta bo`lsa va ko`rsatiladigan xizmat turlari qanchalik ko`p bo`lsa, optik tola abonent terminaliga shunchalik yaqin kelishi kerak.

    FTTx texnologiyasi afzalliklarini barcha ekspertlar bir ovozdan maqullashmoqda. Ular ixtiyoriy abonent ulanish texnologiyasiga kiritiladigan investitsiyalarning xayot sikli davomiyligini va ulanish kanallari o`tkazish oraliqlariga qo`yiladigan talablarni taqqoslashmoqda. Tahlillar shuni ko`rsatadiki, agarda bugunda abonent ulanish tarmoqlariga qo`yilgan texnik yechimlar 2013 – 2015 yillarga 100 Mbit/s tezlikni ta`minlay olmasa, investitsiya sikli yakunlanmasdan turib qurilmalarning ma`nan eskirishi ro`y beradi

    Yuqorida qayd etilganlar tarmoq operatori tomonidan albatta hisobga olinishi lozim, aks holda mijozlar aloqa sifatlariga qat`iy e`tibor beradigan hozirgi paytda operator shu sohadagi boshqa raqiblariga nisbatan ojiz bo`lib qoladi.

    FTTx oilasi orasida FTTH texnologiyasi muhim o`rin tutadi. Ekspertlar fikri bo`yicha, bu texnologiya:


    1. Eng keng o`tkazish oralig`iga ega;

    2. Bu texnologiya to`liq holda standartlashtirilgan va kelajagi eng porloq hisoblanadi;

    3. Bu texnologiya yordamida aloqa uzelidan 20 km gacha olislikda bo`lgan barcha abonentlar massalariga xizmat ko`rsatish mumkin;

    4. Bu texnologiyada ekspluatatsiyaga ketadigan harajatlar eng kamdir – texnik xonalar yuzalarini, elektr energiyasi iste`molini va texnik qo`llab-quvvatlashni kamaytirish hisobiga.

    FTTx tarmoqlarini qurishning ikkita eng ko`p tarqalgan usullari Ethernet va PON texnologiyalari asosida FTTx tarmoqlarini qurishdir.
    1.2. PON FTTx texnologiyasi
    PON (passive optical networks) texnologiyasiga qo`yilgan birinchi qadamlar 1995 yilga to`g`ri keladi. Usha yili yettita kompaniya a`zolari (British Telecom, France Telecom, Deutsche Telecom, NTT, KPN, Telefonisa va Telecom Italia) dan tashkil topgan salmoqli guruh bitta optik tola orqali ko`p ulanishli tarmoq hosil qilishni hayotga tadbiq etish uchun konsorsium tashkil etishdi. ITU-T tomonidan qo`llab quvvatlangan ushbu jamlanma FSAN (full service access network) deb nomlandi. 90-yillar oxirida bu jamlanmaga operatorlar va qurilmani ishlab chiqaruvchilardan tashkil topgan ko`plab yangi a`zolar qo`shilishdi. FSAN maqsadi PON ulanish tizimi raqobat bozorida qurilmani ishlab chiqaruvchilar va operatorlar birgalikda ishlay olishi uchun PON qurilmalariga umumiy tavsiyanomalar va talablir ishlab chiqarishdan iborat edi. Hozirga kelib FSAN tarkibida 40 dan ortiq operatorlar va qurilma ishlab chiqaruvchilar mavjud va bu jamlanma ITU-T, ETSI va ATM forum kabi standartlashtiruvchi tashkilotlar bilan birgalikda faoliyat ko`rsatmoqda.

    PON – passiv optik tarmoqlar texnologiyasi. PON taqsimlash tarmog`i uzellarda passiv optik ajratgichlar qo`llaniladigan daraxtsimon optik tolali-kabelli arxitekturaga asoslangan, bu esa ma`lumotni keng oraliqda uzatishning iqtisodiy samaradorligini ta`minlaydi. Shuning bilan birgalikda PON texnologiyasida abonentlarning hozirgi va kelgusidagi talablarini hisobga olgan holda tarmoq uzellarini ham tarmoqning o`tkazish qobiliyatini ham samarali ravishda oshirish imkoniyati mavjud.



    OLTdan ONT ga uzatiladigan ma`lumotlar oqimi uchun, tarmoqdan abonentga ya`ni tug`ri oqimlar uchun 1550 nm, turli abonent tugunlaridan markaziy tugunga ma`lumotlar oqimini uzatish (teskari oqim) uchun 1310 nm tulqin uzunligi qo’llaniladi. OLT va ONT larda kirish va chiqish oqimlarini ajratish uchun WDM multtipleksorlari joylashgan (1.1-rasm).


    1.1-rasm. PON arxitekturasining asosiy elementlari
    Tug`ri oqimi - bunda optik signal darajasida shirokoveshatelny xisoblanadi. Xar bir ONT, adres maydonini o`qiydi va faqat uziga tegishli bulgan ma`lumotlar qisminigina oladi.

    Teskari oqimi - xamma ONT abonent tugunlari teskari oqimda mavjud bulgan tulqin uzunliklari buyicha uzatiladi, TDMA konsepsiyasini kullagan xolda. Xar xil ONT dan kelayotgan signallar tarkalib ketmasliklari uchun ularning yakka tartibda jadvallariga karaladi. Bu masalani esa TDMA MAC protokoli xal kiladi.


    Uzatish okimi va teskari okimning ishlash prinsiplari 1.2-rasmda keltirilgan.



    Download 3.24 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 3.24 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 3.24 Mb.