Xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 3.24 Mb.
bet4/18
Sana28.09.2020
Hajmi3.24 Mb.
#11766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1.7-rasm. Ethernet FTTH texnologiyasi (“yulduz” topologiyasi) bo`yicha tashkil qilingan tarmoq strukturasi
1.7-rasmda keltirilgan arxitektura har bir oxirgi qurilmadan mavjudlik nuqtasi (point of presence, POP)gacha ajratilgan optik tolali liniya (odatda Ethernet ma`lumotlarini uzatish 100BX yoki 1000BX texnologiyalari orqali bir modali, bir tolali kabellarni qo`llagan holda amalga oshiriladi) kerak bo`ladi. Bu optik tola kommutatorga ulanadi. Oxirgi qurilmalar yuqori qavatli uylarda, etajlarda joylashishi mumkin.

2. FTTX TEXNOLOGIYASI ASOSIDA X-NUQTAGACHA OPTIK TOLALI ALOQA LINIYALARINI LOYIHALASHTIRILISHI VA QURILISHI.

2.1 FTTx ning imkoniyatlari
FTTx texnologiyasini nomi Fiber-to-the-build/home ingliz tilidagi birinchi harflaridan iborat bo`lib, bu “har-bir uyga optika” degan ma`noni bildiradi. Bu termin hohlagan tarmoqda o`zining aloqa tugunidan aniq bir belgilangan joygacha (x- nuqtagacha) optik tolali kabeldan foydalanayotgan texnologiyani bildiradi. FTTx texnologiyasi kengpolosali tizim bo`lib abonentlar uchun yangi xizmat turlarini ko`payishi uchun yangi imkoniyatlar tug`dirdi. Analitiklarning hisobi bo`yicha FTTx texnologiyasiga ulanuvchilar soni 2013 yilda 2008 yilga nisbatan uch marta ko`payyadi va keng polosali simli tarmoqlarni 20% foizini tashkil qilar ekan.

FTTx texnologiyasi yoki optik aloqa tarmog`i orqali soniyasiga 100 yoki undan ortiq megabit ma`lumotni olish imkoniga ega bo`lgam tarmoq xisoblanadi. Bugun ko`p qavatli uylarda o`rnatilayotgan keng polosali telekommunikatsiya xizmatlarini ko`rsatuvchi portlarga ko`pchiligimiz e`tibor bermagan bo`lishimiz mumkin. Ammo unutmang, ular yordamida siz tezkor axborot uzatish, internet telekanallarni tomosha qilish, masofaviy ta`lim olish, uzoqdagi qadrdonlar bilan yoningizdagidek suhbatlashish imkoniga ega bo`lasiz. 

FTTx texnologiyasi, ya`ni keng polosali telekommunikatsiya xizmatlarini ko`rsatish axborot almashinishda tezkorlikka erishishning oxirgi yutuqlari sirasiga kiradi. Endi nafaqat internet, balki telekanallarni ko`rish, videotelefoniya xizmatidan foydalanishingiz mumkin.  Yaqin-yaqingacha telekommunikatsiya tarmog`ida misli kabellardan aloqa liniyalari yaratilar, bu telekommunikatsiya tarmog`ining asosiy infratuzilmasini tashkil etar edi. 80-yillar oxiridan boshlab raqamli uzatish qurilmalari joriy etilishi natijasida tarmoqda Hozirgi kunda mamlakatimizda deyarli barcha magistral, zonaichi va stansiyalararo aloqada optik tolali aloqa liniyalari qo`llanilmoqda. Tarkibida metall komponenti mavjud optik tolali aloqa liniyalarining asosiy ustunligi — kengpolosali, yuqori tezlikdagi trafik uzatish imkoniyati, tashqi elektromagnit ta`sirlarga kam ta`sirchanlik, hamda yuqori sifatidadir. 

Misol uchun, mis aloqa kabeli bir soniyada 2.5 megabit ma`lumot uzatsa, optik tolali aloqa bir soniyada bir terrabit yoki bir million megabit ma`lumotni uzatadi. Ya`ni samaradorlik 500 ming marotabaga oshadi. Optik tolali aloqa liniyalari ma`lumotni yorug`lik tezligida yetkazadi.  Kompyuter yoki mobil aloqa vositalaringizni ushbu texnologiya asosida ishlaydigan internetga ulash maqsadida bo`lsangiz, siz yashayotgan xonadonga optik aloqa liniyalarini olib kelgan internet provayderini aniqlang va ulanish shartlari, internet ta`riflari, tezligi va hududiy qamrovi bilan tanishib chiqing. 

Optik-tola turdagi aloqa ustunliklari:


  • Optik signallarning keng doiraliligi yuqori tezlikni ma`lumot o`tkazish imkonini beradi. Bu optik-tola liniyasi orqali soniyasi 100 megabitgacha tezlikda axborot yetkazish mumkinligini anglatadi;

  • Tolada yorqin signal so`nishi juda kam, bu esa signallarni regeneratsiya qilmay, 100 km va undan ortiq masofaga optik-tola liniyasini qurish imkonini beradi;

  • Mis kabel tizimlari, elektr uskunalarning (elektr yetkazib berish liniyalari, elektr dvigatel qurilmalar va hokazolar) elektrmagnit to`siqlar va ob-havo sharoitlariga chidamliligi; 

  • Ruxsatsiz foydalanishdan himoya. Optik-tola aloqa liniyalari orqali o`tadigan axborotni buzilmaydigan kabel usuli bilan deyarli tutib bo`lmaydi; 

  • Chidamliligi — optik-tola liniyalarining xizmat qilish muddati kamida 25 yilni tashkil etadi.

FTTx (Fiber To The “x”) senariysining yoyilishi FTTx arxitekturasining 3 parametri kombinatsiyasiga bog`liq:

  • "x" nuqta holati abonentda; abonentlar orasida va operator aloqa uzeli binosida (xonadon pod`ezdi, ko`chadagi shkaflarda va hokazo);

optik tarmoqlarda "x" nuqtagacha ma`lumotlarni etkazish agregatsiya/taqsimlash texnologiyasi; Faol Ethernet yoki har xil turdagi PONdan birortasi; o`tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish va/yoki tolalar miqdorini kamaytirish uchun spektral zichlashtiruvchi texnologiyalar (asosan, CWDM).

  • "x " nuqtadan keyin ulanish texnologiyasi

qoida bo`yicha, xDSL, Ethernet yoki mis kabel bo`yicha DOCSIS; simsiz ulanish (Wi-Fi) FTTx texnologiyasi guruxi o`ziga bir necha turdagi texnologiyalarni biriktiradi (2.1-rasmga qarang):

  • FTTA (Fiber To The Apartment) — yashaydigan uyning xonadonigacha optik kabel tolasini o`tkazish;

  • FTTB (Fiber To The Building) — binogacha optik kabel tolasini o`tkazish;

  • FTTC (Fiber To The Curb) — kabelli shkaf o`rnatilgan joygacha optik kabel tolasini o`tkazish;

  • FTTH (Fiber To The Home) — yashaydigan uygacha optik kabel tolasini o`tkazish;

  • FTTO (Fiber To The Office) — ofisgacha optik kabel tolasini o`tkazish;

2.2-rasmda FTTH texnologiyasi bo`yicha Internetga ulanishni tashkil etish tamoyili ko`rsatilgan. OLT - optical line terminal –optik liniya terminali (yakuni), stansiyada joylashgan, protokollarni qayta ishlashni, transportlashtirishni va axborotli xizmatlar oqimini taqsimlashni amalga oshiradi.

ONU - optical network terminator –optik tarmoq bloki, ulanish tarmog`i tomonda joylashgan va abonentlarga tarmoqqa ulanishni taqdim etish uchun xizmat qiladi. OLT va ONU optik uzatish tizimi orqali ulanadi, OLT, ONU ni boshqaradi, bir nechta ONUga ulanishi mumkin.

Har bir uyda, maxsus ajratilgan optik tolali kabel bilan splitterga ulangan ONT o`rnatilgan. Slitter bir nechta (<100) uylardan chiqqan tolalarni, TK provayderi tomonidagi OLT bilan bitta umumiy optik kabel orqali ulaydi.



2.1-rasm. FTTx tarmoqlarini qurish varianti.



OLT, optik/elektrik o`zgartirishni taqdim etadi va internetga internet-provayder marshrutizatori orqali ulanadi. ONTga ulangan abonentlar uy marshrutizatorlariga ulanadi va uy marshrutizatori orqali Internetga ulanish imkoniga ega bo`ladi. PON arxitekturasida OLT dan splitter orqali jo`natilgan barcha paketlar, splitter orqali qaytariladi.

INCLUDEPICTURE "http://webimages.a0.1000statics.com/sites/sinovo1_5274/FTTH 2.jpg" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "http://webimages.a0.1000statics.com/sites/sinovo1_5274/FTTH 2.jpg" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "http://webimages.a0.1000statics.com/sites/sinovo1_5274/FTTH 2.jpg" \* MERGEFORMATINET

2.2-rasm. FTTH bo`yicha internetga ulanish.



Download 3.24 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 3.24 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 3.24 Mb.