Xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 3.24 Mb.
bet6/18
Sana28.09.2020
Hajmi3.24 Mb.
#11766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

Tarixiy nuqtai nazaridan dastdab FTTH va FTTC echimlar paydo bo`lgan. Bugungi kunda FTTH taqsimlovchi “mis” infrastruktura mavjud bo`lgan joyda va optik tolali praklatka (qistirma) o`z harajatini qoplay olmaganda asosan byudjetbop va tez joriy etiladigan echim tariqasida qo`llanilmoqda. Bizda bu echim bilan bog`liq bo`lgan quyidagi qiyinchiliklar mavjud: mis kabellar kanalizatsiyasidagi maxsus muammolar bilan izohlanadigan taqdim etilayotgan xizmatlar sifatining balandmasligi, bir kabeldagi ulamalarning son va tezlik jixatdan ancha cheklanganligi.

FTTC – bu FTTx ning yaxshilangan varianti bo`lib undagi ba`zi kamchiliklarga barham berilgan. FTTC holatida asosan binolar ichida o`rnatilgan mis kabellar qo`llanilib, telefon kanalizatsiyasiga suv tushishi bilan bog`liq bo`lgan, liniyaning juda masofaviyligi va qo`llaniladigan mis simchalarning sifati bilan bog`liq bo`lgan muammolarga duch kelmaydi va bu o`z navbatida mis hududda katta tezlik bilan ma`lumotlar etkazilishiga erishishga imkon beradi.

FTTC birinchi navbatda xDSL yoki PON texnologiyalaridan foydalanuvchi operatorlar hamda kabelli televideniya operatorlari uchun mo`ljallangan bo`lib, mazkur arxitekturani amalga oshirish ularga kam harajatlar sarf etib ham xizmat ko`rsatilayotgan foydalanuvchilar sonini, ham ularning har biriga ajratilayotgan o`tkazish chizig`ini oshirishga imkon beradi. Dunyoda ulanishning mazkur turi ko`pincha Ethernet tarmoqlarning operatorlari tomonidan qo`llaniladi. Bu mis echimlar narxining arzonligi va shu bois optik kabellar montaji yuqori malakaviy bajaruvchini talab etishi bilan bog`liq.

Ma`lumki, rejalashtirilgan xizmatlar to`plami va ularni taqdim etish uchun zarur bo`lgan o`tkazish chizig`i FTTH texnologiyasini tanlashga bevosita ta`sir ko`rsatadi. Foydalanish tezligi qancha baland bo`lganligi sari va xizmatlar to`plami ko`p bo`lgani sari optika terminalga shunchalik yaqin kelishi lozim ya`ni, FTTH texnologiyasini qo`llash talab etiladi. Agar mavjud infrastruktura va qurilmani saqlab qolish birlamchi ahamiyatga ega bo`lsa, FTTB eng yaxshi tanlov bo`ladi.



FTTx tarmoqlarini Ethernet (ETTx) asosida qurishda qo`llanilishi mumkin bo`lgan yagona texnik sxema bo`lganligi bois FTTB arxitekturasi eng ko`p tarqalgan. Bundan tashqari, FTTH tarmog`ini yaratish uchun sarflanadigan harajatlar tizimida FTTC va FTTB variantlari o`rtasidagi farq nisbatan katta emas, bunda FTTB tarmog`ini ishlatishdagi operatsion harajatlar pastroq, o`tkazgich qobiliyati esa balandroq. FTTB arxitekturasi yangi qurilayotgan uylarda va yirik aloqa operatorlarida etakchilik qilmoqda, FTTN esa faqat yangi kam qavatli qurilishlarda talab etilmoqda. Birinchi navbatda bu uni amalga oshirish narxining FTTS/FTTB tarmoqlari narxiga nisbatan ancha balandligiga, o`tkazish chizig`ida foydalanuvchi uchun afzalliklar yo`qligi bilan tavsiflanadi.

2.4-rasm. FTTH/PONBox 16 da 1x8 bo`luvchining joylashishi


Motorolla kompaniyasining ekspertlari FTTN echimlarining tarafdorlari hisoblanishadi. Ular investitsiyalarning istalgan bir foydalanish texnologiyalarining hayotiylik sikli davomiyligini va foydalanish kanallarining o`tkazish qobiliyatiga bo`lgan talabning o`sishini solishtiradilar.

2.2 FTTH tarmoqlari arxitekturalari


Yildan yilga istemolchilar yangi turdagi multimediya xizmatidan foydalanish ehtiyoji oshib bormoqda. Bularga sifatli raqamli kabelli televideniya, keng spektrli ma`lumotlarni yetkazib berish xizmati, internet xizmatidan foydalanish, fayllarni almashish, videokonferensiyalarni tashkil qilish, telefon va bank xizmatlari, qo`riqlash xizmati tizimlari kabi xizmat turlari kiradi. Ushbu barcha xizmatlar zamonaviy kengpolosali tarmoq texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi.

Yangi turdagi optik tolalarning (siljigan dispersiyasi nolga teng bo`lmagan), keng polosali kvant optik kuchaytirgichlarning yaratilishi to`liq optik tizim va optik traktlarni qurish imkoniyatini yaratmoqda. Bunday texnologiyalardan 100 va 1000 Gbit/s o`tkazish oraliqli tizimlarni yaratishda foydalaniladi.

Optik tolalarni bosh stansiya va uzatish tizimlaridan abonent qurilmasigacha ishlatilish tartibiga qarab turli xil texnologiyalar yaratildi. Optik tarmoqlarda “oxirgi milya”da FTTx, FTTB, FTTH, FTTN va FTTC kabi texnologiyalari yaratildi.

FTTH – uy ichida optik toladan foydalanidigan texnologiyadir. Hozirgi vaqtda abonentlarni asosiy qismi ko`p qavatli uylarda istiqomat qilishidan kelib chiqan holda, FTTH texnologiyasi FTTB dan farqi shundaki bu texnologiyada optik tola abonentni alohida kvartiralargacha yetkazib beradi.

Yevropa davlatlarida FTTH texnologiyasini avj olishida asosan kommunal va munisipal xizmatlar shug`ullangan bo`lsa, hozirgi vaqtda yirik aloqa operatorlari o`z zimmasiga olishgan. AQSh va Yaponiyada FTTH texnologiyasini avj olishida asosan passiv optik tarmoqlar (Passive Optical Network, PON) bazasi xizmat qilmoqda.

O`zbekistonda esa ushbu texnologiyani qurish eng yirik shaharlarida va markazlarida rejalashtirilmoqda. Lekin ushbu tarmoq qurilishida va ulanishida katta miqdordagi sarf xarajatlarini talab qiladi.

Sarf xarajatlarni oshib ketishi sababi qurilmalarini va montaj xizmatlari bilan bog`liq. FTTB texnologiyasida optik tugun va mediakonvertor kabi o`zgartirgichlar bitta binoga (60-300 kvartirali) hisobiga o`rnatilsa, FTTH tarmog`ida esa har bir kvartiraga alohida o`rnatiladi. Passiv optik tarmoqlar PONdan foydalanganda esa bulardan tashqari multipleksorlar ham har bir abonentga o`rnatiladi. Bundan tashqari tarmoqni tashkil tashkil qilish uchun zarur bo`ladigan optik tola va shahoblagichlar (ravetvitel) soni ham ortib ketadi. Montajni narxi yuqoriligini yana bir sababi bu o`rnatiladigan va kavsharladigan optik krosslarning soni ham ko`proqdir. Agar FTTB tarmog`ida bitta binoga bitta optik kross o`rnatilsa, FTTH tarmog`ida esa har binodagi bir qavat hisobida o`rnatiladi.



Download 3.24 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 3.24 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 3.24 Mb.