1.6-rasm. «Daraxtsimon passiv optik tarmoqlagich» topologiyasi
1.2.2. PON FTTx texnologiyasi turlari
PON tarmoklari oilasining bir nechta turlari mavjud bulib ular eng avvalo bir biridan ma`lumot uzatishdagi tayanch protokollari bilan fark kiladi.
Ilk bor 90- yillarning o`rtalarida ishlab chikilgan texnologiyalardan APON ATM protokolini kullashga asoslangan. Bu texnologiyada uzatish tezligi tugri va teskari okim uchun 155 Mbit/s (simmetrik rejimda) yoki 622 Mbit/s tugri okimda va 155 Mbit/s teskari okimda (assimetrik rejimda) tezliklarini ta`minlaydi. Shu bilan birga bitta tolada abonent tugunlarining maksimal soni 32 tagacha bo`lishi mumkin.
Nomlanishi
|
Standart (Tavsiyalar)
|
APON (ATMPON)
|
ITU-T G.983.x Tavsiyalari
|
BPON(BroadbandPON)
|
ITU-T G.983.x Tavsiyalari
|
EPON(EthernetPON)
|
IEE 802.3ah/IEEE 802.3av standart
|
GPON(GigabitPON)
|
ITU-T G.984.x Tavsiyalari
|
1.1-jadval. PON texnologiyasi turlari
B-PON (Broadband PON) - keng polasali xizmatlar bilan birga Ethernet ulanish, analog va rakamli videolarni translyatsiya kilishni amalga oshiradi. A-PON ni takomillashtirilgan keng polasali xizmatlari uchun muljallangan variantidir Bu yerda uzatish va teskari okim tezliklari simmetrik rejimda 622 Mbit/s gacha yoki 1244Mbit/s va 622 Mbit/s assimetrik rejimda yetkazilgan.
E-PON- bunday tarmok texnologiyasi IP protokoli asosida bitta tolada abonent tugunlarining soni 16 (yoki 32) ma`lumot uzatish tezligi tugri va teskari okimda1 Gbit/s bulishi kuzda tutilgan. Ethernet formatida kadrlarni optik trakt orkali uzatishga asoslangan. Adibiyotlardagi tezligidan kelib chikkan xolda yana GEPON (Gegabit Ethernet PON) deb xam atashadi, bu texnologiya xam IEEE802.3ah standartiga tegishli.
Bunday sistemalarda ma`lumot uzatish masofasi 20 km gacha yetib boradi. Tugri okim uchun tulkin uzunligi 1490nm ishlatiladi, 1550 nm video ilovaning rezervi uchun muljallangan.
Ma`lumot uzatish tezligi -1244Mbit/s va 2488Mbit/s (assimetrik rejimda) xamda 1244 (simmetrik rejimda). Asosi uchun tanyach protokoli SDH tanlangan (anikrogi esa protokol GFP). Bitta tolada abonent tugunlarining soni 20 km masofa oraligida 32 (yoki 64) tagacha yetishi mumkin. Bu masofani 60 kmgacha chuzish mumkin. GPON ATM tarfigini, IP, ovoz va video xamda SDH larni kullaydi. Tarmok sinxron rejimda, doimiy kadr uzunligida ishlaydi. Skremblangan NRZ liniya kodi yukori utkazish kobiliyatini ta`minlaydi. Bu texnologiyaning eng katta kamchiligi bulib kurilmalarning kimmatligidir.
Quyida esa 3 turdagi PON texnologiyalarining bir-biriga takkoslangan jadvali keltirilgan. 1.2-jadval.
Shuningdek ITU-T tomonidan qabul qilingan xPON texnologiyasi uchun ayrim standartlar keltirilgan. 1.2-jadval.
Bunday sistemalarda ma`lumot uzatish masofasi 20 km gacha yetib boradi. Tugri okim uchun tulkin uzunligi 1490 nm ishlatiladi, 1550 nm video ilovaning rezervi uchun muljallangan.
Quyidagi 1.2-jadvalda PON texnologiyasi turlarining tavsiflari keltirilgan.
Tavsiflar
|
APON (BPON)
|
EPON
|
GPON
|
Standartlashtirish intstitutlari/ittifoklari
|
ITU-T SG150
/FSAN
|
IEEE/EFMA
|
ITU-TSG15/FSAN
|
Standart kabul kilingan sana
|
1998 oktabr
|
2004 iyul
|
2003 oktabr
|
Standart
|
ITU-T G 981.x
|
IEEE802.3ah
|
ITU-T G984.x
|
Tugri okim / teskari okimda uzatish tezligi , Mbit/s
|
155/155
622/155
622/622
|
1000/1000
|
1244/
155,622,1244
2488/
622,1244,2488
|
Tayanch (baza) protokollari
|
ATM
|
Ethernet
|
SDH
|
Liniyaviy kod
|
NRZ
|
8B/10B
|
NRZ
|
Tarmokning maksimal radiusi, km
|
20
|
20(<30)
|
20
|
Tugundagi maksimal abonentlar soni
|
32
|
16
|
64 (128)
|
Ilova
|
Turli
|
IP ma`lumotlar
|
Turli
|
FEO xatolarni tuzatish
|
Nazarda tutilgan
|
Yuk
|
Zarur
|
Tulkin uzunligi tugri okim/teskari okim, nm
|
1550/1310
(1480/1310)
|
1550/1310
(1310/1310)
|
1550/1310
(1480/1310)
|
Ma`lumotlar xavfsizligi
|
Ochik kalit bilan shifirlangan
|
Mavjud emas
|
Ochik kalit bilan shifrlangan
|
Zaxiralanganligi
|
Mavjud
|
Mavjud emas
|
Mavjud
|
Ovozli ilovalarni kullash sifati va QoS
|
Yukori
|
Past
|
Yukori
|
1.2-jadval. PON texnologiyasi turlarining tavsiflari
2.5. Ethernet FTTx texnologiyasi
Ethernet FTTx yechimida liniyalarni kommutatsiya qilish uchun optik portlarga yoki optik transiverlarga ega bo`lgan kommutatorlarni qo`llash nazarda tutiladi. Kommutatorlar Ethernet (GE yoki 10GE) “halqa” yoki “yulduz” topologiyasi bo`yicha birlashadi. Kommutator portlariga oxirgi abonent qurilmalari ulanadi. Masalaga bunday yondashish optik kanallarni zahiralash imkoniyati tufayli yuqori ishonchlilik darajasini ta`minlaydi va mavjud “mis” infrastrukturali tarmoqlar yoki tarmoq qismlari bilan moslashishni osonlashtiradi. Ethernet FTTx texnologiyasi kamchiliklariga tor o`tkazish oralig`i va masshtablashtirish imkoniyatlarining yetarli darajada emasligini keltirish mumkin.
Gigabit Ethernet texnologiyasi - IEEE 802.3 Ethernet texnologiyasining kengaytirilgan shakli bo`lib, paketlar strukturasi, formati va CSMA/CD protokolini qo`llashi, oqimlarni nazorat qilishi singari xususiyatlar yuqorida keltirilgan har ikki texnologiyada bir xildir. Faqatgina Gigabit Ethernet texnologiyasida unumdorlik IEEE 802.3 Ethernet texnologiyasiga qaraganda 10 ga karrali ravishda ortiqdir. Gigabit Ethernet texnologiyasi 10Mbps va 100Mbps Ethernet texnologiyalari bilan moslasha olishi tufayli dasturiy ta`minot, kabel strukturasi va xizmat ko`rsatuvchi personalni o`qitish uchun katta mablag` sarflamasdan ushbu texnologiyalardan Gigabit Ethernet texnologiyasiga o`tish mumkin.
Fast Ethernet standartida bo`lgani singari, Gigabit Ethernet standartida signalni kodlashtirish uchun universal sxema mavjud emas. 1000Base-LX/SX/CX standartlari uchun 8B/10B, 1000Base-T standarti uchun esa TX/T2 maxsus kengaytirilgan liniyaviy kod ishlatiladi. Kodlashtirish funksiyasini GMII muhitga bog`liq bo`lmagan interfeys ostida joylashgan PCS kodlashtirish sathi bajaradi. 1000Base-T –5 kategoriyali va undan yuqori bo`lgan eshilgan mis juft tolali kabel orqali 100 m masofagacha ma`lumotlarni uzatuvchi Gigabit Ethernet standart interfeysidir. Uzatish uchun mis kabelning barcha to`rt juft simlari ishlatiladi va ma`lumot uzatish tezligi bunda har bir juftlikda 250 mbit/s gacha yetadi. Bu standart dupleks uzatishni ta`minlaydi va bunda har bir juftlikdagi uzatiladigan ma`lumotlar bir vaqtning o`zida ikki yo`nalishda yuboriladi – ikkilangan dupleks ta`minlanadi.
|