Xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 3.24 Mb.
bet9/18
Sana28.09.2020
Hajmi3.24 Mb.
#11766
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18

Texnologik mustaqillik. Garchi Ethernet FTTH ning joriy konfiguratsiyalari gigabit Ethernet texnologiyasini qo`llashi mumkin bo`lsada, u keyingi 30-40 yil ichida o`z dolzarbligini yo`qotishi mumkin.

Biroq, bir modali opto tolali liniya har qanday yangi uzatma texnologiyasini ko`tara oladigan muhit hisobalanadi. Bundan tashqari, ayrim holatlarda korporativ abonentlarni ulash uchun opto tolali texnologiyalar, masalan SONET/SDX yoki Fibre Channel qo`llaniladi. Bu texnologiyalar Ethernet FTTH kengayadigan opto tolali liniyalar bo`yicha kengaytirilishi mumkin, ko`p hollarda esa ayni bir xil agrigatlash Ethernet platformalaridan foydalanib. O`tkazish chiziqlari migratsiyasi bir modali opto tolali liniyalar qo`llanilmaydigan texnologiyalar va ma`lumotlarni etkazish tezligiga bog`liq bo`lmaganligi bois bir abonent tezligini boshqalarning ishiga ta`sir ko`rsatmagan holda osongina oshirishi mumkin. Bu bugungi kunda Fast Ethernet texnologiyasidan foydalanuvchi abonentning opto tolali liniyasining kommutatorning boshqa portga oddiy o`tishi va faqat abonent binosidagi Ethernet qurilmaning almashtirilishi hisobidan keyingi yilda boshqa Gigabit Ethernet ga o`tishi mumkinligini anglatadi. Bu o`zgarishlar Ethernet FTTH tarmog`idagi boshqa abonentlar ishiga hech qanday ta`sir ko`rsatmaydi.

Abonent liniyalarining ajratilishi. Abonent liniyalarining ajratilishi – bu Ethernet FTTH arxitekturalariga xos bo`lgan xususiyatdir. U PON daraxtidagi uzatma muxitining umumiy xususiyati tufayli passiv optik tarmoq arxitekturasida qiyin amalga oshiriladi. Abonent liniyalarining ajratilishi prinsipini amalga oshirish Evropadagi ba`zi yangi kompaniyalar tomonidan FTTH texnologiyasini tanlashning asosiy me`zoni bo`lib xizmat qildi, chunki ular bir necha servis provayderlari opto tolali foydalanish tarmog`i infrastrukturasiga kirish huquqiga ega bo`ladigan tarmoqni qurishga intiladilar.

3. FARG`ONA TUMANIDAGI YANGI BARPO ETILGAN “MINGDONOBOD”AHOLI YASHASH MASKANINI FTTx USULI (TIZIMIDA ) TELEFONLASHTIRISH


Bitiruv ishini ushbu bo`limida FTTB texnologiyasini mahaliy telefon tarmog`i uchun loyihalashtiriladi. Bu bo`limda PON va Ethernet tarmoqlarini qurilmalarini turlari va aloqa sxemalari, kabel liniyalari sxemalarini har biri tahlil qilinadi va tanlanadi. Bundan tashqari qurlmalar va armaturalari soni hisoblanib, Triple play xizmatini taqdim qilish uchun tarmoq texnologiyalari sxemalari tahlili ko`rib chiqiladi.
3.1. Kabel montaji texnologiyalari
Triple play xizmati mahaliy telefon tarmog`i uchun taqdim qilinadi. Optik kabellar elektr uzatish liniyalari tayanch ustunlari (stolba LEP 0,4 kVt) orqali temir betonlarga osiladi. Tayanch ustunlarni joylashuv sxemasi 3.1-rasmda ko`rsatilgan.


3.1- rasm. Tayanch ustunlari va osilgan kabellarni joylashuvi sxemasi

Nuqtalar bilan - temir beton tayanch ustunlari belgilangan. To`liq qora chiziqlar bilan – osilgan optik kabellar ko`rsatilgan. Kvadrat belgi - magistral kabelni ulanish joyi, Ethernet va PON qurilmalari o`rnatilgan joy.

Optik kabellar tayanch temir beton stolbalarga osiladi. Qisqichlar orqali kabel ushlanib, kerakli tarzda tortiladi va qisqichlar kronshteynga qotiriladi. Ortib qolgan zahira kabellar saqlagich korobkalarda qoladi. Kabelni tarmoqlash va ulash muftalarda amalga oshiriladi.

2. Loyihani PON texnologiyasi orqali amalga oshirish



Stansiya qurilmalari ulana olish va kirish hududi uzelida joylashtiriladi. Stansiya qurilmalari quyidagi asosiy elementlardan iborat bo`ladi:

  • shkaf -19U shkaf;

  • stansiya terminali (OLT);

  • SC16 1U - optik kross.




Download 3.24 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Download 3.24 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 3.24 Mb.