• FTTx
  • Xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 3.24 Mb.
    bet18/18
    Sana28.09.2020
    Hajmi3.24 Mb.
    #11766
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
      Bu sahifa navigatsiya:
    • FTTx
    3.20 - rasm. GJS-6007 – muftasi.
    Kabelni tayanch stolbalarga osish va montaj ishlarini yollanma brigada bajaradi. Brigadada mehnat shartnomasida kiritilmagan montaj-qurilish asbob-anjomlariga ega bo`ladi. Keyinchalik ushbu brigada bajargan ish haqlariga kronshteynlarni qotirish, kabelni stolbalarga tortish, muftlarni mahkamlash, abonentni binosiga kabelni kiritish kabi qilingan ishlarga qarab hisoblanadi.
    3.6. Loyihani PON texnologiyasi orqali amalga oshirish uchun stansiyaviy uskunalarni tanlash.
    1.OLT va ONU stansiyaviy uskunalari

    OLT stansiyaviy uskunasiga qo`yiladigan talablar:



    • EPON Interfeysi, 23 abonentni portga ulash imkoniyati mavjud bo`lishi lozim;

    • mavjud IP tarmoqga ulanish uchun Ethernet Interfeysi;

    • IGMP, IGMP snoping, VLAN bilan quvvatlanishi;

    • olislikdagi ONU ni boshqarish

    ONU stansiyaviy uskunasiga qo`yiladigan talablar:

    • Kirish optik kabeliga ulanish uchun EPON interfeysi;

    • Triple Play (Internet, golos, video) xizmatlari qurilmalariga ulanish uchun uchta interfeys;

    • VLAN bilan quvvatlanishi.

    Bu yerda eng asosiy faktor qurilmani narxi hisoblanadi. Ushbu qurilmalarni narxi 8349900 so`mdan-37050000 so`mgacha baholanmoqda. Bu esa qurilmani funksionalligiga va ishlab chiqaruvchini taniqligiga bog`liqdir.
    3.4-Jadval. OLT va ONU stansiyaviy uskunalarni narxi

    Oborudovaniye OLT, ONU

    Sena rub

    Sumda

    Corecess







    S102 mini GEPON OLT

    128460

    8349 900

    3900 Gateway ONU

    9570

    622 050

    Elteks






    LTE-8ST (OLT)

    214 244

    13925 860

    NTE-2 (ONU)

    7469

    495 485

    NTE-RG-1402 (ONU)

    8000

    520 000

    ZyXEL






    OLT-1308H

    570000

    37 050 000

    ONU-631HA

    9409

    611 585

    ONU-634HA

    10146

    659 490

    D-Link






    DPN-3012-E (OLT)

    158838

    10 324 470

    DPN-304T (ONU)

    17670

    1 148 550

    DPN-304L (ONU)

    10170

    661 050

    «Elteks» firmasi ishlab chiqarayotgan OLT LTE-8ST boshqa iste`molchilar tomonidan ekspluatasiya qilinmoqda va ushbu stansiyaviy uskuna haqida ijobiy fikrlar bildirilgan. Bundan tashqari ushbu model narxi jihatidan ham, yuqoridagi talablarga javob berishiga qarab OLT LTE-8ST modelini tanlaymiz.

    OLT LTE-8ST –qurilma quyidagi funksiyalarni bajaradi:

    QoS xizmat sifati mexanizmlari bilan mos keladi va quvvatlaydi, 802.1p standartiga mos ravishda TurboGEPON poti sathida har xil turdagi trafiklar bilan ishlay oladi va egallaydi;



    • VLAN tarmog`ini tashkil qiladi VLAN (VLAN 0-4094 identifikatori diapazonida);

    • IGMP Snooping v1/2/3, IGMP proxy - yordam beradi.

    Gepon LTE-8ST texnik xarakteristikalari:

    • 8-tagacha TurboGEPON standartlarga javob beruvchi portlari mavjud;

    • IP- tarmoqga chiqish uchun SFP-moduliga o`xshash 1000 Base-LX Gigabit uplink interfeysini 4-ta shassisi mavjud;

    • IP- tarmoqga chiqish uchun RJ-45 1000 Base-T Gigabit uplink interfeysini 4- raz`yomi mavjud;

    • Kabel televideniyasi xizmatini taqdim qilish uchun ma`lum bir aniq to`lqin uzunligini (1,55 mkm) zahiralash imkoniyati mavjud.

    LTE-8ST qurilmasida OLT dan ONU ga optik kanalda signalni uzatish uchun SFP xPON 2,5 GE modulidan foydalaniladi. Bu modulni qiymati -435 175 so`m.

    2. Abonent terminali (ONU) terminali. NTE-RG-1402 – abonent terminali (ONU) - undan yuqorida turuvchi passiv optik tarmoq bilan aloqani o`rnatish va oxirlashdagi iste`molchiga keng polosali kirish xizmatlarini taqdim qilish uchun mo`ljallangan. GEPON tarmoqlari bilan aloqa PON-interfeyslari vostialari orqali amalga oshirilsa, mijozni oxirlash qurlimalarini ulash uchun Ethernet interfeyslari xizmat qiladi.



    3.21 - rasm. ONU NTE-RG-1402- abonent terminali (ONU)


    ONU NTE-RG-1402- abonent terminali (ONU) quyidagi funksiyalarni bajaradi:

    • IEEE802.3ah standartida bilan ishalaydi;

    IEEE802.1Q standartiga mos ravishda VLAN tarmog`ini qo`llab-quvvatlaydi ;

    • IGMP snooping ko`padresli jo`natishlarni filtrasiyalaydi;

    • OLT orqali OAM protokoli vositalari orqali to`liq boshqarishni o`z zimmasiga oladi.

    3. Splitterlar. Splitterlarga quymidagi talablar qo`yiladi:

    • Signalni 23-ta yo`nalishga tarqatish;

    • 1310, 1490, 155 to`lqin uzunligida ishay olishi lozim;

    • SC/APC konnektorlariga ulana olish uchun raz`yomlarga ega bo`lishi lozim.

    PLC 1/32 Splitteri 1260-1650 to`lqin uzunliklarida ishlay oladi va SC ozirlash raz`yomlariga egadir, bu splitterni qiymati - 537 550 so`m.

    3.22- rasm. PLC - Splitter 1/32 – korpusi rasmi.


    Loyihada kerak bo`ladigan boshqa uskunalar: patchkordlar, pigteyllar, krosslar va rozetklar keng traqalgan va turli tiplari mavjud bo`lib, ularni tanlashda unchalik qiyinchiliklarga duch kelmaymiz.
    3.7. Loyihani Ethernet texnologiyasi orqali amalga oshirish uchun stansiyaviy uskunalarni tanlash
    Loyihani Ethernet texnologiyasi orqali amalga oshirishda aktiv qurilmalarini tanlashda Planet va D-Link firmalari ishlab chiqargan uskunalardan namunalar olindi. Quyida bir xil xarakteristikali uskunalarni narxlari asosida tuzilgan jadval keltirilgan.

    3.5- Jadval. D-Link va Planet qurilmalari narxlari jadvali



    Planet

    D-link

    PLANET FGSW-2624SF - kommutatori

    (24 SFP - bilan birga)

    848 250 so`m


    DES-3200-28F – kommutatori

    (24 SFP - bilan birga)

    1 253 590 so`m


    FGSW-2620VM v2 - kommutatori

    (24 100BASE-T -bilan birga)

    412 230 so`m


    DES-3200-28 – kommutatori

    ( 24 100BASE-T – bilan birga)

    665 535 so`m

    Planet firmasi ishlab chiqarayotgan qurilmalar bir muncha arzon bo`lsada, sifat jihatidan yuqoridagi talablarga javob bermaydi. Amaliyotda shu narsa aniqlandiki Planet firmasi ishlab chiqarayotgan qurilmalar ekspluatasiya jaayonida tez ishdan chiqadi va uni ta`mirlash uchun ketgan xarajatlar ko`payadi. D-link firmasi taklif qilayotgan qurilmalar qimmat bo`lsada barcha talablarga javob beradi va ekspluatasiya paytida muammolar bo`lmaydi. Shu sabablarga ko`ra Ethernet kommutatorlari sifatida D-link SFP modulli kommutatorini tanlaymiz.

    1. SFP modulli Ethernet kommutatorlari.

    Ethernet kirish sath kommutatoriga qo`yiladigan talablar:

    Abonentlarni ulash uchun 100Base-FX SFP – 24-ta porti mavjud bo`lishi lozim;

    Tarqatish sathiga ulanish uchun Gigabit SFP - 2 porti mavjud bo`lishi lozim;

    VLAN, IGMP/IGMP-snooping bilan brga ishlashi va qo`llab-quvvatlanishi lozim.

    DES-3200 kommutatorlari 2-seriyali xStack sathli D-Link boshqariluvchi kommutatorlar lineykasi tarkibiga kiradi. 2-seriyali xStack sathli D-Link boshqariluvchi kommutatorlari Metro Ethernet (ETTX i FTTX) tamoqlari uchun mo`ljallangan.



    Qurilma Gigabit/SFPni 4-ta kombo-portlarini qo`llovchi dizaynga ega bo`lib, Ethernet tarmog`ini ikkilik xalqa topologiyasida 4Gbit/s o`tkazish polosasini ta`minlab beradi. DES-3200-28F Kommutatori Metro Ethernet tarmog`i uchun 20 kilmetrgacha masofada ulanishni ta`minlab beradi.

    3.23- rasm. DES-3200-28F kommutatori

    VLAN

    DES-3200-28F kommutatorini asosiy xarakteristikalari:



    • 802.1Q Tagged VLAN

    • 802.1v VLAN asosidagi protokol

    • Port asosidagi - VLAN

    • MAS-adreslari asosidagi - VLAN

    • VLAN Trunking

    • Port asosidagi - Q-in-Q

    • 2-sathli Ko`p adresli jo`natishlar:

    • IGMP Snooping:

    • IGMP v1/v2 Snooping, IGMP v3 Awareness

    2. SFP (Small Form-factor Pluggable) — kompaktli uzatuvchi-qabulqiluvchi (transiver) moduli

    SFP moduliga qo`yiladigan talablari - SFP - 1310-1625 nm to`lqin uzunligida qabul qilish va uzatish uchun bitta birmodali tolada ishlashi lozim.

    Optik kabellar uchun SFP-transiverlari ikki yo`nalishli DEM-220T/220R* Fast Ethernet - bu tashqi transiverlar bo`lib, bitta optik tolada qabul qilish va uzatish maqsadida SFP (Small Form-Factor Pluggable) portlarini o`rnatish uchun yaratilgan qurilmadir. SFP modulini narxi – 121875 so`m.

    SFP modulini asosiy xarakteristikalari:


    • Standart: IEEE 802.3ah 100BASE-BX

    • To`lqin uzunligi: Tx: 1550nm, Rx: 1310 nm

    • Razyemi: Simpleksli - LC

    • Optik tola turi: 9/125 mkm bir tolali optik kabel

    • Ma`lumotlarni uzatish masofasi: 20 km – gacha.

    • Uzatish quvvat diapozoni: 14 dBm dan - 8 dBm –gacha.

    • Qabul qilish quvvat diapozoni: 32 dBm dan -3 dBm –gacha.

    • Optik qabul qilish sezuvchanligi: -32 dBm

    • Min. byudjet quvvati: 18 dB

    • Maks. byudjet quvvati: 30 dB

    3. CPE-Abonent qurilmalari

    CPE-Abonent qurilmalariga qo`yiladigan talablar:



    • Trafikga (tovush, ma`lumotlar, video) ishlov berish qurilmasiga ulanish uchun – 3-ta interfeys mavjud bo`lishi lozim;

    • VLAN, IGMP, QoS funksiyalarini qo`llab-quvvatlash;

    • 100 Mbit/s - SFP interfeysi

    4.DIR-100/F- Marshrutizatori

    DIR-100/F Marshrutizatori – dasturlash ta`minoti qurilmasini versiyasiga bog`liq ravishda VLAN kommutatori yoki Triple play marshrutizatori funksiyasini vazifasini bajaradi. DIR-100/F marshrutizatori narxi - 152 000 so`m



    3.24- rasm. DIR-100/F- Marshrutizatori


    DIR-100/F- Marshrutizatorini asosiy xarakteristikalari:

    • WAN-interfeysi: 10/100Mbit/s optik konnektorlari uchun Small Form-factor Pluggable(SFP) - 1 port

    • LAN Interfeyslari : 10/100BASE-TX Ethernet - 4 –ta porti

    • VLAN, IGMP, QoS funksiyalarini qo`llab-quvvatlaydi.

    5.Mediakonvertorli Ethernet



    Ethernet kirish sath kommutatoriga qo`yiladigan talablar:

    • Mediakonvertor orqali CPE qurilmasiga ulanish uchun 24-ta interfeys bo`lishi lozim;

    • Tarqatuvchi tarmoqga ulanish uchun Gigabit Ethernet 2-ta porti bo`lishi lozim;

    • VLAN, IGMP/IGMP-snooping funksiyalarini qo`llab-quvvatlashi lozim.

    Ushbu talablarni DES-3200-28 kommutatorlari bajarishi mumkin. ы DES-3200-28 kommutatorlari misli simlarda Fast Ethernet tezliklariga ulanishni ta`minlaydi. Ushbu qurilma Gigabit/SFPni 4-ta kombo-portlarini qo`llovchi dizaynga ega bo`lib, Ethernet tarmog`ini ikkilik xalqa topologiyasida 4Gbit/s o`tkazish polosasini ta`minlab beradi.

    3.25- rasm. DES-3200-28 kommutatori


    DES-3200-28 kommutatorlarini asosiy xarakteristikalari:

    1. Interfeyslari:



    • 10/100BASE-T - 24 porti

    • 1000BASE-T/SFP - 4 kombo-porti

    • 2-stahli ko`padresli jo`natish

    2. IGMP Snooping:

    • IGMP v1/v2 Snooping, IGMP v3 Awareness

    3. VLAN:

    • 802.1Q Tagged VLAN

    • VLAN protokoli asosida- 802.1v standarti

    • Port asosidagi VLAN

    • MAS-adreslari asosidagi - VLAN

    • Port asosidagi Q-in-Q

    • Selective Q-in-Q

    6.Mediakonvertor

    DMC-920R mediakonverterlari Ethernet 10/100BASE-TX va 100BASE-FX tarmoqlari uchun «eshilgan juftlik – bitta toladan iborat birmodali optik kabel» interfeyslarini o`zgartirshni amalga oshiradi. DMC-920T va DMC-920R qurilmalari bitta optik tolada 1310 nm va 1550 nm to`lqin uzunliklarida bir vaqtni o`zida 20 km. oraliq masofagacha signallarni uzatishni va qabul qilish imkoniyatini yaratadi. Bunday qurilmani narxi – 247 000 so`m.

    DMC-920R mediakonverterlarini asosiy xarakteristikalari:

    1.Optik interfeyslari:



    • to`lqin uzunligi 1550 nm (uzatkich- DMC-920T va qabulqilgich-

    DMC-920R), 1310 nm (uzatkich DMC-920R va qabulqilgich- DMC-920T)

    • uzatkichni quvvati -18-7 dBm (DMC-920T), -15…-7 dBm (DMC-920R)

    • qabul qiluvchini sezuvchanligi -32 dBm

    • Energetik potensiali - 14 dB (DMC-920T), 17 dB (DMC-920R)

    7. Shassi:

    Qurilmalarni joylashtirish, elektr ta`minoti va mediakonvertorlarni boshqarish uchun shassidan foydalangan ma`quldir.

    DMC-1000 shassisi 16 slotlarni ulash uchun mo`ljallangan bo`lib, uning bahosi 564 850 so`mni tashkil qiladi.

    8. CPE - Abonent qurilmalari

    CPE - Abonent qurilmalariga qo`yiladigan talablar:


    • Trafikga (tovush, ma`lumotlar, video) ishlov berish qurilmasiga ulanish uchun–3-ta interfeys mavjud bo`lishi lozim;

    • VLAN, IGMP, QoS funksiyalarini qo`llab-quvvatlash;

    • Mediakonvertor orqali tarmoqga ulanish uchun 10/100BASE-TX Ethernet interfeysi bo`lishi lozim.

    8. DIR-100 -Marshrutizatori

    DIR-100 Marshrutizatori–dasturlash ta`minoti qurilmasini versiyasiga bog`liq ravishda VLAN kommutatori yoki Triple play marshrutizatori funksiyasini vazifasini bajaradi. DIR-100/F marshrutizatori narxi–111 720 so`m



    3.26- rasm. DIR-100–Marshrutizatori


    DIR-100 - Marshrutizatorini asosiy xarakteristikalari:

    • Portlari soni - 10/100BASE-TX 5-ta porti;

    VLAN:

    • IEEE 802.1Q Tagged VLAN

    • Port asosidagi - VLAN

    • Guruhlar soni - VLAN: 8

    • Guruhlab jo`natish - IP

    • IGMP Snooping v1, v2, v3

    Bitiruv ishini liniya va stansiya uskunalarini tanlash bo`limida tahlil qilib o`tilgan PON va Ethernet texnologiyalari taqqosiy natijalariga qarab, PON texnologiyasi qurilma va uskunalari konstruktiv va sxemalarini murakkabligi jihatidan ancha qimmatroq ekanligi ma`lum bo`ldi.

    Ethernet uchun uskunalarni tanlash va ularni Ethernet kommutatorlariga ulash kam sonli abonentlar uchun qulaydir. Agarda abonetlar soni ko`paysa tarmoqni kengaytrish imkoniyati ham mavjud. Agarda PON texnologiyasini qo`llaganimizda esa daraxtsimon topologiyada ulanuvchi OLT portlari ancha qimmat turadi, mabodo abonentlar soni ko`paysagina narxi bir muncha tushadi. Ethernet texnologiyasi uskunalarini tanlash bir muncha arzon va qulay hisoblanadi.

    XULOSA

    Yildan yilga iste`molchilar yangi turdagi multimediya xizmatidan foydalanish ehtiyoji oshib bormoqda. Optik tolalarni bosh stansiya va uzatish tizimlaridan abonent qurilmasigacha ishlatilish tartibiga qarab turli xil texnologiyalardan optik tarmoqlarda “oxirgi mil”da FTTx, FTTB, FTTH, FTTN va FTTC kabi texnologiyalari yaratildi. Mazkur bitiruv ishida FTTx texnologiyalari asosida telefon tarmoqlarining xizmat turlarini loyihalashtirish va keng polosali ulanishlarda raqobatli texnologiyalardan PON (passiv optik tarmoq) va Ethernet texnologiyalarini mahaliy telefon tarmog`i uchun tanlash amalga oshirildi.



    Ushbu bitiruv ishida quyidagi asosiy masalar ko`rib chiqildi. BI dastlabki bo`limlarida optik tarmoqlarda FTTx texnologiyalari va FTTx texnologiyalarida qo`llaniladigan optik komponentlari tahlil qilindi. Keyingi bo`limlarida loyihada foydalaniladigan optik tarmoq komponentlaridan SFP Moduli va D-link Mediakonvertorlari tahilil qilindi.

    FTTx texnologiyasini mahaliy telefon tarmog`i uchun loyihalash bo`limida PON va Ethernet tarmoqlarini qurilmalarini turlari va aloqa sxemalari, kabel liniyalari sxemalarini har biri tahlil qilindi va tanlandi. Bundan tashqari qurilmalar va armaturalari soni hisoblanib, Triple play xizmatini taqdim qilish uchun tarmoq texnologiyalari sxemalari tahlili ko`rib chiqildi. EPON texnologiyasi Ethernetga qaraganda sxemotexnik jihatdan bir qator afzalliklarga egadir. O`tkazilgan tahlil natijaralariga ko`ra malakaviy bitiruv ishida FTTx texnologiyasi Ethernetga qaraganda sxemotexnik jihatdan bir qator afzalliklarga ega EPON qurilmalari asosida loyihalashtirish tanlanadi.



    Mazkur bitiruv malakaviy ishida liniya va stansiya uskunalarini tanlash bo`limida loyihada foydalaniladigan quiydagi optik anjomlar va uskunalar xarakteristikasi va iqtisodiy jihatdan kelib chiqqan holda tanlanadi:

    • Optik kabel va montaj uskunalari tanlandi;

    • Loyihani PON va Ethernet texnologiyasi orqali amalga oshirish uchun stansiyaviy uskunalarni tanlandi.



    Download 3.24 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




    Download 3.24 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 3.24 Mb.