Xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 3.24 Mb.
bet16/18
Sana28.09.2020
Hajmi3.24 Mb.
#11766
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
3.15- rasm. PON tarmog`ida Triple play xizmatlariga kirishni logik modeli

3.16- rasm. OLT-BRAS uchastkasida VLAN stekirlash usulini qo`llash


Bitiruv ishini ushbu bo`limida ko`rib o`tilgan loyihalash sxemalarni tahlili natijasida aniqlandiki, EPON texnologiyasini afzalliklari ko`proq ekan.

EPON qurilmalari hajm jihatidan ham ancha kichik bo`lib, mediakonvertorli Ethernet texnlogiyasiga taqqoslaganda mediakonvertor uchun shassini katta qismini egallaydi.

EPON texnologiyasida murakkab texnologik qurilmalarni bo`lmaganligi sabali eksplutatsiya qilish jarayoni ishonchli va osondir.

Liniyali uchastkada optik tolalar soni ikki texnologiyada ham bir xildir.

O`tkazish polosasi 24-ta mijozga 20 Mbit/sek dan bir xilda taqsimlangan. EPON texnolgiyalari abonentlari uchun uzatish tezligi 2,5 Gbit/sek yoki 2560 Mbit/sek bo`lganligi uchun, har bir mijozga ONU dan OLTga 2560/24=106 Mbit/sek tashkil qiladi. Ethernet uchun har bir mijozga 1000/24=41 Mbit/sek. tashkil qiladi.

EPON va Ethernet qurilmalarida trafikni uzatish va unga ishlov berish uchun bir xil tarmoq texnologiyalari qo`llaniladi.

Shunday qilib EPON texnologiyasi Ethernetga qaraganda sxemotexnik jihatdan bir qator afzalliklarga egadir. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda malakaviy bitiruv ishida FTTH texnologiyasini Do`stlik mahallasidagi yangi tipdagi kottedjlar uchun EPON qurilmalari asosida loyihalashtirish tanlanadi.

Liniya va stansiya uskunalarini tanlash. Bu bo`limda liniya va stansiya uskunalari parametrlari uchun bir qator talablari asosida loyihalashda qo`llanililadigan komponentlar va uskunalarni turlari tanlanadi. .


3.5 Optik kabel va montaj uskunalarini tanlash
Loyihalashtirishda qo`llaniladigan optik kabelga qo`yilgan talablar:

Tarqatuvchi va abonent uchastkalaridagi havoda osilib turuvchi kabellar uchun optik tola (ITU-T) Xalqaro Elektroaloqa Ittifoqi tavsiyasiga G652D seriyali tavsiyasiga mos kelishi lozim. Bunda «bir modali optik tolani va kabellarini xarakteristikalari» 1383 nm to`lqin uzunligida so`nish qoldig`ini ko`tarilishi bo`lmasligi lozim va ular 1310 – 1650 nm keng spektral diapozonlarda CWDM tizimlar bilan ishlatilishi mumkin bo`lsin.

Tolalar soni tarqatuvchi uchastka uchun 24-ta, abonent uchastkalarda esa 2-tolani tashkil qilishi lozim.

Kabelni konstruksiyasi birmodulli bo`lib, elektr kuchiga bardoshli bo`lib, elektr yoritkichlari stolbalarida tayanch usutunlarga (LEP 0,4 kV) osilishiga mo`ljallangandir. Tayanchlar orasidagi masofa 60 metrdan oshib ketmasligi lozim.

Bugungi kunda MDH davlatlarida OT kabellarni ishlab chiqarayotgan quyidagi kabel zavodlari mavjud: ZAO ”OKS 01”, OOO ”Saranskkabel-Optika”, ZAO ”Sevkabel-Optik”, Integra-Kabel, IOOO ”SOYuZ-KABEL”, ZAO ”TRANSVOK”, OOO ”Yevrokabel I”, ZAO ”MOSKABEL-FUDJIKURA”, OAO ”ODESKABEL”, OOO ”OPTEN”, ZAO ”OFS Svyazstroy-1 VOKK”, OOO ”Eliks-Kabel” va boshqalar.

3.1-jadval Optik kabellarni bahosi



OKS-01 (Sankt-Peterburg)

Rublda

So`mda

OPK-02T02-7,5/0,3

23 960 rub/km

1 557 400 sum/km

OPK-24T04-7,5/0,3

38 350 rub/km

2 492 750 sum/km

Yevrokabel (Moskovskaya oblast)




OPS 6 kN -2 tolali

18300 rub/km

1 189 500 sum/km

OPS 6 kN -24 tolali

26000 rub/km

1 690 000 sum/km

Moskabel-Fudjikura (Moskva)




OKPS-10A-01-0,22-2-(6,0)

21 932 rub/km

1 425 580 sum/km

OKPS-10A-01-0,22-24-(6,0)

28 532 rub/km

1 854 580 sum/km

«Saranskkabel Optika»




OKTs-0,22-2P (7kN)

33800 rub/km

2 197 000 sum/km

OKTs-0,22-24P (7kN)

47000 rub/km

3 055 000 sum/km

Ushbu 3.1-jadvalda 2 va 24 tolali kabellarni ishlab chiquvchi zavodlar va kabellarni narxi keltirilgan.

ZAO «OKS 01» zavodi 2007 yildan boshlab - «Corning» firmasini SMF-28e+ markali kabelini ishlab chiqarmoqda.

OPK markali optik kabellar tayanch ustunlarida osiladigan, binolar va inshoatlar orasida, metropoliten va tonnellarda yotqizish uchun mo`ljallangan kabellarni ishlab chiqarmoqda.

Kabelni strukturasi:

Optik tolalari bir bog`lamli guruhlashtirilgan bo`lishi mumkin. Gidrofob bilan to`ldirilgan plastik trubali bo`lib, po`lat mustahkam ruhlangan simlar bilan qoplangan, 1670 Mpa uzilish qarshiligiga egadir. Polietilen Tashqi qobiq bilan mustahkamlangan.


3.17- rasm. OPK Kabeli.


OPK Kabeli quyidagi xaraakteristikalarga ega:

Kabeldagi optik tolalar soni - 2 va 24 ta.

Statik tortilish kuchayish turg`unligi - 7,5 kN

Ezilish kuchayishi turg`unligi – 0,3 kN/sm.

Urilish ta`siriga turg`unligi - 20 Dj.

Egilish radiusi – 170 mm.

Kabelni o`lchamlari – 4,0/8,4mm.

3.2



Download 3.24 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Download 3.24 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 3.24 Mb.