Xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 3.24 Mb.
bet15/18
Sana28.09.2020
Hajmi3.24 Mb.
#11766
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18

3.13- rasm. Mediakonvertordan foydalangan holda Ethernet texnologiyasini loyihalashtirishda abonent uchastkasini sxemasi


Iste`molchini SHEHM UTP CAT5e patchkord orqali CPE ga ulanadi. Abonent qurilmasini turiga bog`liq holda abonent CPEga 4-tagacha SHEHMni kabel orqali ulanishi, uchtagacha simsiz Wi-Fi qurilmasi yordamida ulanishi va ikkitagacha telefon apparati, televizordan foydalanishi mumkin.
3.3. FTTB- ko`p kvartirali uylargacha optik tola.
Oxirgi vaqtlarda ko`pgina aloqa operatorlari misli telefon o`rniga “ko`pkvartirali uylargacha optik tola” tendensiyasini oldinga surishmoqda. Bu esa, optik tola narxi keskin pasayib ketishi bilan birgalikda, optik uzatish qurilmalarini narxi bilan ham bog`liqdir. Ko`pkvartirali va ko`pqavatli aholi yashaydigan uylar asosan osiq holda ishlatiladigan optik kabellar bilan amalga oshirilmoqda. Kabelni havoda tayanch vositasi bo`lib quyidagilar ishlatildai: yoritgich stolbalari, troleybus kontakt tarmoqlari stolbalari, uylar ustiga o`rnatilgan ustunlar va inShoatlar devorlari. 1990 yiilarni o`rtalaridan boshlab optik kabellardan foydalanilishga kirishildi.

Optik kabellardan foydalanishda “uy tomi”da o`rnatish texnologiyasi eng ko`p tarqalgani hisoblanmoqda. Buning quyidagi sabablari mavjud. Butun kvartaldagi uylarni qamrab olishda tom ustida kabelni tortish 1,5-2 marta kabel kanalizasiyasidan foydalanilgandagiga qaraganda qisqa masofani tashkil qiladi. Ko`p hollarda aloqa operatorlari qurilmalarini ko`pqavtli uylardagi eng yuqori qavtdagi lestnisa maydonlariga o`rnatishadi. Bundan tashqari oldin tortilgan misli kabellar osilib turgan po`lat simlardan ham foydalansa bo`ladi. Bu esa iqtisod tarqdan ham foydalidir. Masalan, “8” kesimli monomodulli kabel taxminan 55 kg/km og`irlikga ega. Bunda uylar orsamdagi masofa 200-250m tashkil qilsa, oldin osilgan koaksial kabeldan bir muncha arzonga tushadi.



INCLUDEPICTURE "http://prointech.ru/d_use/177_8322_a_1247221581.jpg" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "http://prointech.ru/d_use/177_8322_a_1247221581.jpg" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "http://prointech.ru/d_use/177_8322_a_1247221581.jpg" \* MERGEFORMATINET

3.14-rasm. FTTB texnologiyasini tashkil qilish sxemasi.


Eng ko`p tarqalgan texnologiyalardan va iqtisod tomonidan kam xarjlilaridan biri bu - Metro Ethernet va bir yo`nalishli HFC tarmog`idir. Ikkinchi hadli up-link- gigabaytli optik portli Ethernet kommutatorlari bir qancha narxi pastlagani bois, aboyentlar hozirda kengpolosali IPTV xizmatlaridan foydalanishmoqda. Shu bilan birgalikda ikki gegabaytli serverga ega uzoqda abonent ulagichi ikki (BRAS - Broadband Remote Access Server), 10-ta kommutator bilan Shleyf bilan himoyalangan bo`lib, IP-servisli 250-500 oilaga kengpolosali aloqani tashkil qiladi. Butun mikrorayonni qamrab olish uchun 8-16 tolali kabel kvartal ichida i ichkirayonli magistral tarmoqda esa 16-32 ta tolali kabel bilan chegaralansa bo`ladi.

Metro Ethernet o`rniga PON texnologiyasini ham qo`llash mumkin, bunda eng ko`p tarqalgani GPON texnologiyasidir, bitta guruhdagi uylarga 2 Gbit/c ga ega tezlikni ta`minlaydi (2,5 Gbit/s – to`g`ri yo`nalish kanalida va 1,2 Gbit/s – teskari kanallarda). PON tarmog`i tarmog`idagi bir tomonlama yo`nalish li topologiyasini HFC tarmog`iga mos bo`lib, bir toladan va optik Shahobchalardan foydalanish mumkin.

Hozirgi vaqtda Metro Ethernet asosidagi tarmoqlarga qaraganda GPON va GEPON tarmoqlari narxi bir muncha qimmatroqdir. Ammo FTTH texnologiyalari uchun PON tarmog`ini gurkirab rivojlanayotgan bir paytda, AQSh va Janubiy-Sharqiy Osiyoda GPON va GEPON qurilmalari komponentlarini narxi ham tushib borishi kuzatilmoqda. Keyinchalik esa “ko`pkvartirali uylargacha optik tola” tipidagi tarmoqni o`rniga “podyezdgacha optik tola” tarmog`i kirib kelishi kuzatilmoqda. Bunda uylar orasida yangi optik kabellar yotqizilishi talab etiladi yoki mavjud optik kabellardagi foydalanilayotgan tolalar soni oshirish kerak bo`ladi. U holda uylardagi ONU (Optical Network Unit) o`rniga optik Shahobchalarni o`rnatish esa tolalar uchun podyezddagi ONU soni ko`payadi. -ONU (Optical Network Unit) istiqomat uylariga o`rnatiladigan (Indoor) va (Outdoor) kirish -chiqish abonent terminalidir. Shuning uchun ham PON tarmog`i jozibadordir.

Endi telefoniya to`g`risida quyidagilarni ham ta`riflash mumkin. IP-telefoniyani “oxirgi mil”da aloqa operatorlari ko`plab afzalliklarga erishdilar. Keng polosali ulanishlarda abonentlar sifatli va kafolatlangan IP-telefonn trafiklarni ta`minlashda muvofiq va to`g`ri keladigan qurilmalarni o`rni kattadir.

Ajratilgan telefonni qo`llashda operatorlar E1 kanalini kvartallarga tarqatishga majbur bo`lishadi. BPON va GPON texnologiyalaridan xuddi Shu maqsadda foydalanish juda qo`l keladi. Shu paytgacha E1 kanalidan asosan PDH/SDH tizimlarida foydalanib kelinar edi. Hozir esa E1 kanalini Ethernet tarmog`ida PWE-3 protokolli qurilmasi orqali amalga oshirilmoqda.

Shunday qilib zamonaviy optik tolali tizimlari bu faqatgina uzoq muddatli va qulay infrastruktura uchun sarflar emas, balki simli tarmoqlar orqali ulanishni eng iqtisodli varianti ham hisoblanadi. Endilikda esa asosiysi optik kabelda qancha optik tola borligi emas, balki optik kabel qanchagacha abonentga yaqinlashib borgani asosiy faktor bo`lib qolmoqda.


3.4. Triple play xizmatlarini amalga oshirish texnologiyalari
Triple Play xizmatlarini amalga oshirishda “chegarali marshrutizator/BRAS (Broadband Remote Access Server) — ONU” uchastkaisda gibridli servisli modelidan foydalaniladi. chegarali marshrutizator/BRAS (Broadband Remote Access Server) — ONU servisli modeli tarkibiga alohida abonent ham VLAN (C-VLAN — Customer VLAN) tarmog`i ham VLAN (Virtual Local Area Network) tarmoqlari kiradi. Bu alohida tarmoqlar IPTV (MC-VLAN) - ko`p adresli trafikni uzatish uchun qo`llaniladi. Mos ravishda BRAS-OLT tarmog`i uchastkasida 24xC-VLAN + 1xMS-VLAN qo`llaniladi. ONU va OLTabonent qurilmalari orasidagi uchastkalarda uchta servisli VLAN (S-VLAN servisli modeli asosida— Service VLAN amalga oshiriladi) tarmog`i tashkil etiladi, uning xizmat doirasida Internet xizmati trafiklari, VoIP, IPTV va VoD trafiklari uchun bitta VLAN uzatiladi.

ONU qurilmasida abonent qurilmasini ulash uchun fizik portni identifikatorlarini va mos kelgan servisli VLAN identifikatorlarini solishitirish amalga oshiriladi.

Bu yerda xizmat portlari quyidagi vazifalarni bajaradi:

Port 1 — SHEHMni ulash va Internet xizmatlariga kirish uchun;

Port 2 — SIP-telefoni va VoIP xizmatlariga kirish uchun;

Port 3 — “Set-Top-Box” (STB) televizion pristavkasiga ulanish uchun hamda IPTV va VoD xizmatlariga kirish uchun.

Internet xizmatlariga kirish PPPoE-ulanishni o`rnatish yordamida amalga oshiriladi. PPPoE-sessiyasini belgilash istemolchini SHEHM yordamida, PPPoE-sessiyasini terminatsiyalash BRASda amalga oshiriladi. Tarmoq ichida abonentlar internet-trafiki va ma`lumotlar trafigi bitta PPPoE-sessiyasi doirasida uzatiladi. Internet xizmatlariga, PPPoE virtual adapteriga kirish uchun ishlayotgan SHEHMga dinamik ommaviy IP-adres nomi beriladi.

VoIP xizmatlariga kirish va trafikni uzatish IPoE (IP over Ethernet)-sessiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ONU-OLT uchastkasida tashkil etilgan servis VLAN doirasida va OLT-BRAS uchastkasi bitta abonent C-VLAN doirasida ro`y beradi. SIP-terminalga xususiy adreslar maydonidan dinamik ommaviy IP-adres nomi berilib, DHCP-server tomonidan tayinlanadi.

IPTV xizmatlariga kirish IPoE-sessiyasini qo`llash tufayli amalga oshiriladi. STB uchun esa dinamik IP-adres DHCP-serveri IPTV-tarmoq operatori tomonidan tayinlanadi.

OLT va BRAS uchastkalari orasida VLAN abonentlarini stekirlash (Q-in-Q) usulidan foydalanish ham mumkin.





Download 3.24 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Download 3.24 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 3.24 Mb.