Xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 3.24 Mb.
bet8/18
Sana28.09.2020
Hajmi3.24 Mb.
#11766
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
2.5-rasm. “Yulduzcha” topologiyali Ethernet FTTH arxitekturasi
Hozirgi vaqtda Metro Ethernet asosidagi tarmoqlarga qaraganda GPON va GEPON tarmoqlari narxi bir muncha qimmatroqdir. Ammo FTTH texnologiyalari uchun PON tarmog`ini gurkirab rivojlanayotgan bir paytda, AQSh va Janubiy-sharqiy Osiyoda GPON va GEPON qurilmalari komponentlarini narxi ham tushib borishi kuzatilmoqda. Keyinchalik esa “ko`pkvartirali uylargacha optik tola” tipidagi tarmoqni o`rniga “podyezdgacha optik tola” tarmog`i kirib kelishi kuzatilmoqda.

Zamonaviy kengpolosali tarmoqlarni turli xil xizmat turlarini va texnologiyalarini qamrab olishini quyidagi 2.1- jadvalda ham ko`rishimiz mumkin.



Xizmat turlari

FTTH

FTTBusiness

FTTB

Telefoniya, va E1 oqimi

-

+

-

Telefoniya, VoIP, FXS

+

+

+

Internet

+

+

+

Analogli video tasvir

+

-

+

Video IP, VoIP

+

-

+

Mijoz talabiga oid video, VoD

+

-

+

Video kuzatuvchi

+

+

-

Videokonferens aloqa

+

+

-

Texnologiyalar

 

 

 

Metro Ethernet

-

+

+

EFM P2P

+

+

+

EFM P2MP (GEPON)

+

-

+

GEPON

-

+

-

GPON

+

+

+

Metro C/D-WDM

-

-

+

2.1-jadval. Keng polosali tarmoqlarda xizmat turlari va texnologiyalarni FTTx

tarmoqlarida qo`llanish jadvali
FTTH – “Uygacha optik tola”

FTTH - “uygacha optik tola” texnologiyasi haqida gapirilganda optik tola alohida kottedj yoki hovligacha olib borigan deb tushuniladi. Bunday texnologiyalarni g`arb davlatlarida “oxirgi mil” muammosi emas “oxirgi yuzlik futlar” muammosi deb uqtirishadi. Ko`p hollarda odatda aloqa tugunidan to abonent ulanuvchi abonent tarmog`igacha bo`lgan masofa qurilgan kottedjlargacha bir necha yuz metrni tashkil qilsa, ba`zi elitali ko`p qavatli hovlilarda esa yuz metrlargacha uzunlikga ega bo`lgan optik tolali ulanishlar kerak bo`ladi.



2.5-rasm. FTTH texnologiyasini tashkil qilish sxemasi


FTTH - “uygacha optik tola” texnologiyasini afzalliklari:

  • Yuqori o`tkazish polosa kengligi. Zamonaviy talablarga ega bo`lgan o`tkazish kengligi -20-50 Mbit/s to`g`ri oqimda va 10 Mbit/s dan yuqori teskari oqimda tezlikga ega bo`lgan talablarga javob beradi. Bunday keng polosali tarqalishda HDTV-uzatish bilan har bir oila praym-taymda bir vaqtda ikkitagacha videooqimni (jami 50 Mbit/s ) qabul qilishi mumkin.

  • Aloqa liniyasi yashirinligi va sir tutilishi (Konfidensialnost). Ushbu optik tolaga hech kim kichkina elektr probkan “juchok”ni (qo`ng`izcha) qo`ya olmaydi.bundan tashqari optik signal uzatilgan protokollar mustahkam mahkamlangan bo`lsa, masalan GPON standart protokolida eshitish ham mumkin ham bo`lmaydi.

  • Liniyani mustahkamligi va ishonchliligi yuqori sifatligi. Misli kabellarga qaraganda optik tolali kabellar kavsharlangan joylarda, kross portlari oksitlanmaydi va bundan tashqari tolali optik kabellarga namlik ham ta`sir etmaydi.

  • Aktiv elementlarni soni kamligi. Bunda misli qilib GPON texnologiyasini olishimiz mumkin. Bitta markaziy qurilma PON OLT 20 kilometrli radiusda 1-2 mingtagcha abonentga xizmat qilishi mumkin. Bitta shkafda (stoyka) 4-gacha OLTdan tashkil qiladi. Shunda 2-ta stoykadan iborat abonent ulanuvchi xizmat tuguni 20 kilometrli radiusda 16 mingtacha abonentga xizmat qilishi mumkin.

FTTH –tarmog`ini kamchiliklari esa quyidagilardan iborat:

Yong`in-qo`riqlash signalizatsiya sistemalari. Yong`in-qo`riqlash signalizatsiya sistemalari asosan misli simlar orqali amalga oshiriladi. Bu esa elitali hovli va kottedjlarga qo`shimcha sim shohobchalarini tortishga olib keladi. Hozirgi vaqtd qo`riqlash xizamtlarida hovli va kottedjlarda signalizatsiyalardan tashqari videotasvir va videokuzatuv kabi qo`riqlash tizimlari ham tashkil qilinmoqda. Bu esa 1-2 Mbit/s tezlikka ega kengpololsali tizimlarni talab qiladi. Bunday tizimlarini tashkil qilish esa misli simlarni ishlatishni inkor qiladi. Demak ushbu tizimlar bilan ham birgalikda ishlar olib borish va ba`zi bir masalar to`g`risida tegishli idoralar bilan ham kelishib olish zarur.

Simli telefoniya. Birinchidan faqat PON va GPON standartlarigina TDM trafik telefonlar uchun kafolatlangan kengpolosada xizmat qiladi. Optik tolali telefoniya uchun boshqa texnologiyalarni qurishda VoIP protokoli ishlatiladi. Ikkinchidan, telefon liniyasini ishonchli standartda ushlab turish uchun kottedjlarda 8-soatlik uzluksiz elektr ta`minoti zahirasiga ega qurilma ham qo`yilishi va ulanishi zarur.

Ko`plab simli shahobchalarni mavjudligi. Ichki posyolka optik magistralidan bitta yoki ikkita hovli uchun bitta alohida kabel qudug`i quriladi. Bu esa optik tolali kabel kanalizatsiyasini qimmatlashishiga olib keladi. Magistiral liniyadan kabel qudug`igacha ulash leniyasidan bir qancha zahira kabellari ham ajaratib olish talab etiladi, chunki kabelga xizmat ko`rsatish quduq tashqarisida amalga oshiriladi. Bu muammoni mikrokanalizatsiya va pnevmoprokladkali optik modullar orqali hal qilish mumkin. Masalan, 24 mikrokanalli kabellar va ko`cha shkafidan to`rtta kabellini olish uchun bitta kross nuqtasida 96 kottedjni ulash mumkin. Kottedjda esa kabeldan optik tola o`rniga mikrokanallar shahobchalanadi. Buni esa kabel qudug`isiz ham, shahobchalarni to`g`ridan-to`g`ri yerga korobkaga solib yotqizish mumkin.

2.3. FTTx imkoniyatlarining qiyosiy baholanishi

Bugungi kunda keng polosali tarmoq xizmatlarini turar joy binolariga optik kabellar asosida taqdim etishga ikki yondashuv mavjud: FTTV (Fiber to the building) – binogacha optika; FTTN (Fiber to the Home)- xonadongacha (kotejgacha) optika.

Birinchi yondashuv uy tarmoqlari operatorlari tomonidan keng qo`llaniladi. Asosiy texnologiya sifatida ayni holatda Ethernet dan foydalaniladi. Uylarga shkaflar o`rnatilib, ularning ichiga kommutatorlar o`rnatiladi, har bir uyga shkaflarning soni har bir potensial klientgacha uzunligi 100 metrdan ortiq bo`lmagan Cat.5 kabelini qo`yish imkoniyatidan kelib chiqib tanlanadi. Odatda, harajatlarni kamaytirish maqsadida nisbatan “byudjetbop” modellar qo`llaniladi. Bunday yondashuvda shuningdek, PON dan ham foydalanish mumkin, bunda Ethernet dan foydalanishda amalga oshiriladigan qurilmani joylashtirish yondashuvi saqlanadi biroq farqli jihati shundaki Ethernet – kommutatorlari o`rnida ko`p portli ONT abonent tugunlari o`rnatiladi.

Ikkinchi yondashuv deyarli faqat PON texnologiyasini qo`llashga oiddir. Har bir xonadonga (kotejga) qandaydir gipotetik markaziy foydalanish tugunidan media konverterlardan foydalanib alohida tolani olib keltirish varianti mavjud bo`lsada, o`zining qimmatbaholigi bois asosiy sifatda qaralmaydi. FTTB va FTTH yondashuvlarning asosiy ijobiy va salbiy tomonlari jadval shaklida berilgan. Sezish qiyin emaski, yondashuvning salbiy va ijobiy jihatlari ularni amalga oshirish xususiyatlaridan kelib chiqadi: qurilmaning provayder tomonidan markazlashtirilishi ekspluatatsiyaning soddalashuviga olib keladi. Biroq bunda ham elektr oziqlanishni hamda qurilmaning xavfsizligini (xususan, vayrongarchilikka chidamli shkaflarni qo`llashni) ta`minlash bo`yicha muayyan shartlar bajarilishi talab etiladi. Eng asosiy kamchiliklardan biri qurilmani joylashtirish va elekrt oziqlanishni olish uchun foydalanuvchi tashkilotlar /TMSH bilan shartnomaviy munosabatlarni rasmiylashtirish zarurati hisoblanadi. Ko`pincha ayni shu bir kamchilik FTTB variantining barcha afzalliklarini bosib ketishi mumkin. Kafolatlangan elektro oziqlanishni ta`minlash zarurati provayderning qurilmaviy shkaflarida uzluksiz oziqlanish manbai o`rnatilishini talab etishi mumkin va bu o`z navbatida, birinchidan, shkaflar hajmining oshirish zaruratiga olib kelishi mumkin, ikkinchidan, echim narxi qimmatlashadi va qurilma o`g`irlanganda yoki buzilganda extimoliy moliyaviy yo`qotishlar ko`payishiga olib keladi.



2.6-rasm. “Daraxt” shaklidagi PON topologiyasi


Shuni ham unutmaslik lozimki, FTTH holatida mijozda o`rnatilgan qurilma (ONT), shuningdek, ONT bilan splitterni birlashtirib turuvchi optik patchkort xona sharoitida tez-tez ishdan chiqib turishi mumkin va bu foydalanuvchilar arizasiga xizmat qilish, qurilmani almashtirish/shikastlarni tuzatish uchun chiqishga qo`shimcha harajatlarga olib keladi. Telefoniya xizmatlari “an`anaviy” yo`l bilan yohud VoIP yordamida tashkil etilishi mumkin. Birinchi holatda, odatda OLT ning markaziy tuguni V5.2 bayonnomasi bo`yicha ishlayotgan tirkash sifatida namoyon bo`ladi, ikkinchisida ONT ning abonent qurilmalari SIP yoki H.323 bayonnomalari bo`yicha ishlovchi shlyuzlar sifatida namoyon bo`ladi.

2.2-jadval. Ethernet FTTH (P2P) arxitekturasining passiv optik tarmoqdan afzalliklari



Ko`rsatkichlar

«ToEthernet FTTH (P2P) arxitekturasichk

Passiv optik tarmoq

Foydalanishda resurslarni rejalashtirish

Oddiy:

ajratilgan optotolali liniya



Murakkab:

Umumiy uzatma muhiti, abonentlar o`zaro bog`liq



Loyihalash qoidalari

Oddiy:

ajratilgan optotolali liniya



Murakkab:

Barcha abonentlar uchun PON daraxtida ishlarni bajarish zarurati



Opto tolali liniyadagi nosozliklarni topish va bartaraf etish


Oddiy:

Aks ettirilgan to`lqinlar metodi bilan (reflektometr bilan) o`lchash orqali nosozlik joyni birlamchi aniqlash



Murakkab:

Tarmoqlarga bo`lingan joy ortida nosozlikni aniqlash qiyin




SHifrlash kalitini boshqarish

Talab etilmaydi

Talab etiladi

O`tkazish chizig`idan foydalanish samaradorligi

Optimal:

CHeklovlar mavjud emas



CHeklangan:

Boshqaruv protokolining xizmat ma`lumotlarini berish

(sinxronizatsiya sikllarini),

xizmat ma`lumotlarini berish



Texnologiyalarni va o`tkazish chiziqlarini modernizatsiyalash

Oddiy:

Har bir abonent uchun individual ravishda amalga oshirilishi mumkin



Murakkab:

Butun faol qurilmaning bir paytda almashtirilishi yoki boshqa uzunlikdagi to`lqinning qo`yilishi



Mijozning boshqa provayderga o`tishi

Optik taqsimlagich stoykasidagi (krosdagi) liniyaning o`zgarishi yoki konfiguratsiyaning o`zgarishi (trafikni ko`chirish)

Konfiguratsiyaning o`zgarishi (trafikni ko`chirish)

YAngi abonentning ulanishi

Optik taqsimlagich stoykasidagi liniyaning ulanishi va kapital harajatlarni tejash bilan qoplanadigan kommutatorni konfiguratsiyalash

OLT konfiguratsiyalash

Uzulish oqibatida ishdagi uzulish


Ko`proq, agar hozir bo`lish nuqtasiga yaqinroq bo`lsa

(ko`proq optotolali liniyalarni qayta tiklash kerak),

kamroq, agar abonentga yaqinroq bo`lsa (nisbatan oddiyroq diagnostika)


Kamroq, agar hozir bo`lish nuqtasiga yaqinroq bo`lsa

(kamroq optotolali liniyalarni qayta tiklash kerak),

ko`proq, agar abonentga yaqinroq bo`lsa (murakkab diagnostika)

Ethernet FTTH echimi PON asosidagi arxitekturadan ko`ra ko`plab afzalliklarga ega. Deyarli cheklanmagan o`tkazishning diskret chizig`i. To`g`ri opto tolali liniya deyarli cheklanmagan o`tkazish chizig`ini ta`minlashi mumkin va bu mazkur xizmatni kelajakda kengaytirishda, o`tkazish qobiliyatiga ehtiyoj oshganda maksimal egiluvchanlikka erishish imkonini beradi.

Ethernet FTTH arxitekturasi servis provayderiga har bir abonent uchun zarur o`tkazish qobiliyatini kafolatlash va tarmoqda har bir mijoz uchun individual o`tkazish chiziqlari profillarini yaratish imkonini beradi. Har bir xususiy yoki korporativ foydalanuvchi istalgan vaqtda o`ziga zarur bo`lgan kenglikdagi simmetrik o`tkazish chizig`ini olishi mumkin.

Ta`sirining katta radiusi. Ethernet FTTH foydalanish tarmog`ining turdosh konfiguratsiyalarida uncha qimmat bo`lmagan 100 BX yoki 1000 BX texnologiyasidan foydalaniluvchi, berilgan maksimal radiusining ta`siri 10 kmli bir tolali liniyalar qo`llaniladi. Katta masofalarda ishlash uchun optik signal quvvatini oshirish imkonini beruvchi optik modullar shuningdek, istalgan Ethernet qurilmani portga ulay oladigan optik modulli opto tolali juftliklar mavjud. Aholi kam joylashgan hududlarda Ethernet FTTH ulanmaning Ethernet ayni kommutatoridagi boshqa abonentlarga ta`sir ko`rsatmaydigan boshqa turlari qo`llanilishi mumkin.



O`zgaruvchan o`sish. Ethernet FTTH foydalanish kommutatoridagi portlardan faqat servis provayderida ro`yxatdan o`tgan abonentlar foydalanishi mumkin. YAngi abonentlar paydo bo`lganda modulligi yuqori bo`lgan qo`shimcha Ethernet chiziqli kartalarini qo`shish mumkin. Aksincha, PON asosida arxitekturadan foydalanganda birinchi abonentni optik daraxtga ulash uchun ancha qimmatroq OLT portining mavjud bo`lishi talab etiladi, ayni shu PON daraxtiga abonentlarni qo`shganda har bir abonentni ulash narxi faqat ONT ni sotib olish hisobiga oshib boradi.

2.7-rasm. «SHina» shaklidagi PON topologiyasi



Download 3.24 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Download 3.24 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 3.24 Mb.