Axborot Texnologiyalari Ta’lim Jarayonida
6.1. Kompyuterlarning takomillashuvi
Elektron hisoblash mashinalari, yani kompyuterlar shunday tez suratlar bilan rivojlanmoqdaki, agar XX asrning timsoli bolgan kosmonavtika va aviasiya shunday suratlar bilan rivojlanganda edi, hozirgi paytga kelib, Yerdan Marsga jamoat transportida bir necha tiyin sarflab yetib borish mumkin bolar edi. Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Bunda bir kishini Marsga eltish uchun energiya sarfi gugurt chopini yoqqanda ajraladigan energiyadan ham oz bolur edi.
1965 yil Gordon Mur (Intel firmasi asoschilaridan biri) keyingi on yil ichida bitta mikrosxemadagi tranzistorlar soni ortacha bir-ikki yilda ikki martadan ortib boradi, deb bashorat qilgan edi. Mur bashorat qila turib biroz yanglishdi. Mana kirq yildan oshdiki, ortacha har on sakkiz oyda mikrosxemadagi tranzistorlar soni ikki martadan oshib bormoqda.
Bunday jadal suratlar bilan rivojlanish nafaqat mikrosxemalarga, balki kompyuterning boshqa butlovchi qismlari uchun ham orinli. Mur qonuniga kora, songgi bitta mikrosxemadagi tranzistorlar soni bir necha million marta oshdi. Masalan, 1981 yilda yaratilgan IBM PC XT shaxsiy kompyuterining tezkor xotirasi bor-yog’i 64 kilobayt bolgan edi, hozirgi paytda siz shaxsiy kompyuteringizga 4096 Megabaytgacha tezkor xotira ornatishingiz mumkin. Birinchi marta shaxsiy kompyuterlarga ornatilgan vinchester turidagi tashqi xotiralar bor-yog’i 5 Megabayt bolgan bolsa, hozir sotuvda 500 Gigabayt sig’imli vinchesterlar mavjud. Bu vinchesterlar bilan ishlayotganingizda bir vaqtlar 5 Megabaytli vinchester ornatgani uchun IBM firmasi rahbariyati juda qattiq tanqid qilinganini koz oldingizga keltira olasizmi
Ularni kam sig’imli xotira ornatganliklari uchun emas, balki juda ham katta: 3000 varaq hujjat saqlanadigan xotira ornatib, kompyuter narxini ikki baravar qimmat qilib yuborishda ayblashgan.
Hozirgi paytda Toshkent kompyuter dokonlaridan tezligi (chastotasi) 4000 Megagers bolgan mikroprosessorni sotib olish mumkin.Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan. Bu qanchalik katta sonligini koz oldingizga keltirishingiz uchun quyidagi solishtirishni keltiramiz, bu mikroprosessor bitta eng sodda amalni bajargunicha yorug’lik bor-yog’i 7,5 sm masofani bosib otadi. Siz ozingiz sezmagan holda kozingizni yumib ochguningizcha, yorug’lik bir necha n marta Toshkentdan Samarqandga borib kelishga ulguradi.Samarqand - Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925-30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning jan.gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan.
Tez orada Mur qonuniga kora, mikroprosessorlarning tezligi 10 Gigagers (10000 Megagers) ga yetadi. Bu tezlikda bita soda amalni bajarish vaqtida yorug’lik nuri yoki u bilan barobar tezlikda harakatlanuvchi elektr signallari bor-yog’i 3 sm masofani bosib otishga ulguradi, bu esa
mikroprosessorning olchamiga teng. Boshqacha aytganda, mikroprosessor tezligi 10 Gigagersdan oshganda, elektr signallari mikrosxemaning bir uchidan ikkinchi uchiga yetib bora olmaydi, yani tezlikni boshqa oshirib bolmaydi.
Mikroprosessorning tezligini undan ham oshirish uchun ularni butunlay yangi texnologiya asosida yaratish kerak boladi. Kvant texnologiyalari deb nom olgan texnologiya asosida laboratoriya sharoitida 55 tagina oltin atomi bilan tranzistor yaratildi. Bu tranzistorni bir holatdan ikkinchi holatga otkazish uchun bitta elektronning zaryadi yetarli. Bu tranzistorning olchamlari naqadar kichikligini koz oldingizga keltirish uchun uni tangadek olchamda kattalashtirilsa, hozirgi mikroprosessorlardagi tranzistorlarning olchami maktab oyingohining futbol maydoni kabi kattalikda boladi.Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi. Demak, Mur qonuni yana bir necha on yillar davomida amal qiladi va bu taraqqiyot natijasida kompyuter texnologiyalari qay korinishga erishishini oldindan bashorat qilish juda qiyin.
6.2. Dasturiy vositalarning taraqqiyoti
Sizda Windows yoki Office kabi ulkan dasturlarning qanday qilib yaratilgan, - degan savol paydo bolishi tabiiy, albatta. Birinchi elektron hisoblash mashinalari yaratilganida ularda hisoblash ishlarining ketma-ketligini mashinaga malum qilish uchun uning maxsus registrlari bir-biri bilan qlda ulab chiqilgan. Songra esa, sim bilan ulash orniga maxsus relelar ishlatilgan va ularni ochirish yoki yoqish bilan hisoblash ishlarining ketma-ketligi mashinaga malum qilingan.
Mashinaning xotirasida berilmalar bilan birga hisoblash algoritmi, yani dasturni ham saqlash EHM lar taraqqiyotida tub burilish yasadi. Dastlabki dasturlar EHM prosessorining farmoishlari ketma-ketligi bolib, bu farmoishlar ikkilik sanoq sistemasidagi sonlardan iborat edi. Shuning uchun ham bunday dasturlash mashina tilida dasturlash deb atalgan.Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur.
Yuzlab farmoishlarni va minglab xotira kataklari manzillarini eslab qolish juda qiyin bolib, bunday dasturlash paytida koplab xatolarga yol qoyilar edi. Bu muammoni hal qilish uchun prosessorning har bir farmoishiga maxsus qisqa nom berilgan va xotira kataklariga manzil boyicha murojaat qilish orniga kataklar nomlangan. Masalan, ikkita baytni qoshish uchun ADD, ayirish uchun STR (Subtract), mantiqiy yoki amali uchun OR, shartsiz otish amali sifatida GT (Go To) kabi nomlar qabul qilingan. Bunday qisqa nomlar yordamida dasturlash Assemblerda dasturlash deb atalgan. Assembler yordamida dasturlash juda osonlashgan va koplab dasturlar yaratila boshlangan. Shuning uchun uning nomi assembler deb atalgan.
Dastlabki vaqtlarda kompyuterlarning yetarli darajada tezkor xotiraga ega emasligi dasturlash vositalarining rivojlanishi uchun katta tosiq bolib kelgan. Yetarlicha xotira bilan taminlangan kompyuterlar ishlab chiqila boshlagach, dasturiy vositalar yaratishda yana bir keskin burilish yasaldi. Qisqa vaqt ichida minglab algoritmik tillar yaratildi. Ularning deyarli barchasining yagona foydalanuvchisi uning muallifining ozi edi, lekin ular orasidan bir nechtasi keng tarqalib ketdi. Dasturlarni kompyuterga kiritish va saqlash ham ancha osonlashdi. Dastlab dasturlarni kompyuterga kiritish uchun ularni qattiq qog’ozdan yasalgan lenta yoki kartalarga teshik ochish orqali yozib borilgan.
Ularni perfolenta va perfokarta deb atashgan. Perfolenta va perfokartaga teshik ochish uchun perforatorlardan foydalanilgan. Bu usulning oziga yarasha kamchiliklari bolib, perfokartalar notog’ri tushganda, teshiklar notog’ri ochilgan yoki dastur notog’ri oqilgan;Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b. perfokartalar aralashib ketavergan; erfolentalar shunchalar kop uzilar ediki, dastur ishlaguncha perfolentaning yarmisidan kopi qaytadan yozilar edi. Buni koz oldingizga keltirish uchun bir necha kunlar yordamida kiritilgan dasturlar bor-yog’i bir necha minut ishlashini aytish kifoya.
Bundan tashqari, dastur tuzuvchilar bevosita kompyuter bilan ishlashdan mahrum edilar. Kompyuterni ishlatish uchun maxsus tayyorgarlik korgan operatorlargagina ruxsat berilgan. Dasturchilar esa oz dasturlarini perforatorlar xonasiga eltib bergach, bir necha kun mobaynida natijani kutishgan. Dasturni maromlash uchun bu jarayon bir necha oy davom etgan. Doimo pand bergan mexanik qurilmalar - perforatorlar ornini konsollar egallashi bilan kompyuterlardan foydalanish ancha qulay korinishga keldi. Konsol bu klaviatura va monitordan iborat qurilma bolib, klaviatura yordamida dastur kompyuterga kiritilgan, monitor esa kompyuterdan olingan natijalarni ekranga chiqarish uchun xizmat qilgan. Konsollar dasturchilarga bevosita kompyuter bilan ishlash imkonini bergan.
90-yillarga kelib, dasturlash vositalarida navbatdagi inqilob bolib otdi. Bu inqilob natijasida suniy tafakkur yaratish sari yana bir dadil qadam tashlandi. Ananaviy dasturlashda biron-bir obektning xossalari alohida-alohida sonli yoki boshqa korinishdagi kattalik orqali ifodalangan bolsa, obektlarga tayangan dasturlashda obektlarning xossalari emas, balki uning yaxlit ozi tavsiflanadi. Misol sifatida televizorni oladigan bolsak, u tog’risida tog’ri tasavvurga ega bolish va undan tog’ri foydalana bilish uchun uning narxi, olchamlari, ishlab chiqargan firmaning nomi, elektr tarmog’idan oladigan quvvati kabi xossalari bilan bir qatorda uni yoqish, ochirish, boshqa kanalga otkazish, ovozini rostlash kabi hodisalarni ham bilish kerak. Bu xossa va hodisalarning kopchiligi, masalan, elektr tarmog’idan oladigan quvvati yoki ularni ochirish-yoqish barcha elektron qurilmalar uchun taalluqli.
Obektlarga tayangan dasturlashda ham obektlar ularning xossalari va ular bilan boladigan hodisalar toplami sifatida organiladi. Bundan tashqari, organilayotgan barcha obektlar avlodlarga ajratilgan bolib, ona obektning xossalari va hodisalari bola avlod uchun orinli boladi. Bu bilan misolda tanishib chiqamiz. Birinchi avlod obekti sifatida nuqtani olamiz. Uning xossalari sifatida rangini, joylashgan ornini olamiz. Nuqta ustida roy beradigan hodisalar sifatida uni chizish va ochirishni olamiz. Nuqtaga avlod obekt sifatida kesmani olsak, nuqtaning barcha xossalari va hodisalari kesma uchun ham orinli: kesmaning ham rangi, joylashgan orni kabi xossalari; chizish, ochirish kabi hodisalari bor. Kesmani chizish nuqtani chizishdan farq qiladi, shuning uchun bu hodisa kesma uchun qaytadan aniqlaniladi. Kesmaning nuqtanikidan boshqa xossalari ham bor, masalan, kesmaning yonalishi.
Demak, avlod obektlar ajdod obektlarida bolmagan xossa va hodisalarga ega bola oladi. Oz navbatida uchburchak, tortburchaklar obekt sifatida kesmaning avlodi boladi va ularning har biri geometrik figuralarning yangi avlodlarini vujudga keltiradi. Dasturlashda obektlardan foydalanishning qulay tomoni shundaki, bir marta yangi obekt kiritilsa, uning xossa va hodisalaridan butun dastur davomida foydalanish mumkin. Masalan, chizish hodisasini bajarish orqali har qanday geometrik figurani chizish mumkin yoki bir marta menyu obektini yaratib qoysak, undan dasturning nechta joyida kerak bolsa, shuncha marta foydalana olamiz. Eng asosiysi, bunda boshqalar tomonidan yaratilgan obektlardan ham foydalana olamiz. Hozirgi paytda tayyor obektlar kutubxonasidagi minglab obektlardan foydalanish mumkin. Ular orasida tayyor hatto matn va rasm muharrirlari, malumotlar omborini boshqarish tizimlari, elektron jadvallar mavjud. Bu obektlarning xossalarini ozingiz uchun moslab, hodisalaridan keraklilarini olib, ozingiz uchun qulay bolgan dasturiy vositani yarata olasiz. Shunday qilib, hozirgi paytda dasturlarni yaratish tog’risida emas, balki dasturlarni yig’ish tog’risida gapirish mumkin.
Bundan ananaviy dasturlashni organish kerak emas, - degan xulosa kelib chiqmaydi, chunki kopincha dasturchining oziga kerakli bolgan yangi obektlarni yaratish, uning xossalari va hodisalarini kiritishga tog’ri keladi. Obektning xossalari ananaviy dasturlashdagi ozgaruvchilarning ozidir. Xossalarning qiymatlarini bilish uchun qism-funksiyalardan foydalaniladi. Obektning hodisalari esa bu qism-dasturdan boshqa narsa emas. Obektlarga suyangan dasturlash dasturchini asosiy bolmagan, masalan, menyu tuzish, dasturning tashqi korinishini maromiga keltirish kabi ishlardan holi qilib, yuqori sifatli dasturlarni tez suratlarda yaratish imkonini beradi.
Kezi kelganda, shuni ham aytib otish lozimki, obektlar nafaqat dasturlashda, balki hujjatlarda ham juda keng qollanilmoqda va kop sohalardan dasturlashni keng manodagi hujjatlar tomonidan siqib chiqarishiga olib kelmoqda. Misol sifatida ilgari faqat dasturlash yordamida yaratilgan oqitishning texnik vositalarini hozir hech bir dasturlashsiz tayyor dasturiy vositalar yordamida grafik muharrrirda rasm chizish kabi yaratilayotganini keltirish mumkin.
6.3. Multimedia: bugungi kuni va kelajagi
90-yillarga kelib, shaxsiy kompyuterlarning quvvati yetarlicha rivojlangach, kompyuterning ovoz va video bilan ishlash masalasi ortaga tashlandi. Bu muammolarni hal qilish uchun foydalanuvchilar orasida multimedia deb nom olgan texnik uskunalar yaratildi. Bu uskunalar tarkibiga ovoz kartasi, ovoz kuchaytirgich va karnay hamda kompakt disk nomini olgan doimiy tashqi xotira diskyuritgichi kiradi. Bu uch qurilma bilan taminlangan kompyuterlar multimedia kompyuterlari deb ataladi.
Ovoz bilan video kompyuter imkoniyatlarini qanchalik kengaytirganligini sezish uchun kompyuteringizning ovoz karnaylarini ochirib qoying va ovozsiz ishlashga qancha vaqt sabringiz etishini tekshirib koring. Aminmanki, bir soat ham otmay ovozni yana yoqib qoyasiz. Multimedia sozi nimani anglatadi Media sozi juda kop uchraydi va u kopincha muhit deb tarjima qilinsa-da, muloqat degan manoda ham ishlatiladi. Kompyuter multimediali bolishi uchun birinchidan, multimedianing texnik taminoti, ikkinchidan, uning dasturiy taminoti va uchinchidan, multimedia axborotlari mavjud bolishi kerak.
Dasturiy taminotlar Windows operasion sistema tarkibiga kirgan bolib, ularni chaqirish uchun Pusk tugmasini bosib, Programmi bolimiga kiramiz; undan Standartnie bolimiga otib, undagi Razvlecheniya bandiga kiramiz va undan kerakli dasturni tanlab, ishga tushiramiz. Hozirgi paytda multimedia bilan ishlash uchun moljallangan koplab dasturlar mavjud. Ularga misol qilib, musiqani eshitish uchun moljallangan Winamp (Windows amplifier - Windows ovoz kuchaytirgichi); video korinishidagi axborotlarni tahrir qilish uchun moljallangan Adobe Premier dasturlarini keltirish mumkin.
Multimedia mahsulotlari deb, oddiy axborot matn va grafikadan tashqari ovoz va video axborotlar ham tarkibiga kirgan va bundan tashqari, oddiy videodan farq qilib, tarkibiga axborotlar oqimini boshqarish farmoishlari ham kirgan dasturiy vositalarga aytiladi.Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t. Multimedia mahsulotlarining juda ommaviylashib ketishining asosiy sababi ham ularda ana shu boshqarish farmoishlarining mavjudligidir. Bu farmoishlar haqida toliqroq malumotga ega bolish uchun quyidagi misolga murojaat qilamiz.
Oddiy kitob masalan, informatika boyicha darslik varaqlar ketma-ketligidan iborat, bu kitobning elektron variantini butunlay boshqacha qilish mumkin. Masalan, kitob mundarijasiga kirib, kerakli bobni tanlab, kiritish tugmasini bossak, elektron kitob ana shu bobni ekranga chaqiradi va biz u bilan tanishishimiz mumkin. Bu bobdagi biron-bir tushuncha bizga notanish bolsa, uni ajratib yana kiritish tugmasini bossak, bu tushuncha batafsil tushuntirilgan varaq ekranga chiqadi va u bilan tanishib, qaytish tugmasini bossak, yana avvalgi bobga qaytib otamiz.
Elektron kitob matnidagi bu kabi bir joydan ikkinchi joyga otishlar giperbog’lanishlar deb ataladi. Giperbog’lanishlar bilan toldirilgan matn gipermatn deb ataladi. Multimedia mahsulotlari ana shu gipermatnlarning ozidir, faqat uning tarkibiga matn va grafik axborotlar bilan birga ovoz va video axborotlar ham kiradi. Masalan, zoologiya darsligida bulbullar haqidagi mavzu bilan tanishib chiqayotib, uning ovozini eshitish yoki geografiya darsida olkaning ekologik ahvolini organayotib, daryo qirg’oqlarining yemirilishi jarayoni aks etgan videolavhalar bilan tanishish bir tomondan darsning qiziqarligini oshirsa, ikkinchi tomondan uning samaradorligini kotaradi.
Multimedia mahsulotlariga
- elektron kataloglar;
- elektron kitoblar;
- birgalikda malaka oshirish, oqish, organish;
- tijorat va marketing taqdimotlari;
- oquv trenajyorlari;
- kompyuter oyinlari va boshqalar misol bola oladi.
Multimedia internet tarmog’ida juda keng qollaniladi. Gipermatn va multimedia mahsulotlari tarkibiga kiruvchi giperbog’lanishlar HTML deb nom olgan til yordamida yaratiladi. Bu tilning ommaviylashib ketishining asosiy sabablaridan biri bu til yordamida nafaqat bitta faylda joylashgan matnlar orasida, balki turli fayllarda va hatto turli kompyuterlarda joylashgan matn, hujjat va obektlar orasida bog’lanish yarata olish imkoniyatidir.
6.4. Kompyuter tarmoqlari
Shaxsiy kompyuterning imkoniyatlari qay darajada rivojlanmasin, agar ular bir-biri bilan bog’lana olmasa, ularning boy imkoniyatlaridan toliq foydalanib bolmaydi. Masalan, Toshkent Davlat Texnika Universitetida mingga yaqin shaxsiy kompyuterlar bolib, ularning deyarli barchasi oquv jarayonida faol ishtirok etadi.Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui. Agar ular bir-biri bilan bog’lanmaganda edi, mingga yaqin odam qolidagi disketalar bilan binoma-bino chopib yurgan bolar edi. Agar gap talabalarning test natijalarini yig’ish tog’risida bolsa, u holda garchi ancha noqulay bolsa-da, natijalarni disketalar orqali yig’ish mumkin. Lekin, agar tayyoraga chipta sotishni shu usulda bajarsak, u holda bir oringa bir nechta chipta sotib qoyish hech gap emas. Shu sababli kompyuterlarni bir-biri bilan bog’lash zarur.
Kompyuterlarning bir-biri bilan bog’lanishi juda kop muammolarni hal qiladi. Bu bog’lanishlarning ozi ishlash prinsipiga kora ikki turda boladi: bir xonada yonma-yon turgan kompyuterlarning ozaro bog’lanishi turli shaharlarda joylashgan kompyuterlarning bog’lanishidan farq qiladi. Bir-biriga yaqin joylashgan kompyuterlar lokal (mahalliy) tarmoq orqali ulansa, bir-biridan olisda joylashgan kompyuterlar tashqi tarmoq orqali bog’lanadi.
Mahalliy tarmoqni yaratish uchun kompyuterlar orasida maxsus sim (kabel) tortib chiqiladi; tashqi tarmoqda esa kopincha, sim tortib chiqishning jismonan iloji bolmaydi va shuning uchun mavjud aloqa vositalari jumladan, shaharlararo telefon liniyalaridan foydalanishga tog’ri keladi. Telefon liniyalarida tovush tolqinlariga va ularni zichlashtirish natijasida hosil bolgan elektr signallari uzatiladi. Bu signallar esa analog korinishidagi signallardir. Kompyuterda esa signallar raqamli, yani diskret signallardir. Shu sababli, kompyuterlarni telefon liniyalari orqali bir-biri bilan ulash uchun signallar avval analog korinishiga otkazilib, telefon tarmog’iga uzatiladi, songra telefon tarmog’idan qabul qilib olingach, yana diskret korinishiga keltiriladi.
Signallarni bir turdan ikkinchi turga otkazish modulyasiyalash deb ataladi. Modulyasiyalangan signalni yana avvalgi holiga qaytarish demodulyasiyalash deb ataladi. Bu amallarni bajaruvchi qurilmalar mos ravishda modulyator va demodulyator deb ataladi. Odatda, bu ikki amalni bitta qurilma bajaradi va bunday qurilmalar modulyator-demodulyator yoki qisqacha qilib modem deb ataladi. Kompyuter ichida diskret signallar, odatda, parallel ravishda, yani bir vaqtning ozida bir nechta diskret signallar (8ta, 16 ta, 32 ta, 64 ta, 128 ta va hokazo) qayta ishlanadi. Yonma-yon turgan ikkita kompyuter bir-biri bilan bog’langanda, ular orasida 8 ta, (16 ta, 32 ta va h.k.) simlar tortish noqulay bolgani uchun bir necha simda parallel kelayotgan signallar avval bitta simda ketma-ket keladigan signallarga aylantirib olinadi, songra kompyuterlarni bog’lovchi tarmoq simiga uzatiladi. Bu signal ikkinchi kompyuterga uzatilgach, qabul qiluvchi kompyuter ketma-ket kelayotgan signallarni yana parallel signallarga aylantiradi. Bu amalni bajaruvchi qurilma mahalliy tarmoq platasi deb ataladi.
Shunday qilib, ishlash prinsipiga kora kompyuter tarmoqlari ikki turda: diskret signallarni uzatuvchi va uzluksiz signallarni uzatuvchi tarmoqlarga bolinadi.
Tarmoqlar tashkil etilishiga qarab asosan uch turga bolinadi:
- chiziqli korinishda;
- halqa korinishida;
- yulduzcha korinishida.
Chiziqli korinishda ulangan kompyuterlarga kelayotgan signal barchasiga bir vaqtda uzatiladi, lekin bu signallarni faqat bitta yoki bir nechta bu signallar moljallangan kompyuterlar qabul qilib oladi.
Halqa korinishida tashkil qilingan tarmoqda kompyuterlar bir-biriga ketma-ket ulangan boladi va bir kompyuterdan ikkinchisiga axborot uzatish uchun ular orasidagi har bir kompyuter navbatma-navbat axborotlarni qabul qilib oladi va keyingi kompyuterga uzatadi.
Yulduzcha korinishidagi tarmoqda barcha kompyuterlar yulduzchaning uchi bolgan kompyuterga ulangan va bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga axborot uzatish uchun axborot avval yulduzcha uchidagi kompyuterga, undan ikkinchi kompyuterga uzatiladi.
Halqa korinishidagi tarmoqda axborotlarni uzatish juda noqulay bolgani uchun hozirda undan deyarli foydalanilmaydi va zamonaviy tarmoqlar chiziqli, yulduzcha yoki ularning aralashmasi korinishida boladi.
Tarmoqlar hududiy joylashishiga qarab uch turga bolinadi:
- lokal (mahalliy);
- regional (mintaqaviy);
- global (mintaqalararo).
Mahalliy tarmoq, odatda, bir tashkilotga tegishli tarmoq bolib, unda kompyuterlar bir-biriga ulangan bolishi mumkin. Ularning barchasi bitta binoda yoki bir-biriga yaqin bir necha binolarda joylashgan boladi. Mintaqaviy tarmoq bir hududda joylashgan kompyuterlarni bir-biri bilan bog’lovchi tarmoq bolib, uning tarkibiga mahalliy tarmoqlar va mahalliy tarmoqqa ulanmagan yakka kompyuterlar kiradi. Mintaqaviy tarmoq, odatda, katta shahar, viloyat, kichikroq davlat miqyosida boladi.Viloyat - maʼmuriy-hududiy birlik. Oʻrta asrlardan maʼlum. Sharqning ayrim mamlakatlari (Afgʻoniston, Turkiya va boshqa), shuningdek Oʻrta Osiyo xonliklari viloyatlarga boʻlingan. 1924-yil shoʻrolar oʻtkazgan milliy-davlat chegaralanishi arafasida Turkiston ASSR 6 V.
Mintaqalararo tarmoq bir-biri bilan bog’langan mintaqaviy tarmoqlar yig’indisi bolib, bir davlatning istalgan nuqtasidan boshqa davlatlardagi shu tarmoqqa ulangan ixtiyoriy kompyuter bilan bog’lanish imkonini beradi.
Mahalliy tarmoq orqali ulanish quyidagicha amalga oshiriladi:
1) Har bir kompyuterga mahalliy tarmoq qurilmasi (LAN Card - local area network Card) ornatiladi.
2) Mahalliy tarmoq simi har bir kompyuterning LAN qurilmasiga ulab chiqiladi.
3) Mahalliy tarmoqda ishlaydigan kompyuterlarga tarmoqni boshqarish dasturiy taminoti ornatiladi.
Bir nechta kompyuter mahalliy tarmoqqa ulanganda, ulardan biri tarmoqni boshqarishni oz zimmasiga oladi. Tarmoqni boshqaruvchi kompyuter server deb, tarmoqqa kiruvchi boshqa kompyuterlar esa mijozlar deb ataladi. Server orqali har bir kompyuterning tarmoqda tutgan orni, yani uning boshqa kompyuterlar bilan aloqa qila olishi, ularning shu jumladan, serverning resurslari: xotirasiga, qoshimcha qurilmalari: printer, skaner, CD-ROM va boshqalarga butunlay yoki vaqtincha; yakka yoki birgalikda ega bolish huquqlarini belgilaydi. Server odatda, mijozlarning barcha resurslariga egalik qilishi mumkin, lekin bu imkoniyatlarni ham cheklab qoyish mumkin.
Masalan, maktabdagi oquv kompyuterlari sinfi mahalliy tarmoq orqali bir-biriga ulangan bolsa, u holda oqituvchining ish joyi server, oquvchilarning ish joylari mijoz sifatida tarmoqqa kiradi. Okituvchining ish joyidan (serverdan) oquvchilarning ish joylari (mijozlar) nazorat qilinib turilishi kerak. Shuning uchun serverga mijozlarning barcha resurslariga birgalikda egalik qilish huquqi beriladi. Mijozlar oqituvchining ish joyidan boshqarilishi uchun serverning malum resurslariga ega bolishi kerak. Mijoz kompyuterga test savollarini jonatish uchun unga serverning xotirasining bir qismidan birgalikda foydalanish uchun ruxsat beriladi. Lekin test natijalarini oquvchining ish joyidan ozgartirishning oldini olish uchun server xotirasining bir qismidan mijozlarning foydalanishiga ruxsat berilmaydi.
Mahalliy tarmoq orqali malumot almashish tezligi juda yuqori bolib, u sekundiga 10-100 Megabitni tashkil qiladi. Bunday tezlik mahalliy tarmoq orqali yuqori sifatli raqamli telekorsatuvlarni ham uzatish imkonini beradi. Mahalliy tarmoq orqali Windows yoki Office kabi hajmi katta bolgan dasturlarni ham birgalikda ishlatish mumkin. Mahalliy tarmoqlarda ishlash uchun barcha ommaviy dasturlarning variantlari ishlab chiqilgan. Masalan, Windows XP operasion sistemasi mahalliy tarmoqda bir vaqtda bir nechta mijoz ish orinlarida Windows muhitida ishlash imkonini beradi.
Mintaqaviy tarmoqlarda, odatda, modemlar qollaniladi. Bunda tayyor aloqa tizimlaridan foydalaniladi. Shu sababli, bu tarmoqlardagi axborot uzatish tezligi juda past bolib, sekundiga 1200 bitdan 56000 bitgacha bolishi mumkin. Bu tezliklar jiddiy ishlar uchun yetarli emas, lekin mavjud telefon tarmoqlarining axborotlarni otkazish imkoniyati cheklanganligi sababli bu tezlikni oshirib bolmaydi.
Bu muammoni hal qilish uchun kompyuter tarmoqlari uchun maxsus ajratilgan liniyalardan foydalaniladi. Ularga radio va kosmik aloqa liniyalari ham kiradi. Ular orasida optik shisha tolali kabellar oz imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Optik kabellarning axborot otkazish imkoniyati sekundiga bir necha Gigabitgacha yetishi mumkin. Bu esa bir vaqtda yuzlab raqamli telekanallarni uzatish imkonini beradi. Respublika hukumati tomonidan moliyalashtirilgan TransOsiyo optik tolali aloqa magistralining Ozbekiston sarhadiga tegishli qismi 1999 yilda qurib ishga tushirildi va natijada Ozbekiston mintaqaviy aloqa va kompyuter tarmoqlari Angliyadan tortib Singapurgacha bolgan davlatlarning mintaqaviy tarmoqlari bilan bevosita ulandi.Hukumat - davlatning oliy kollegial ijroiya organi. H. turli mamlakatlarda turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, Oʻzbekiston), davlat kengashi (XXR) va h.k. H. Ángliya (ingl. England) - Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligining eng katta qismi. Angliya Buyuk Britaniya katta orolining janubi-gʻarbini egallagan. Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar. Tez orada bunday optik tolali kabellar yordamida barcha kompyuterlar bir-biri bilan ulanadi.
Tekshirish uchun savollar
1) Dastlabki IBM PC qachon yaratilgan va u haqida nimalar bilasiz
2) Mashina tilida dasturlash va obektlarga tayangan dasturlash haqida nimalar bilasiz
3) Obektlar yana qaerda qollaniladi
4) Multimedia kompyuterlari haqida nima bilasiz
5) Giperbog’lanishlar nima uchun kiritiladi
6) Multimedia mahsulotlariga nimalar kiradi
7) Signallarni modulyasilash nima
8) Mahalliy tarmoq qurilmasi nima vazifani bajaradi
8) Modemdan nima maqsadda foydalaniladi
9) Kompyuter tarmoqlari ishlash prinsipiga kora qanday turlarga ajratiladi
10) Server va mijozga tarif bering.
|