O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI
FILIALI “TELEKOMUNIKATSIYA
TEXNOLOGIYALARI VA KASBIY TA`LIM
“FAKULTETI 2-BOSQICH TT-11_22S-GURUH
TALABASINING“
DASTULASH
” FANIDAN TAYYORLAGAN
4-MUSTAQIL ISHI
Bajardi : Hayitov. A
Qabul qildi : Xudoyorov. L
Qarshi - 2023
Mavzu: Chiziqli jarayonlarni tashkil etish(Algorit va
dastur)
Reja:
1.Algoritm nima.
2.U nechi turga bulinadi.
3.Chiziqli jarayonlarni qanday tashkil etamiz
4.Tarmoqlanuvchi algoritm tushunchasi
Algoritm so‘zi buyuk matematik Al-Xorazmiyning nomi bilan bog‘liq
bo‘lib, u birinchi bo‘lib arab raqamlaridan foydalangan holda arifmetik
amallarni bajarish qoidasini bayon etdi.Har qanday qo‘yilgan masalani
kompyuterda echish uchun oldin uning echish usulini tanlab, keyin
uning algoritmini ishlab chiqish kerak bo‘ladi. Demak, hech bir masala
yo‘qki uning echilish yo‘llarini bilmasdan va algoritmini tasavvur
qilmasdan turib uni kompyuterda echib bo‘lmaydi.
2.Algoritm va uning xossalari
Elektron hisoblash mashinalarining vujudga kelishiga qadar algoritmga
har xil ta’rif berib kelindi. Lekin ularning barchasi ma’no jihatdan bir-
biriga juda yaqin bo‘lib, bu ta’rif hozirgi kunda quyidagicha talqin
qilinadi.Ta’rif. Algoritm deb, qo‘yilgan masalani echish uchun ma’lum
qoidaga binoan bajariladigan amallarning chekli qadamlar ketma-
ketligiga aytiladi.Har qanday algoritm ma’lum ko‘rsatmalarga binoan
bajariladi va bu ko‘rsatmalarga buyruq deyiladi.Algoritm quyidagi
muhim xossalarga ega:
Aniqlik va tushunarlilik – deganda algoritmda ijrochiga berilayotgan
ko‘rsatmalar aniq mazmunda bo‘lishi tushuniladi.
Ommaviylik – deganda har bir algoritm mazmuniga ko‘ra bir turdagi
masalalarning barchasi uchun ham o‘rinli bo‘lishi tushuniladi.
Natijaviylik – deganda algoritmda chekli qadamlardan so‘ng albatta
natija bo‘lishi tushuniladi.
Diskretlik – deganda algoritmlarni chekli qadamlardan tashkil qilib
bo‘laklash imkoniyati tushuniladi.
3.Algoritm turlari
Algoritmning uchta turi bor: chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi.
CHiziqli algoritm – deb hech qanday shartsiz faqat ketma-ket
bajariladigan jarayonlarga aytiladi.
Tarmoqlanuvchi algoritm – deb ma’lum shartlarga muvofiq
bajariladigan ko‘rsatmalardan tuzilgan algoritmga aytiladi.
Takrorlanuvchi algoritm – deb biron bir shart tekshirilishi yoki biron
parametrning har xil qiymatlari asosida algoritmda takrorlanish yuz
beradigan jarayonlarga aytiladi.
Algoritmlarni turli usullarda tasvirlash mumkin. Masalan: so‘z bilan
ifodalash; formulalarda berish; blok-sxemalarda tasvirlash; dastur
shaklida ifodalash va boshqalar.Algoritmlarni blok-sxema ko‘rinishda
tasvirlash qulay va tushunarli bo‘lgani uchun ko‘p ishlatiladi. Bunda
algoritmdagi har bir ko‘rsatma o‘z shakliga ega. Masalan:
parallelogramm ko‘rinishdagi belgi ma’lumotlarni kiritish va chiqarish;
to‘g‘ri to‘rtburchak belgisi hisoblash jarayonini; romb belgisi
shartlarning tekshirilishini bildiradi.Hayotimizda algoritmlarni turli
sohalarda ba’zan bilgan holda ba’zan esa bilmagan holda ishlatamiz.
Algoritmlar faqat matematik xarakterga ega bo‘lmasdan ularni oddiy
hayotiy turmushimizda ham ko‘p qo‘llaymiz. Masalan, ovqat
tayyorlash, choy damlash, biror berilgan ishni bajarish va boshqa. Bu
ishlarni bajarishda ma’lum bo‘lgan aniq ko‘rsatmalarni ketma ket
bajaramiz. Agar bu ko‘rsatmalar aniq bir ketma ketlik tartibida
bajarilmasa kerakli natijani olaolmaymiz. Misol tariqasida matematik
xarakterga ega bo‘lmagan butelbrod tayyorlash algoritmini ko‘rib
chiqaylik. Bunda boshlang‘ich berilganlar: non, kolbasa va pishloq.
Natija: butelbrod. Butelbrod tayyorlash algoritmi:
1. Non bo‘lagini kesib olish;
2. Kolbasa va pishloq bo‘lagini kesib olish;
3. Kolbasa va pishloq bo‘lagini non bo‘lagi orasiga qo‘yish.
Agar bu jarayonning ketma ketlik o‘rinlari almashsa yoki biror bir
bosqich amalga oshirilmasa natija bo‘lmaydi.Algoritmik tillar
Masalani echish algoritmi ishlab chiqilgandan so‘ng dastur tuziladi.
Dastur – bu berilgan algoritmga asoslangan biror bir algoritmik tilda
yozilgan ko‘rsatmalar, ya’ni buyruqlar yoki operatorlar to‘plamidir.
Dasturlash – esa bu dastur tuzish jarayoni bo‘lib, u quyidagi
bosqichlardan iboratdir:
1.dasturga bo‘lgan talablar;
2.qo‘yilgan masala algoritmini tanlash yoki ishlab chiqish;
3.dastur kodlarini (matnlari, buyruqlarni) yozish;
4.dasturni to‘g‘rilash va test o‘tkazish.
Hozirgi kunda juda ko‘plab algoritmik tillar mavjud. Ularga dasturlash
tillari deb ataymiz. Algoritmik til – algoritmlarni bir xil va aniq yozish
uchun ishlatiladigan belgilashlar va qoidalar tizimidir. Algoritmik til
oddiy tilga yaqin bo‘lib u matematik belgilarni o‘z ichiga oladi. Tuzilgan
algoritmlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mashinaga berib.bo‘lmaydi, shu sababli
yozilgan algoritmni biror bir algoritmik tilga o‘tkazish zarur. Har
qanday algoritmik til o‘z qo‘llanilish sohasiga ega. Masalan,
muxandislik hisob ishlarini bajarishda Paskal, Beysik va Fortran. Iqtisod
masalalarini echishda Paskal va Kobol. Mantiqiy dasturlash uchun
Prolog va boshqalar. O‘quv jarayonlari uchun Beysik, Paskal va
boshqalar.
Paskal, Fortran va Kobol tillari universal tillardan hisoblanadi.
Assembler tili mashina tiliga ancha yaqin til bo‘lib o‘rta darajadagi
tildir. Algoritmik til inson tillariga qancha yaqin bo‘lsa, u tilga yuqori
darajali til deyiladi. Mashina tili esa eng pastki darajali tildir.
Masalalarni echish bosqichlari
Kompyuterda masalani echish bosqichlari quyidagilar:
1.Masalani qo‘yish va uning matematik modelini ishlab chiqish. Ushbu
bosqichda boshlang‘ich malumotlar tarkibi aniqlanadi. Masalani
qo‘yish odatda echiladigan masalaning asosiy xususiyatlarini og‘zaki
tavsiflash bilan tugallanadi va so‘ngra, masala matematik modeli
yoziladi.
2.Echish usulini tanlash. Masala matematik ifodalanib bo‘lgandan
so‘ng uni echish usuli tanlanadi. Bunda izlanayotgan natijalarning
boshlang‘ich ma’lumotlarga bog‘liqligini aniqlaydi. Hozirgi zamon
hisoblash matematikasi fan va texnikaga oid turli masalalarni echish
uchun ko‘plab sonli usullarga ega.
3.Masalani echish algoritmini ishlab chiqish. Bu bosqichda
kompьyuterda masalani echish uchun bajariladigan amallar
(buyruqlar) ketma-ketligi tavsiflanadi. Biz buni algoritmlash deb
ataymiz.
4.Dasturlash. Bunda algoritm biror algoritmik tilga ko‘chiriladi.
5.Dasturni kiritish va xatolarini tuzatish.
Ba’zi hollarda mutaxassislik masalalarida hisoblashlar birorta mantiqiy
shartni bajarilishiga bog‘lik holda u yoki bu tarmoq bo‘yicha amalga
oshirilishi mumkin. Bunday tuzilishdagi hisoblash jarayonining
algoritmi “tarmoqlanuvchi algoritm” deb ataladi.
Tarmoqlanuvchi algoritmlarni dasturlashda goto shartsiz o`tish
operatori, if shartli o`tish operatori va switch tanlash operatorlari
ishlatiladi.
2. Shartli o`tish operatori(if):
1-
usul:
if
(shart)
{operator1;}
else
{operator2;} 2- usul: if
(shart) {operator1;}
{operator2;}
1 - usulda agar shart bajarilsa operator1 hisoblanadi, aks holda
operator2 hisoblanadi. 2- usulda agar shart bajarilsa operator1, so`ng
operator2 hisoblanadi aks holda operator1 hisoblanmasdan operator2
hisoblanadi.
Bu yerda:
ifoda - butun (int) yoki belgi (char) turidagi ifoda; 1case, 2-case, ..., n-
case - ifodaning qiymati taqqoslanadigan doimiy qiymatlar. Doimiy
qiymatlar butun yoki belgi turida bo‘lishi kerak; 1-operatorlar ketma-
ketligi, 2-operatorlar ketma- ketligi, ...,n- operatorlar ketma-ketligi -
belgilarga mos bo`lgan operatorlar ketma-ketligi;
default operatorlar ketma-ketligi - ifoda va doimiylarning qiymati
o'rtasida hech qanday moslik topilmagan holatda bajariladigan amallar
ketma- ketligi.
|