MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
"KOMPYUTER INJINIRING" FAKULTETI
“Kompyuter tarmoqlari” fanidan
1-MUSTAQIL ISH.
Tayyorladi: KIS21-01-guruh talabasi
Idiyev U.
Qabul qildi: Sattorov M. A.
SAMARQAND – 2024
Mavzu: TCP/IP protokollar steki
Reja:
1.
TCP/IP protokollar steki, pog’onasining tarixi.
2.
Ularning vazifasi, asosiy protokollari.
3.
Pog’onalarning o’zaro bog’lanishi va xizmatlari.
4.
OSI modeli haqida qisqacha.
TCP/IP stekining tarixi va rivoji.
Transmission Control protocol/internet protocol(TCP/IP) – protocollar steki
global tarmoq uchun ishlab chiqarilgan.
TCP/IP standartlari Request for Comment (RFC) deb ataluvchi seriyali hujjatda
chop etilgan. RFC hujjatlarida Internet tarmog‘i ichida bo‘layotgan ishlar yozilgan.
Ayrim RFC lar tar- moq servislari yoki protokollari va ularni ishlab chiqish haqida
yozadi. TCP/IP standartlari har doim RFC ko‘rinishda chop etiladi, faqat barcha
RFC lar ham standart bo‘Imaydi.
Stek 20 yil oldin AQSH mudofaa vazirligi tomonidan har xil hisoblash
tizimlarida eksperimental ARPANET tarmog‘ining boshqa tarmoqlar bilan aloqasini
ta’minlash uchun ishlab chiqil- gan. ARPA tarmog‘i ishlab chiqaruvchilarga va
izlanuvchilarga harbiy sohada anchagina foydali bo‘ldi. ARPA tarmog‘ida ikkita
komp>oiter aloqasi Internet Protocol (IP) yordamida amalga
oshirilgan. Hozirgi kunda esa TCP/IP stekining asosiy qism- laridan biri hisoblanadi.
Berkli universiteti o‘zining ОС UNIX versiyasida ishlab chiqqan protokollari
bilan TCP/IP ning rivojiga katta hissa qo‘shdi va keng tarqalishiga sababchi bo‘ldi.
Ushbu stekda xalqaro Internet axborot tarmog‘i ishlaydi. Uning mutlaqligini, ya’ni
RFC formasidagi ko‘rinishini Internet Engineering Task Forse (IETF) ta’minlab
berdi.
PC P/IP steki ОС UNIX da shaxsiy kompyuterlar uchun Windows tarmoq
operatsion tizimlarida keng tarqalgan va uning yetakchilik xususiyatini quyidagilar
orqali tushuntirish mumkin:
—
Bu ko‘p tarixga ega bo‘lgan deyarli yakunlangan standart va hozirgi
kunda mashhur bo‘lgan tarmoq protokollari steki hisoblanadi.
—
Deyarli barcha katta tarmoqlarda o‘z trafigining asosiy qismini TCP/IP
orqali uzatadi.
—
Bu Internet tarmog‘iga chiqish usuli
Bu stek Internet transport xizmatlaridan va unda yaratil- gan WWW gipermatn
texnologiyasidan foydalangan holda intranet — korporativ tarmog‘ining asosi uchun
xizmat qiladi.
—
Bu mustahkam texnologiya transport tizim osti tizimi darajasida har xil
tizimlami birlashtirish uchun qulay.
—
Bu kliyent-server dasturi uchun mustahkam platformalar 0‘rtasida
masshtablashgan muhit.
3.2. TCP/IP STEKINING STRURTURASI.
PROTOKOLLARNING QISQACHA XARAKTERISTIKASI
TCP/IP steki o‘zaro ta'sirga ega bo‘lgan ISO/OSI ochiq ti- zimidan oldin ishlab
chiqilgan. Shunday bo‘lsa ham u ko‘p sath- li strukturaga ega.
TCP/IP protokolining strukturasi 3.2-rasmda berilgan. TCP/IP protokollari 4
ta sathga bo‘linadi.
IV sath eng pastki salh hisoblanadi. U OSI fizik va kanal sathiga mos tushadi.
TCP/IP protokolida bu sath belgilanmay- di, lekin barcha ma’lum fizik va kanal
sathdagi standartlami (lokal tarmoq uchun bu Ethernet, Token-Ring, FDDI, Fast
Ethernet, lOOVG-AnyLan, global tarmoq uchun — SLIP va PPP «nuqta-nuqta*
birlashish protokollari, X.25, frame relay kom- mutatsiya bilan hududiy tarmoq
protokollari) qo‘llab-quwatlay- di. Odatda lokal yoki global tarmoqda yangi
texnologiya paydo bo‘lsa, ulami zudlik bilan TCP/IP ga RFC ishlab chiqaruv- chilari
tomonidan qo‘shib boriladi.
III sath — bu tarmoqlararo aloqa sathi. Bunda lokal tarmoq, hududiy tarmoq,
maxsus aloqa tarmog‘i va shunga o‘xshash tar- moqlaming har xil transport
texnologiyasida foydalangan holda paketlarni uzatish bilan shug‘ullanadi.
Stekda tarmoq sathining asosiy protokoli sifatida (OSI modeli terminida) IP
protokolidan foydalaniladi. Bu protokol boshidan murakkab tarmoq tarkibida
paketlarni uzatishga mo‘ljallangan. Shuning uchun ham IP protokoli murakkab
topologiyali tarmoqlardan yaxshi ishlaydi. IP protokoli deyto- grammali protokol
hisoblanadi, ya’ni paketlarni belgilangan joyga ishonchli yetkazilib borishiga javob
bera olmaydi, lekin harakat qiladi.
Tarmoqlararo aloqa sathiga barcha protokol tashkil etuv- chilari bilan
bogMangan va marshrutlash jadvalining modifika- tsiyasi, ya’ni marshrut
axborotlami yig'ish protokollari RIP (Routing Internet Protocol) va OSPF (Open
Shortest Path First), undan tashqari tarmoqlararo xabarlarni boshqarish protokoli
ICMP (Internet control Message Protocol) kiradi. Oxirgi protokol tarmoq marshrut
izatori va paket manbayi hisoblangan protokoli element o‘rtasida xatolar haqidagi
axborot almashuviga mo‘ljallangan. ICMP maxsus paketlari yordamida paketlarni
yetkaza olmasligi haqida xabar qiladi.
II sath — asosiy sath hisoblanadi. Bu sathda jo‘natmalami boshqarish protokoli
TCP (Transmission Control Protocol) va foydalanuvchining deytogrammali
protokoli UDP (User Datagram Protocol) boshqariladi. TCP protokoli masofadagi
amaliy jarayonlar o‘rtasida virtual bog‘lanish hisobiga xabarlami ishonchli
uzatilishini ta’minlaydi. UDP protokoli amaliy paket- lami deytogramma usulida IP
singari uzatilishini ta’minlaydi.
I sath — amaliy deb nomlanadi. Uzoq vaqt davomida turli hil o‘lkalarda,
tashkilotlarda TCP/IP stekidan foydalanish protokollar soni ortishiga va amaliy
sathli xizmatlarni qo‘shilishiga sabab boMdi. Unga keng foydalaniladigan, FTP —
fayllami ko‘chirish protokoli, telnet — terminalni emulyat- siyalash protokoli, SMTP
— pochta protokollari kiradi. Ulaming ayrimlariga batafsilroq to'xtalib o‘tamiz.
Fayllarni ayirboshlash protokoli FTP (File Transfer Protocol) faylga masofadan
turib ega bo‘lishni tashkil qiladi. Fayllarni ishonchli ayirboshlash maqsadida FTP
TCP bilan aloqa o‘matib undan transport protokol sifatida foydalanadi. Fayllarni
ayirboshlashdan tashqari FTP boshqa xizmatlarni ham taklif qiladi. Ya’ni
foydalanuvchi masofadagi kompyuter bilan interaktiv holatda ishlashi mumkin, mi
sol uchun uning katalogidagi tashkil etuvchilami bosmaga chiqarish mumkin. FTP
dagi ma’lumotlardan foydalanish uchun foydalanuvchi o'zining nomini va parolini
kiritishi kerak. Intemetning e’lon qilingan FTP arxiv kataloglariga parol talab
qilinmaydi, ya’ni foydalanuvchi Anonymous nomidan foydalanadi.
TCP/IP stekida FTP protokoli bir qancha kengroq xizmatlarni taklif qiladi va
o‘z navbatida bu protokol dasturlash uchun eng murakkab hisoblanadi. Dasturda
FTP ning barcha imkoniyatlaridan foydalanilmasa, u holda faqat fayllarni ayir-
boshlash protokoli TFTP(Trivial File Transfer Protocol) dan foydalaniladi. Bu
protokol faqat fayllami ayriboshlashni tashkil qiladi. Transport protokoli sifatida esa
TCP dan birmuncha sod- daroq bo‘lgan UDP protokolidan foydalaniladi.
Telnet protokoli jarayonlar va terminal o‘rtasida baytlar oqi- mini
almashinuvini ta’minlab beradi. Bu protokoldan masofadagi kompyuter
terminalining emulyatsiyasi uchun tez-tez foy- dalanib turiladi. Telnet xizmatlaridan
foydalanish jarayonida foydalanuvchi masofadagi
kompyutemi huddi lokal
foydalanuvchi kabi boshqaradi, shuning uchun ham yaxshigina himoyani talab
qiladi. Himoyani ta’minlash maqsadida minimum parol bo‘yicha autentifikatsiyadan
foydalaniladi, lekin baribir birmuncha mustahkam himoya vositasi bu misol uchun
Kerberos tizimi.
SNMP (Simple Network Manegment Protocol) tarmoq boshqaruvini tashkil
qilish uchun ishlatiladi. Awalida SNMP protokol Internet marshrutizatorlarini,
odatda shlyuzlar deb ham ataluvchi vositalarni masofadan nazorat qilish va
boshqarish uchun ishlab chiqilgan. Keyinchalik esa SNMP protokoli istalgan
kommunikatsiya vositalarini — kontsentratorlami, ko‘prik- lami, tarmoq
adapterlarini va boshqalami boshqarish uchun qo‘llaniladi. SNMP protokolidagi
boshqaruv qiyinchiliklari ikki qismga bo‘linadi: birinchi masala axborotni uzatish
bilan bog‘liq, ikkinchisi esa o‘zgaruvchilami nazorat qilish, ya’ni boshqaruv
qurilmasining holati bilan bog'liq.
|