|
Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti axborot texnologiyalari kafedrasi
| bet | 13/16 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 3,59 Mb. | | #147784 |
Bog'liq Aripova Shoxsanam.IOTLYangi mavzu bayoni:
Reja:
1. Photoshop grafik muharirlari haqida umumiy tushuncha
2. Photoshopda tasvirlar bilan ishlash
3. Photoshopning uskunalar paneli va palitralari bilan ishlash
Uskunalar paneli to‘rt qismga ajratilgan bo‘lib, ulaming birinchisida oltita, ikkinchisida sakkizta, uchinchisida to‘rtta, to‘rtinchisida esa beshta tugma joylashgan. Uskunalar panelidagi har bir tugmaga bir yoki bir nechta uskuna mos keladi.
Shu sababli, uskunalar soni bir necha marta ko‘p bo‘lib, odatda, bitta tugma ostida bir nechta uskunalar joylashgan bo‘ladi. Agar uskuna tugmasining o‘ng quyi burchagida qora uchburchak bo‘lsa, bu tugma ostida bir nechta uskuna borligini bildiradi. Bunday tugma ustiga sichqonchani olib kelib, o‘ng tugmasini bossak, bu tugmaga mos keladigan uskunalar ro‘yxati paydo bo‘ladi va ulardan keraklisini tanlab olish mumkin. Odatda, har bir tugma uchun klaviaturada biron bir klavisha mos qo‘yilgan bo‘lib, uni ketma-ket bir necha marta bosish bilan bu tugmaga mos uskunalardan keraklisini tanlab olish mumkin. Uskunalar ulardan foydalanib bo‘linganidan keyin ham tanlanganligicha qoladi. Bu qulay bo‘lsa-da, dastlab unga ko'nikish qiyin kechadi. Shuning uchun uskunadan foydalanib bo'lgach, darhol Pyxa (Dasta) uskunasini tanlashga odatlaning. Bu uskuna uskunalar panelining to‘rtinchi bo‘limida birinchi bo‘lib joylashgan. U ishchi sohaga sig‘maydigan katta o‘lchamli tasviming kerakli qismiga o‘tish uchun xizmat qiladi. Buning uchun tasviming ixtiyoriy joyida sichqonchaning chap tugmasini bosib, uni kerakli yo‘nalishda sudrash yetarli. Asosiysi, bu uskuna tasvirga hech qanday o‘zgarish kiritmaydi. Qolgan uskunalar bilan keyingi mashg‘ulotlarda, ulardan foydalanish zarurati tug‘ilganda tanishib chiqamiz. Palitra deb rassomlar bo'yoqlami aralashtirish uchun ishlatadigan taxtachaga aytiladi. Uskunalar panelida 70 dan ziyod uskunalar joylashgan. Lekin ular ham PhotoShopning barcha imkoniyatlarini ochib bermaydi. Uskunalaming keng imkoniyatlari palitralar yordamida ochiladi. Rassomlar palitraga kerakli bo‘yoqlami surtib, ulardan yangi rang hosil qilgani kabi PhotoShopda ham palitralar sohasiga kerakli palitralami joylab, ilova bilan ishlashni yanada qulay qilib olish mumkin. Palitralar ilova oynasining o‘ng tomonidagi palitralar sohasida joylashgan bo'lib, muloqot oynalariga o'xshab ketadi. Lekin ulardan farqli ravishda palitralardan keraklilarini ekranga o‘zimiz chiqaramiz yoki uni yopib qo‘yamiz. Bu palitralar yigirmadan ortiq bo'lib, odatda, bir nechtasi birlashtirilgan bo'ladi. Ba’zi uskunalaming o‘z palitralari bor, ba’zilari esa unchalik murakkab bo'lmay, ular bilan ishlash uchun parametrlar paneli yetarli. Ba’zi palitralarda yangi uskunalar joylashgan, masalan, navigator, gistogramma, info palitralarini yangi uskunalar deb qarash mumkin. Ba’zi palitralami PhotoShopning ajralmas qismi deb qarash mumkin. Masalan, (Qatlamlar), (Kanallar), (Oxirgi amallar) palitralari PhotoShopning o‘ziga xos jihatlarini ochib beradiki, ularsiz PhotoShopni tasawur ham qilib bo‘lmaydi.
Masshtabni o‘zgartirishning boshqa usullari ham mavjud. Ulardan eng osoni klaviaturadagi qo‘sh tugmalardan foydalanishdir. Ctrl+"+” (Ctrl va + tugmalarini bir paytda bosish) masshtabni kattalashtiradi. Ctrl+"-"esa masshtabni kamaytiradi. Dastak uskunasini ikki marta bosib, rasmni ishchi sohani to‘liq egallaydigan qilib, masshtab uskunasini ikki marta bosib, 100% masshtabda rasmni ekranga chiqarish mumkin. Masshtab ekranning quyi qismidagi holat satrida ham ko‘rsatiladi. Uni sichqoncha bilan tanlab, kerakli masshtabni kiritish mumkin. Masshtab uskunasi ham rasm masshtabini o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Sichqonchani bir marta bosib uni tanlaganimizda parametrlar panelida uning parametrlari paydo bo‘ladi.
Ba’zi uskunalarda ular bilan ishlashni tugatmay turib, boshqa uskunani, shu jumladan masshtab uskunasini tanlab bo‘lmaydi. Bunday paytda Ctrl va Alt tugmalaridan foydalanish mumkin. Ctrlni bosib turib, sichqonchani 18 ishchi sohada bir marta bossak, masshtab kattalashadi. Alt tugmasini bosib turib, sichqonchani bossak, masshtab kichiklashadi. Ko‘rib turganingizdek, PhotoShopda bitta amalni ko'plab usulda bajarish mumkin. Bu esa uning katta yutuqlaridan biridir.
|
| |