1.1.Dastlabki kompyuterlar
Dastlabki EХMlarning yaratilishi davrida,
mashhur matematik Jonfon
Neyman1945-yildayoq kompyuter qurilmalari ma’lumotlarni qayta ishlash uchun
qanday tarzda universal va maqbul bo’lishi kerakligini aytib o’tgan edi. Shu bois
kompyuter tuzilishining asoslari Fon Neyman prinsipi deb yuritiladi. Deyarli barcha
zamonaviy kompyuterlar mazkur prinsip asosida ishlaydi. Fon Neyman prinsipiga
ko’ra kompyuter qo’ydagi qismlardan tashkil topgan bo’lishi lozim:
* Arifmetik
-mantiqiy qurilma
–arifmetik va mantiqiy amalllarni bajaradi.
* Boshqarish qurilmasi
-dastur bajarilish jarayonini tashkil qiladi va barcha
boshqaruv vazifalarini
bajaradi.
* Yodda saqlash qurilmasi yoki joriy xotira
–ma’lumot yoki dasturlarni o’zida saqlaydi.
*
Тashqi qurilmalar ma’lumotlarni kiritish va chiqarishni taminlaydi. Hisoblash
uchun yaratilgan kompyuterlarning imkonyatlari xozirgi kunda behisob desak
adashmaymiz. Shunday imkonyatlarga IBM PC kompyuterlari ham egadir. Bu
kompyuter mashhur Inernational Business Mashines Corporation korxonasining
mahsulidir. IBM PC tipidagi shaxsiy kompyuterlar qo’ydagi asosiy qurilmalardan
tashkil topgan:
Sistem blok (tizimli qism)
-kompyuter ishini boshqarishni ta’minlaydigan asosiy qism
hisoblanadi;
Hozirda APPLE firmasi «MAKINTOSH»
rusumidagi kompyuterlari bilan,
ayniqsa,
AQSH ning o’zida tanilgan bo’lsa, IBM kompyuterlari dunyoda keng tarqalgan.
Shu sababli aynan IBM kompyuterlarining arxitekturasi va asosiy qurilmalari ustida
to’xtalib o’tamiz. Kompyuterning arxitekturasini quyidagicha tasvirlash mumkin:
Kompyuterning asosiy qurilmalari quyidagilar:
sistemali blok, monitor va klaviatura (sichqoncha bilan). Sistemali blokda
markaziy protsessor, operativ (tezkor) xotira, qattiq disk, kontrolerlar, disketalar va
lazerli kompakt disklar bilan ishlash uchun qurilmalar va boshqalar joylashadi.
Markaziy protsessor. Kompyuterning eng muhim qismini markaziy protsessor,
(ya'ni protsessor va boshqaruv qurilmasi) tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan
ma'lumotlarni o’zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda
hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o’zaro aloqasini o’rnatadigan qurilma —
protsessor deb ataladi.
Arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga
murojaat qilish, dasturdagi
ko’rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish va boshqa
amallar protsessor zimmasidadir. Bir so’z bilan aytganda, protsessor kompyuterning
barcha ishini boshqaradi va barcha ko’rsatmalarini bajaradi. Mikroprotsessor.
IBM rusumli kompyuterlarda protsessor sifatida odatda Intel firmasi yoki unga
muvofiq boshqa firmalarning mikroprotsessorlari o’rnatiladi. Kompyuterlar
mikroprotsessor turlari bilan farqlanadi.
Mikroprotsessorlarning Intel 8088, 80284, 80386SX, 80386, 80486 kabi turlari
ma'lum. 1993-yildan boshlab Intel firmasi Pentium mikroprotsessorlarini
ishlab
chiqarib, IBM kompyuterlariga o’rnatmoqda. Hozirda Respublikamizda IBM rusumli
kompyuterlardan PIII keng tarqalgan. Ayrim korxona va tashkilotlarda, xususan
ta'lim muassasalarida, jumladan akademik litsey
va kasb-hunar kollejlarida
PIVkompyuterlari ham o’rnatilib foydalanilmoqda. Kontrolerlar (maxsus elektron
sxemalar) kompyuter tarkibiga kiruvchi turli qurilmalar (monitor, klaviatura va
boshqalar) ishini boshqaradi. Kiritish-chiqarish portlari orqali protsessor tashqi
qurilmalar bilan ma'lumot almashadi. Ichki qurilmalar bilan ma'lumot
almashuvi
uchun maxsus portlar hamda umumiy portlar mavjud. Umumiy portlarga printer,
«sichqoncha» ulanishi mumkin. Umumiy portlar 2 xil bo’ladi:
Parallel — LPT1 — LPT4 deb belgilanadi va ketma-ket —COM1—COM3.
Parallel portlar kirish-chiqishni ketma-ket portlarga nisbatan tezroq bajaradi.
Klaviatura.IBMPC klaviaturasi foydalanuvchi tomonidan ma'lumotlarni va
boshqaruv buyruqlarini kompyuterga kiritishga mo’ljallangan qurilmadir.
Klaviaturaning umumiy ko’rinishi undagi tugmachalar soni va joylanishiga qarab
turli xil kompyuterlarda farq qilishi mumkin, lekin ularning vazifasi o’zgarmaydi.
Sichqoncha va trekbol.
Sichqoncha va trekbol kompyuterga axborotni kiritishning koordinatali
qurilmalari hisoblanadi. Ular klaviaturaning o’rnini to’laligicha almashtiraolmaydi.
Bu qurilmalar asosan ikki yoki uchta boshqaruv tugmachasiga ega.
Sichqonchani ulanishining uch usulini ko’rsatish mumkin. Eng ko’p tarqalgan
usul ketma-ket port orqali ulanishdir. Shinali interfeysli
sichqonchalar kamroq
tarqalgan. Ularni ulash uchun maxsus interfeys yoki «sichqoncha» porti kerak
bo’ladi. Uchinchi ko’rinishdagi ulanish PSG`2 stilidagi sichqonchalarda amalga
oshirilgan. Hozirgi kunda ular portativ kompyuterlarda ishlatilmoqda.
Trekbol — «ag’darilgan» sichqonchani eslatuvchi qurilmadir. Trekbolda uning
korpusi emas, balki sharcha harakatga keltiriladi. Bu esa kursorni boshqarish
aniqligini sezilarli ravishda oshirishga imkon beradi. Shu bois trekbolga ega bo’lgan
sichqonchalarga qiziqish ortib bormoqda.